Ta’limi vazirligi jizzax viloyati baxmal tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining sonli buyrug’I



Download 278,5 Kb.
bet11/26
Sana10.07.2022
Hajmi278,5 Kb.
#772658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
xotin qizlar xujjatlari

AXBOROTI
56-sonli umumta’lim maktabi 7-11 sinf o’quvchi qizlari o’rtasida “ Qiz bolaning kasbi-uning baxti” , “”, “Kasb-xunar qizlar iqboli”, “Xunarli qiz yurt kelajagi”, “Bilimli qiz sarishta, ilmli qiz farishta” mavzularida joriy yilning 8-fevral kuni yig’ilish bo’lib o’tdi. Shu munosabat bilan yuqoridagi mavzular bo’yicha davra suxbatini maktab ditektori A.To`rayev ochib berdi va xozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan qiz bola kelajagini mustaxkamlash chora- tadbirlari to’g’risida fikr yuritdi. Keyingi so’z navbati maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Shamsiyeva davom ettirib, davra suhbatining asl mohiyati va unda ko’zlangan maqsad va vazifalar to’g’risida so’z yuritdi. O’quvchi qizlarni baxs-munozaraga chorlandi va ularda ham fikr-mulohazalar eshitildi. O’quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan saxna ko’rinishi qisqacha qo’yib berildi;
Davra suhbatida olingan natijalar:


Davra suhbatida 7-9 sinflar qizlari o’rtasida o’tkazilgan yuqoridagi mavzular bo’yicha o’tkazilgan tadbir doirasida mahalla faollarining ishtiroki va o’zlari tayyorlab kelgan dokladlari yaxshi samara berdi. Barlos qishloq fuqarolar yig’ini “mahalla xotin-qizlar qo’mitasi” raisining davra suhbatibi yakunlovchi so’zlari 7-9 sinf qizlari uchun ertangi xayot davomida kerak bo’ladigan kasbiy mahoratlarini oshirishda katta ko’rsatma bo’ldi
Maktab direktori ; A.To`rayev
Maktab amaliyotchi psixologi: A.Musayev
Barlos QFY XQQ raisi: G.Abdullayeva

Fuqarolar yig’inlari huzuridagi Xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiyalarning maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini samarali tashkil etish tartibi va ahamiyati haqida

Mamlakatimizda mahalla instituti fuqarolik jamiyatining eng muhim bo’g’ini sifatida o’zini har tomonlama namoyon etmoqda. Bugungi kunda uning yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hamda mustahkamlash va jamiyatda ahillik hamda totuvlikni ta’minlash borasidagi o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Mahalla instituti tomonidan oldin davlat vakolatida bo’lgan 30 dan ziyod vazifalar izchil bajarib kelinayotir. Bunda, shubhasiz, mazkur maskanda faoliyat yuritayotgan faollar, shu jumladan, fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilari hamda xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining hamkorlikdagi faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Zero larning sa’y-harakatlari bilan mahallalarda milliy qadriyatlarni keng targ’ib qilish, aholi, avvalo, yoshlarning qiziqishi hamda manfaatlarini muhofaza etish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga erishishda mahallaning ahamiyatini kengaytirish, sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.


Fuqarolar yig’inining xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizomda “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq maqsad, vazifalari, huquq va majburiyatlari, tashkil etilishi va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilab berilgan. Ushbu komissiya tegishli hududda xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilishga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga, yosh avlodni tarbiyalashga mas’ul bo’lgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuzilmadir. Komissiya raisi fuqarolar yig’ini kengashi a’zosi hisoblanadi. Komissiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, fuqarolar yig’ini qarorlari hamda Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan o’z Nizomiga muvofiq ish olib boradi. Komissiya fuqarolar yig’ini tomonidan mahalla raisi(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovidan so’ng bir oy muddat ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tarkibiga nomzod sifatida ko’rsatilgan shaxs fuqarolar yig’inida hozir bo’lganlarning yarmidan ko’prog’i uni yoqlab ovoz bersa, saylanadi. Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yig’ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig’ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya o’z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig’ini Kengashiga, har chorakda fuqarolar yig’iniga hisobot berib turadi.
Komissiya mahallalarda xotin-qizlar va yoshlarning milliy ma’naviyatimizga xos bo’lmagan salbiy illatlar (ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga chiqarish) hamda turli ekstremistik oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, bunga imkon tug’diruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, huquqiy–ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish vazifalari bilan shug’ullanadi.
Komissiyaning huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat: Komissiya o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish to’g’risida, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga chiqib o’rganish haqida fuqarolar yig’iniga taklif kiritish, mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish, farzand tarbiyasida ibratli oilalar, ularning iqtidorli farzandlarini rag’batlantirish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishi uchun ko’mak berish, uy-joy bilan ta’minlash borasida fuqarolar yig’iniga taklif berish, nizolashayotgan oilalarda ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda o’z vakolati doirasida ishtirok etish, xotin-qizlarni ishga joylashtirish, tadbirkorlik, kasanachilikka jalb etish borasida fuqarolar yig’ini raisiga taklif kiritish, to’ylar va boshqa marosimlarni o’tkazish bo’yicha fuqarolar yig’iniga tavsiya berish, aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola sog’ligini saqlash, sog’lom oilani shakllantirish, oilaviy va bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan davlat dasturlari ijrosini ta’minlash bo’yicha mahalla kengashi yig’ilishi kun tartibiga masala kiritishdan iboratdir.
Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda komissiya majburiyatlarga ham egadir. Mahalla hayotida faol ishtirok etish, yig’in va kengash qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahalla nufuzi, o’z obro’-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish, mahalla va oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishi, fuqarolar qadr-qimmatining kamsitilishi, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to’g’risida fuqarolar yig’iniga taklif kiritish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishi va majburiyatlarni bajarishi, o’z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo’lishi, o’z bilimi, ayniqsa, inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishi lozim. Shuningdek, komissiyaga ayon bo’lgan sirlarni saqlab qolinishi lozim. Namunaviy nizom talablarini buzish aybdorlikka olib keladi va u qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Ma’lumki, Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi Farmoni asosida fuqarolar yig’inlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchi lavozimi joriy qilingan edi. E’tiborlisi, ushbu lavozimlarda katta hayot tajribasiga ega, aholi, avvalo, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirishda ijobiy ta’sir o’tkaza oladigan obro’li hamda faol xotin-qizlar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi paytda respublikamiz bo’yicha mavjud 8700 dan ortiq maslahatchining keng ko’lamli islohotlar jarayonidagi o’rni va ta’siri tobora kengayib borayotganligi ham ana shundan dalolat beradi. Birgina joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida mahalla maslahatchilari hamda xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari tomonidan oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish natijalari asosida 10 ming 500 dan ortiq fuqarolarga tibbiy yordam ko’rsatildi, 5 mingga yaqin kishining ish bilan ta’minlanishiga ko’maklashildi. Ayni chog’da erta nikohning salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish, nikohlanuvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish bo’yicha 4 mingdan ziyod targ’ibot tadbirlari uyushtirilgani oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda mahallalarda sog’lom ma’naviy muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, komissiya raislari va maslahatchilar tomonidan tomonidan “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorligi doirasida ta’lim muassasalarida o’qitish sifatini o’rganish, o’quvchilarning dars jarayoniga muntazam qatnashishini ta’minlash bo’yicha ota-onalar o’rtasida 65 mingga yaqin tushuntirish ishlari va boshqa turli tadbirlar o’tkazildi. Fuqarolar yig’inlari qoshidagi “Ota-onalar universitetlari” ota-onalarning farzand tarbiyasiga doir huquqiy, ma’naviy-axloqiy hamda fiziologik bilimlarini oshirishda asosiy omil bo’lmoqda. Aynan mazkur jamoatchilik tuzilmalari tomonidan joriy yilning o’tgan davrida jami 55 mingga yaqin tadbirlar tashkil qilindi va bunda maslahatchilar ham faollik ko’rsatishdi. Maslahatchilar bugun fuqarolar yig’inlaridagi Yarashtirish, Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha, Xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha, Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo’yicha komissiyalarning a’zosi sifatida ularning faoliyatini samarali tashkil etishda ham faol qatnashmoqdalar. Natijada shu yilning o’tgan davrida birgina Yarashtirish komissiyalari tomonidan 22 mingdan ortiq oilalardagi nizoli holatlarga barham berildi. Hamkor tashkilotlar ko’magida maslahatchilar faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida uslubiy-amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda. Birgina so’nggi 3 yilda 24 nomda uslubiy qo’llanmalar tayyorlanib, maslahatchilarga yetkazildi. “Onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo’yicha qonun hujjatlari to’plami”, “Mahallada diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar”, “To’ylarimiz ma’rifati”, “Mustahkam oila — mahalla tayanchi”, “Erta nikohlar, oilaviy nizolar, shu jumladan, oilaviy ajralishlar va yaqin qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzilishining oldini olish, urf-odat va marosimlarni ixcham va tartibli o’tkazish” nomli qo’llanmalar ana shular jumlasidandir. Fuqarolar yig’inlari maslahatchilari va komissiya raislarining malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilayapti. Xususan, Prezidentimizning 2013 yil 10 oktyabrdagi PQ-2050-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha o’quv kurslarida maslahatchilar va komissiyalar raislari bilim va malakasini oshirdilar. Aytish joizki, bunday keng qamrovli ezgu ishlarga munosib hissa qo’shib kelayotgan mahalla maslahatchilari faoliyati yuksak baholanib, munosib taqdirlab kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperasiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3706-sonli Farmoni bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalarida kasanachilik mehnati joriy qilingan.
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o’rtasidagi kooperasiya aloqalarining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo’lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda, kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta’minlanadi.
Yuqoridagi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2006 yil 11 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 4-sonli qarori qabul qilingan va ushbu qaror bilan “Kasanachilik to’g’risida”gi Nizom hamda ish beruvchining buyurtmasi bo’yicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish) uchun Namunaviy mehnat shartnomasi tasdiqlangan.
O’zbekistonda oilaviy byudjetlar daromadlarini oshirish, band bo’lmagan fuqarolarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish va milliy hunarmandchilikning ko’p asrlik an’analarini saqlab qolish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009 yil 29 iyulda “Oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilikni rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 216-sonli qaror qabul qilindi va ushbu qaror oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandchilik bilan shug’ullanayotgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatini yaratdi, ya’ni mazkur qaror bilan fuqarolarning hunarmandchilik faoliyati kasanachilik mehnati deb e’tirof etildi.



Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish