Зулқаъда - «ўтирмоқ», «уйда қолмоқ» маъноларини англатади. Бу ойда уруш-лар бўлмайди
Зулхижжа - «ҳаж» сўзидан олиниб, «ҳаж қилиш» маъносини беради. Араблар бу ойда ҳаж қилганлар.
2 – боб.
1 – mavzu. Paleografiya va Epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari. Reja 1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot. 2. Epigrafika faniga kirish, fanning predmeti 3. Deshifrovka, bilingva tushunchasi haqida . Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi. Yozuv 5-6 ming yil avval
Misr,Mesopotamiya,Xett,Hindiston va
Xitoyda kashf etilgan.
Shumerda (Mesopotamiya) mil.avv. IV – ming yillikda mixsimon ieroglif Yozuvi kashf qilingan. Shumer Yozuvlari suratli
Yozuvlar bo’lib aytmoqchi bo’lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan.Lekin suratli so’zlar bilan ko’p narsani ifoda etib
bo’lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat Yozuvi kashf etilgan.Mixxat belgili Yozuvlar 600 dan ortiq bo’lgan.Bu
Yozuv 3 ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur,Bobil,As hur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud
bo’lgan. Mixxat Yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan.
Misr da bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr Yozuvida narsa va xodisalar turli
xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo’lib zamonlar o’tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik
(m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo’lgan.1822 – yil Jak Fransua Shampalon
Rozetta shahri yaqinida toshga o’yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon Yozuvlarini o’qishga muvaffaq bo’lgan (Rozetta tosh
hozirgi kunda Londondagi ―Britaniya‖ muzeyida saqlanadi). Misrliklar Yozuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan,Shumerliklar Yozuvi esa chapdan o’ngga qarab yozilgan. Hind Yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat Yozuv bo’lgan. Xind va Panjob
viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib,olimlarning fikricha bu Yozuvlar Shumer va Misr Yozuvlari asosida vujudga
kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo’lib er.avv.3-2 ming yillikda xisob soniga «0» raqamini kiritgan. Hind Yozuvi
taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan iborat bo’lgan Shumer va Xett Yozuviga o’xshatiladi. Mil.avv. V – asrdan
boshlab braxmi , kxaroshtxi , aramey , gupta Yozuvidan foydalanganlar.
Xitoy Yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan , Xitoy ieroglifi dastlab Shan In davrida mil.avv. 2 – ming
yillikda kashf etilgan , shunda Yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo’lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan.
Hozirgacha qisman o’zgarishsiz saqlangan. Dastlab Xitoyliklar suyak , yog’och , cho’p , teri va bambuk daraxtidan
tayyorlangan taxtachalarga yozishgan , V – asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar.