I dars. STEAM ta’lim tavsifi
II dars. STEAM loyiha ishlanmasini tayyorlash
III dars. Loyiha jarayonini baholash
IV dars. Loyihani rejalashtirish
V dars. Ta’lim jarayonini boshqarish
Amaliy mashg’ulotlar turli xil topshiriqlar, xususan, davlat ta’lim standartlariga asoslangan o’quv maqsadlarini aniqlash, ta’lim jarayonini baholash, AKTdan o’rinli foydalanish va dars ishlanmasi tayyorlashni o’rgatadi. Berilgan topshiriqlarni bajarib borishni tavsiya etamiz.
Shartli belgilar
|
Darsning maqsadi, kutilayotgan natija
|
|
Mustaqil o’qish uchun
|
|
Amaliy topshiriqlar
|
|
Refleksiya
|
|
Ustoz-shogird dialogi
|
1-dars. STEAM pedagogika asoslari: afzalliklari, tavsifi.
A vvalo, STEAM ta’lim haqida nimalarni bilasiz?
Yosh o’qituvchining “BBB” jadvali bilan tanishing.
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bildim
|
STEAM ta’lim barcha o’quvchilar uchun foydali.
STEAM loyihalar qiziqarli.
Loyihalar ta’lim standartlariga asoslanadi.
Loyiha ishi davomida o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikmalari shakllanadi.
STEAM loyihalar fanlar integratsiyasini taqozo etadi.
STEAM loyihalar ustida ishlash ma’lum bir muddatni talab qiladi.
O’quvchilar birgalikda ishlashadi
|
STEAM loyihalar ustida ishlash jarayonida o’quvchi bilim egallayotganini qanday bilib olaman?
Agar oq’uvchi uzoq muddat mustaqil ishlasa, u topshiriqlarni qanchalik to’g’ri bajara oladi?
Hamkorlik, mustaqillik va yuqori darajada fikrlash kabi 21 asr ko’nikma va malakalarini qanday baholayman?
Loyiha muvaffaqiyatini ta’minlaydigan 21 asr ko’nikma va malakalarini qanday o’rgataman?
STEAM loyihalarga asoslangan o’quv dastur va rejalar qanday tuziladi?
STEAM loyihalar qanday o’quvchilarga mos keladi? Motiv darjasi kuchlilargami?
Qancha vaqt sarflanadi?
|
|
“BBB” metodi o’quvchilarning birlamchi bilimlarini grafik tashkillashtirishning keng tarqalgan turidir. Ushbu jadval ularning bilimlarini faollashtirishga, o’ylashga, o’rganilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilishga yo’naltiradi. “Bilaman” ustuni aqliy hujumda yig’ilgan g’oyalar asosida to’ldiriladi. Keyin o’rganilayotgan mavzu bo’yicha nimani bilishni istashlari individual yoki jamoada aytib, “Bilmoqchiman” ustuniga kiritishadi. Loyiha davomida o’quvchilar savollar ustida izlanishadi va javoblarini “Bildim” ustuniga yozishadi. “BBB” metodi yordamida o’quvchi yangi mavzu ( tushuncha, hodisa) yuzasidan fikrlaydi, avvalgi bilimlari bilan qiyoslaydi va o’rganganlarini yanada aniqlashtirishadi, fikrlarni bosh maqsad atrofida birlashtiradi. Bulardan tashqari “BBB” jadvalidan o’quvchini baholashda foydalanib, nimalarni o’rganganini o’ziga namoyish etish mumkin.
Jadvaldan turli darajadagi o’quvchidan darsning turli bosqichida so’rash, baholashda foydalanish mumkin. O’quvchilar baholanishdan qo’rqmasdan, loyiha davomida paydo bo’lgan g’oya va savollarni yozib boradilar. “BBB” jadvali juftlikda yoki jamoada diskussiya (bahs-munozara) ga xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |