II.Dars turi: Maruza III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar , slaytlar IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3
2
O’tilgan mavzuni so’rash
10
3
Yangi mavzuni tushuntirish
15
4
Darsni mustaxkamlash
10
5
O’quvchilarni baxolash
5
6
Uyga vazifa.
2
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzu bayoni:Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni: Modda molekulalari yorug'lik energiyasini yutib, parchalanishi va boshqa molekulalarga aylanishi mumkin. Molekulalarning bunday o'zgarishi kimyoviy jarayondir.
Yorug'likning kimyoviy ta'siri —yorug'lik ta'sirida moddalarda yuz beradigan kimyoviy o'zgarishlardir. Oftobda gazlamalar rangining o'zgarishi, odam tanasining qorayishi yorug'likning kimyoviy ta'siridandir.
Quyoshdan kelayotgan nurlar ta'sirida atmosferadagi kislorod molekulalarining bir qismi ozon molekulalariga aylana boradi. Bu jarayon quyidagicha boradi:
Hozirgi paytda Quyosh nuridan qorayadigan ko'zoynaklar keng tarqalgan. Bunday ko'zoynak linzasiga nur ta'sirida qora rangga aylanadigan modda qo'shilgan bo'ladi.
Yorug'lik ta'sirida ammiakning azot va vodorodga ajralishi kuzatiladi. Vodorod va xlor gazlari qorong'ilikda ta'sirlashmaydi. Lekin yorug'lik tusliislii bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, portlash yuz beradi.
Ko'pgina kimyoviy moddalar yorug'lik tushmasligi uchun maxsus qora paketchalarga solinib, qorong'i joyda saqlanadi. Davolaydigan aksariyat dorilarni ham qorong'i joyda saqlash tavsiya etiladi.
Fotografiya
Fotoapparatning boshqa optik asboblardan asosiy farqi, undagi obyekt tasviri maxsus fotoplyonka yoki fotoplastinkada saqlab qolinadi. Bunda yorug'likning kimyoviy ta'siridan foydalaniladi.
Fotoplyonka (fotoplastinka)ning sezgir qatlami kumush bromid (AgBr) ning jelatinga botirilgan mayda kristallaridan iborat. Yorug'lik ta'sirida kumush bromid parchalanib, toza kumush atomlari ajraladi. Kumush atomlari ajralib chiqqan joy qorayib qoladi. Surati olinayotgan obyektning turli nuqtalaridan fotoplyonkaga tushayotgan yorug'lik intensivligi turlicha bo'ladi. Fotoplyonkaning qayeriga yorug'lik ko'p tushsa, shu joyidan kumush atomlari ko'proq ajralib chiqadi va qorayishi kuchliroq bo'ladi. Natijada fotoplyonkada obyektning tasviri hosil bo'ladi. Lekin bu tasvir ko'zga ko'rinmaydi. Chunki bromdan ajralgan kumush atomlari hali plyonka ustida o'tirgan bo'ladi. Shuning uchun plyonkadagi bu tasvir yashirin tasvir deyiladi.
Bu holatdagi fotoplyonkaga yorug'lik tushishi kerak emas. Unga yorug'lik tushsa, plyonkaning butun sirtidagi kumush bromid qatlamidan yoppasiga kumush atomlarining ajralishi yuz beradi, ya'ni plyonka «kuyadi».
Tasvir tushirilgan plyonka qorong'ilikda fotoapparatdan olinib, ikki bosqichda qayta ishlanadi. Birinchi bosqichda plyonkadagi tasvir ochiltiriladi. Bunda gidroxinon, metol yoki boshqa moddalar eritmasi yordamida bromid kristalidan ajralgan kumush yuviladi. Natijada plyonkada obyektning negativ tasviri hosil bo'ladi. Negativ tasvirda obyektning oqjoyi qora, qora joyi oq bo'ladi.