Sizningcha, u bilan qanday ishlash kerak?
U hamkorlikdagi loyihada texnik mutaxassis rolini bajarib, guruhda qo’llanayotgan texnik ehtiyojlar uchun javob bera olgan bo’lar edi. Jamoa har kuni uning bilimi va malakasiga tayanadi.
Uzluksiz baholashga asoslangan loyiha, masalan, refleksiya- o’qituvchi tomonidan o’tkazilayotgan konferensiya, sinfdoshlarining qo’llab turishi Murodga test topshiriqlaridan yaxshi o’tishga yordam beradi.
Tadqiqotga asoslangan loyihalar Murodni uyga vazifalarni yaxshiroq, o’z vaqtida bajarishga yo’naltiradi. Bunday loyihalar o’quvchilarga mavzuni mustaqil va erkin tanlab, tadqiqot o’tkazish imkonini beradi.
Agar siz 3- fikrni tanlagan bo’lsangiz…
Noto’gri. Loyiha ishi har doim ham uyga topshiriqlarni bajarish ko’nikmasini shakllantirmasligi mumkin. Loyihalar o’quvchi faolligiga yo’nalgan bo’lsa-da, u faqat individual, mustaqil tadqiqot ishini ko’zda tutmaydi. Ishning muvaffaqiyati uchun Murodga o’qituvchining doimiy ko’rsatmasi kerak.
Agar siz 1- fikrni tanlagan bo’lsangiz…
To’g’ri. Texnik mutaxasis roli Murodning qiziqishlariga mos keladi. Buning natijasida uning maktab o’quv mashg’ulotlariga qiziqishi ortib boradi.
Agar siz 2- fikrni tanlagan bo’lsangiz…
Noto’g’ri. Loyiha ishi davomiy baholashni taqozo etadi, lekin faqat ish yakunida emas. Shuningdek, test loyihaning muhim qismi emas. Shuning uchun bu yo’l Murodning test topshiriqlari ustida ishlashini yaxshilaydi deb aytish qiyin.
Sevara mehnatkash qiz, lekin u topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga ulgurmaydi. Ba’zida ular haqida umuman unutadi. U vazifalarni eslatib turuvchi o’qituvchiga muhtoj.
Sevaraga loyihalash metodining qaysi turi ko’proq mos keladi?
Global isish mavzusidagi loyiha mazmuni va rejasi haqida ma’lumot olishadi. Loyiha davomida ular global isish muammolarini kuzatishadi, o’rganishadi va taqdimot tayyorlashadi.
Global isish loyihasi davomida vazifa va uning bajarish muddatini inobatga olgan holda o’quvchilar reja, nazorat varaqalari, taqvimdan doimiy foydalanishadi. O’qituvchi guruh a’zolari bilan muntazam muloqotda bo’lib, o’z sharhini, tavsiyalarini berib boradi.
Global isish mavzusidagi loyiha ishi ustida ishlayotgan o’quvchilar ”Komissiya” uchun individual tarzda taqdimot tayyorlashadi. Ularga loyiha ssenariysi taqdim etiladi va Internet orqali tadqiqot olib borib, o’z taqdimotlarida qo’lga kiritgan natijalarini aks ettiradilar.
Javobingizni tekshiring.
Agar siz 2-loyihani tanlagan bo’lsangiz… Loyiha asosida ishlash o’qituvchiga o’quvchilar bilan konferensiya o’tkazish, ularni doimiy ravishda qo’llab turish va ularning ishiga ragbat ko’rsatish imkonini beradi. Loyihani boshqarish asboblari loyihani ko’rgazmali namoyish etish va Sevaraning o’z-o’zini boshqara olishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |