Elektrni o'zidan o'tkazuvchi moddalar elektr o'tkazgichlar deb ataladi.
Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari hamda yer, beton, ko'mir va boshqalar elektr o'tkazgichlardir. Odam tanasi ham elektrni o'tkazadi.
O'zidan elektrni o'tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb ataladi. Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar esa izolatorlar deyiladi.
trlanganligini idigan asbob.
«Dielektrik» yunoncha so'z bo'lib, «o'tkazmas» degan ma'noni bildiradi. «Izolator» esa lotincha «izolaro» so'zidan olingan bo'lib, «yakkalangan» degan ma'noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, plastmassalar, rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |