Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
I-bosqich
Tashkiliy qism
|
Oʿquvchilar davomati aniqlanadi. Sinf oʿquvchilariningdarsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
“Raqamlar tilsimi” oʿyini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj
(refleksiyalarni aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim boʿlgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Otgan darsni soʿrab baholash, oʿqish malakalarini tekshirish
2.”Domino” oʿyini oʿynaladi.
3. “ Topqirlar” oʻyini
4.She’rni oʿqishga tayyorgarlik. Muallif haqida ma`lumot beriladi.
5 She’r audio orqali matn oʻqib eshittiriladi
6.Lugʿat ishi.
7. Dam olish daqiqasi
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1 “Davom ettir” usulidan foydalanib, ifodali qilib oʻqitiladi.
2. “Qofiyadoshini top” mashqi
3.Test topshiriqlari
4 O’qituvchi savollariga javob topiladi.
|
Izlanish
Suhbat
|
5 daqiqa
2daqiqa
5daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va baholash
|
Oʿquvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Ertakni oʿqib, mazmunini soʿzlab berish
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini o‘qib, so‘zlab
bera dilar.
“Domino” o‘yini.
Savolning javobi
Savollar
tishlari bilan o‘tni tortganda,
o‘tlardan bittasi qolib ketavergan
Haligi kishi boshqa bir qabiladan nimasini
topib oldi?
bir tomondagi o‘tlarni yeb borga ni, ikkinchi tomondagi o‘tlar jo yida
qolganligidan
U kimga tuhmat qilganiga ko‘p o‘kindi?
tuyasini
Hokim yigitlarni nimadan chiqardi?
uch yigitga
Ibrohim tuyaning bir ko‘zi ko‘r ekanini qanday angladi?
zindondan
Ismoil tuyaning bir tishi yo‘qligini qanday bildi?
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Ziyrak uch yigit”
ertagining 3-qismi bilan tanishamiz.
Hokim onasining yoniga borib:
-rostini ayting , men kimning o’g’liman?
Otam kim?-deb so’rabdi.
Onasi har qancha :
Marhum otang shahar hokimi edi, sen
uning o’g’lisan,- desa ham, hokim unamasdan
-Onajon , to’g’risini ayta bering oshpazning
‘o’g’li ekanimni fahm-farosat egasi-o’sha
Uch yigit suhbatlashib o’tirganlarida eshit-
dim. Ularning fikrlari xato bo’lmaydi, men
bunga ishonaman,-deb onasini qistay boshlabdi.
Nihoyat onasi haqiqatni aytishga majbur bo’ldi:
Sen aslida bizning o’g’limiz emas,
oshpazimizning o’g’lisan.Bizning farzandimiz
Bo’lmadi, erim-shahar hokimi ham,men
ham shu to’g’rida qayg’urar edik. Kunlardan bir
kun oshpazimizning xonadonida sen dunyoga
kelding , lekin bir oy o’tar –o’tmas onang
bechora vafot etdi. Biz seni o’z
tarbiyamizga oldik.
O‘quvchilarga ertak rasmlar orqali taqdim etiladi, matn o‘qiladi.
Ertak mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket ertakni
o‘qiydilar. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi
o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
marhum – vafot etgan kishi unamasdan – ko‘nmasdan, xohlamasdan
ma’naviy otang – o‘zingning otang tasalli – tinchlantirish, yupatish
vorisi – meros egasi, merosxo‘r qayg‘u-hasrat – g‘am, alam-
ni izhor qilmoq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagini
“Zanjir” usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
“Savollar hujumi” o‘yini.
1. Aka-ukalar qayerga safarga chiqdilar?
2. Ular yo‘lda nimani izini ko‘rib qoldilar?
3. Ulardan kim tuyasini so‘radi?
4. Ular tuyaga qanday ta’rif berdilar?
5. Tuyaning egasi ularni kimning oldiga olib bordi?
6. Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
7. Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
8. Ular sharob, kabob va hokim haqida qanday taxmin qildilar?
Test topshiriqlari:
1. Kim onasining yoniga bordi?
A) oshpaz B ) Umar D) hokim E) uch yigit
2. Hokim aslida kimning o‘g‘li edi?
A) hokimning B) oshpazning D) Ibrohimning E ) Ismoilning
3. Hokim oshpazning o‘g‘li ekanini kimlarning suhbatlashib o‘tir-
ganlarida eshitdi?
A) ota-onasining B) dehqonlarning
D) uch yigitning E) mehmonlarning
4. Hokimning oshpaz o‘g‘li ekanligi haqida kim ta’rif berdi?
A) Ismoil B) o‘rtog‘i D) Ibrohim E) Umar
5. “Ziyrak uch yigit” ertagida uch yigitning ismlarini toping.
A) Ilyos, Umar, Hasan
B) Ismoil, Islom, Ibrohim
D) Ibrohim, Ismoil, Umar
E) Hasan, Husan
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tka ziladi.
“Zinama-zina” o‘yini.
1. Bugungi o‘qish darsi sizda qanday taassurot qoldirdi?
2. Darsda o‘zingiz bilmagan nimalarni bilib oldingiz?
3. O‘ylang, yana qanday fazilatlarni bilasiz?
4. “Ziyrak uch yigit” ertagini o‘qish orqali qanday xulosaga
kel din giz?
5. Sizningcha ziyraklik insonga foyda keltiradimi?
6. Sizga qaysi qahramon yoqdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ziyrak uch yigit” ertagining 3-qismini
o‘qish
Do'stlaringiz bilan baham: |