Masala yechish namunasi
Elektr zanjirdagi lampochkadan 0,2 A tok o'tmoqda. Lampochka spirali orqali 1 minutda necha kulon zaryad va nechta elektron o'tishini hisoblang.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Tok kuchi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Tok kuchi formulasi qanday ifodalanadi? Bu formulada tok kuchi va ma'lum vaqt ichida o'tkazgichdan o'tayotgan zaryad miqdori berilgan bo'lsa, shu vaqt qanday topiladi? Tok kuchi va o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan zaryadlarning o'tish vaqti berilsa, shu vaqt ichida o'tkazgichdan qancha zaryad o'tishi qanday topiladi?
Tok kuchini o'lchash uchun qanday birliklar qabul qilingan?
Tok kuchi qanday asbob yordamida o'lchanadi?
Ampermetr elektr zanjirga qanday ulanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |