Taqdimotda esa quyosh energiyasi asosidagi gaz pechi va boshqa pishirish moslamalarining konstruksiyasi, ularni qo’llash tartibi bilan tanishtiradilar.
Axborot xati bilan bolalar o’z aqliy, fikriy tafakkurlari, bilimlarini namoyish qilishadi. Axborot xatida bilish jarayoni, usullari haqida ma’lumot beriladi.
Hamkorlikdagi ish muvaffaqiyatiga quyidagi yordamchi ko’nikma va malakalar asos bo’ladi :
Faol tinglash
Hamkorlik
Ixtiyoriy yordam ko’rsatish
Savol tuza olish
Atrofdagilar motivatsiyasi
Topshiriq ustida ishlash
Materiallardan birgalikda foydalanish
Bilish ehtiyojini namoyish eta olish
Muammoni konstruksiyalash
Mustaqil ish muvaffaqiyatiga quyidagi yordamchi ko’nikma va malakalar asos bo’ladi :
Maqsadga yo’nalganlik
Harakatlar monitoringi
Muddatni rejalashtirish
Vaqtni boshqarish
Zarur holatlarda yordam so’rab murojaat qilish
Tirishqoqlik
Muammolarni yecha olish
Qayta bog’lanishni qo’llash
O’z-o’zini baholay olish
O’quv maqsadlarini anglash
Hamkorlikni nazorat qilish varaqasi
Test topshiriqlarini yeching, bilimingizni sinab ko’ring.
Loyihalash metodi an’anaviy ta’lim metodlaridan farq qiladi. Quyidagilardan qaysi biri STEAM loyiha bo’la oladi?
O’quvchilar zilzila haqida atrofidagilardan ma’lumotlar yig’ib, olingan ma’lumotlarni electron jadvallar vositasida namoyish etishni tashkillashtiradilar. “Zilzila vaqtida insonlar xavfsizligini qanday ta’minlash mumkin?” savoli ustida izlanishadi, turli hududda zilzila oqibatlariga tayyorgarlik rejasini tuzadilar. Loyiha rivojiga yo’naltirish uchun baholash mezonlaridan foydalanadilar.
O’quvchilar seysmologlar rolida chiqib, “Ular yashagan hududda zilzila bo’lish xavfi bormi?” savoli ustida izlanishadi. Ob-havoni o’lchash moslamasini qo’llab, ob-havo sharoitlarini tahlil qilishadi. Zilzila tamoyillarini tushunish va uzoq muddatga mo’ljallangan seysmik tashxis qo’yish uchun geologik tadqiqotlar bergan ma’lumotlardan foydalanadilar. Guruhlar taqdimot shaklini tanlaydilar, masalan, ob-havo ma’lumoti yoki gazetaga maqola.
Har bir o’quvchining zilzilaga daxldor o’z mavzusi va tadqiqotga yo’naltiruvchi savoli bor, masalan, “Qayerlarda zilzila bo’lgan?”. Ular savolni o’rganish, zilzila haqida ma’lumot yig’ish va berilgan mavzu yuzasidan ma’ruza yozish uchun turli ma’lumot manbalaridan foydalanishadi. Keyin o’quvchilar olgan natijalari bilan o’rtoqlashib, bir-biriga ma’ruza o’qiydilar.
! Javobingizni tekshiring
Javob:
Birinchi va ikkinchi loyihani tanlagan bo’lsangiz, adashmadingiz. Birinchi loyiha uzoq muddatli, doimiy baholanadigan, turli ta’lim strategiyalariga asoslangan amaliy mashg’ulotlardan foydalanib 21 asr ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutmoqda. Ikkinchi loyiha mustaqil va hamkorlikdagi ishni taqozo qilib, o’quvchi tomonidan o’zlashtiriladigan amaliy malaka va ko’nikmani taqozo qilmoqda. Lekin uchinchi loyiha o’qituvchi tomonidan boshqariladi va faktlarga asoslanadi, ya’ni amaliyotdan yiroq an’anaviy metod.
STEAM loyiha jarayonida tadqiqot olib borish ushbu ta’limning quyidagi afzalliklarini namoyon qiladi:
Motivatsiyani yaxshilash, yuqori darajada fikrlash va o’rganish.
Motivatsiyani yaxshilash, yuqori darajada fikrlsh va mustaqillik
Bilimlar puxtaligi, o’qish va hamkorlik malakalari shakllanishi.
! To’g’ri javob:B. Loyihalash metodi asosida ta’lim olayotganlar darslarni qoldirishmaydi, maktabga munosabati o’zgaradi, mustaqillik, fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Loyihalash metodi asosidagi ta’lim o’qituvchi oldiga ko’pgina vazifalarni qo’yadi. O’qituvchi bu metodni qo’llashga ikkilanadi, chunki u bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar mazkur ishni bajara olishmaydi deb hisoblaydi.
Ushbu vaziyatdagi o’qituvchi uchun ma’qul maslahatni tanlang.
Yaxshiroq nazorat qilish uchun bosh o’zlashtiruvchilarni bir guruh qiling.
Ularning qiziqishi va qobiliyati, imkoniyatini inobatga olib, turli usullarni qo’llang.
Kuchli o’quvchilar loyihada ishlayotgan vaqtda bo’sh o’zlashtiruvchilarga an’anaviy metodlar asosida topshiriqlar bering, masalan, kitob o’qish va mashq bajarish.
! To’g’ri javob: B.
Quyidagi ta’lim metodlaridan qaysi biri ko’proq o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan?
Birlashtirilgan guruhlarda o’quvchilar mahoratli mutaxassis rolida chiqib, qaror qabul qilishda qatnashadi.
O’quvchilar katta jamoa oldida chiqish qilib, loyihada qatnashish uchun ota-onalarini taklif qilishadi, alohida o’quvchilar bilan majlis o’tqazishadi.
O’quvchilar muhokamani boshqarishadi, jamoat fikrini yig’adilar, o’z ishlarini baholaydilar.
! To’g’ri javob: A,C.
Loyihani qanday boshlash kerak?
Loyihangiz uchun standartlarni tanlashdan boshlang. Tanlangan ta’lim standartlari loyiha metodi xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Loyiha maqsadlarini aniqlash va shu maqsadga javob beruvchi, o’quvchilarni qiziqtira oladigan savollar ishlab chiqish lozim.
O’quvchidan kutiladigan natijalarni aniqlab oling, masalan, taqdimot tayyorlash, harakatlar senariysini yaratish, maqola yozish, viki-sayt yaratish. Loyiha ishi natijalarini rejalashtiring va o’quvchilarga namuna taqdim eting.
O’quvchilar har kuni nima ish qilishi, loyihaga qanday topshiriq kiritish kerakligi, qanaqa ko’nikmlarni o’zlashtirishi va ularning qanday usuldan foydalanishi kerakligi haqida o’ylab ko’rish kerak.
! To’g’ri javob: A
Dars xulosasi
Ushbu darsda siz quyidagilarni bilib oldingiz:
STEAM loyihalar an’anaviy ta’lim metodlaridan ta’limiy yondashuv jihatidan farq qiladi. Xususan, ta’limni loyihalash shaxsga yo’naltirilgan xarakterga ega bo’lib, u o’quvchining turli fanlarni integratsiyalay olishida, intellektlarining shakllanishida va rivojlanishida, ijodiy tafakkuri shakllanishida muhim o’rin tutadi;
Ta’limga konstruktivistik yondashuv STEAM ta’limning asosidir;
STEAM ta’lim chuqur amaliy-o’quv tadqiqotlarga asoslanadi, davomiy baholanib borishni taqozo etadi;
Integratsion loyiha tajriba natijalariga asoslangan bir qancha afzalliklar ega. Masalan, motivatsiyaning, o’zlashtirisning yuqorililigi;
Loyiha muvaffaqiyati 3 tamoyilga asoslanishi: tajriba, o’qituvchi va o’quvchi roli, loyiha tuzilishi.
Shiningdek, turli loyihalar namunalari bilan, “Quyosh batareyalari loyihasi bilan, Alisher va Allan Millerning loyiha haqidagi fikrlari bilan tanishdingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |