Ta’limga steam yondashuv



Download 0,65 Mb.
bet12/16
Sana15.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#674059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ta’limga steam yondashuv

Tanishing.
Allan Miller -loyihalash metodi bo’yicha tajribali mutaxassis, ustoz. Alisher- yosh o’qituvchi, shogird. Ularning suhbati bilan tanishing.
Alisher: -Ustoz, men STEAM loyiha ishlanmasini tayyorlamoqchiman, lekin bunga ko’p vaqt ketishini o’ylab ikkilanyapman.
Allan Miller: -To’g’ri. STEAM loyiha jarayoni ko’p vaqtni talab qiladi. Men ilk ishlarimda ketadigan vaqt (muddat) va mundarijani qisqaroq oldim. Sen ham kichikroq loyihadan boshlashing mumkin. Men katta bo’lmagan matnga asoslangan kichik mavzu yuzasidan boshlashni taklif etaman.
Alisher:-Biror loyihani tayyorlashga kirishsam-da, bu borada, ya’ni STEAM loyihalar metodi bo’yicha ko’p ma’lumotga egaman deb ayta olmayman.
Allan Miller: -Loyiha tayyorlashni boshlaganimda men oddiy uslublardan, zarur bo’lganda, hatto, an’anaviy metodlardan ham foydalanganman. Muvaffaqiyatli loyihaning siri uning puxta rejasi va ishlanmasidadir.
Alisher:-Demak, loyiha ishi uchun qo’shimcha vaqt kerak ekan. Bunga men vaqt topa olaman deb o’ylamayman.
Allan Miller: -Haqiqatan ham, avvalida loyihalar vaqt va puxta rejani talab qiladi, lekin ishning natijasida o’quvchilarda paydo bo’lgan kuchli motivatsiya senga guruh uchun vaqt topa olishga turtki, kuch beradi.
Alisher:-Bu juda yaxshi, lekin mening sinfimda bir nechta bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bor. Ularning bu ishni bajara olishlari qiyin kechadi.
Allan Miller: -Men bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning katta qiziqish bilan ishlaganini sezganman. Loyihalar an’anaviy ta’limda o’quvchilarda sezilmagan mavjud qobiliyatlar, ularning tabiiy imkoniyatlarini kash etish imkonini beradi.
Alisher:-Rahmat, men ko’p narsani tushundim. Men buni eplayman deb o’ylayman.
Topshiriq
Alisherning gumonlari va Allan Millerning taxmin javoblarini o’z o’rniga qo’ying.




STEAM loyihalar murakkabligi va muddatiga ko’ra farqlanadi. Ular fanlararo bog’langan bo’lib, bir qancha ta’lim standartlari bo’yicha ko’nikmalarni talab qilishi hamda tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirishi mumkin. Kichik loyihalar chegaralangan standartlarni hamda fanlarni qamrab oladi.




Art-ta’lim o’quvchilarning kognitiv ko’nikmalarini yaxshilaydi, mashg’ulot vaqtidagi diqqatlilikni va xotirani mustahkamlaydi, akademik va hayotiy ko’nikmalar diapazonini kengaytiradi, mantiqiy aloqalar o’rnatishning, fikrlashning yangi yo’llarini ochadi. Innovatsion va kreativ fikrlash ko’nikmalari esa raqobatbardoshlikni shakllantiradi




O’qituvchilar ilk loyihalarining rejalashtirish bosqichida va birinchi darslariga ko’p vaqt sarflashi mumkin. Lekin tajribasi oshishi bilan loyiha ustida ko’proq o’quvchilar ishlashadi.




Loyiha, o’qitishning turli usullarini qo’llab, o’quvchilarda motiv hosil qilish imkonini beradi, ularning turli orttirilgan tajriba, qobiliyatlari talablari, ehtiyojlariga javob beradi.




Loyiha barcha o’quvchilar uchun foydali. Turli strategiya , metodlar barcha o’quvchilarga real vaziyatlarda ishlash, bilganlarini amaliyotda qo’llash imkonini beradi.

1.Loyihalar uzoq muddatli
2.Loyiha bilan ishlash jarayonida ta’limiy yondashuvni o’zgartirish kerak
3.Bo’sh o’zlashtiruvchilar loyiha ishini bajara olmaydi
4.Loyiha ustida ko’p ishlash kerak.
5. “A” (ART) komponenti o’quvchilarning badiiy va dizaynerlik ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish