Ta’limda pedagogik texnologiyalar ‘’Blits o’yin’’ metodi



Download 454,21 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi454,21 Kb.
#108304
Bog'liq
31. Ta'limda pedagogik texnologiyalar


Ta’limda pedagogik texnologiyalar

‘’Blits o’yin’’ metodi

‘’blits’’ o’yin-ta’lim oluvchilarni xarakat ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan metoddir. Ushbu metodni amalga oshirish tartibi quyidagicha: Har bir ta’lim oluvchiga alohida-alohida tarqaatma material beriladdi, ular berilgan materialni o’rganib chiqadi. Materialdagi ‘’yakka baho’’ bo’limiga berilgan xarakatlardan qaysi biri birinchi qaysi biri esa ikkinchi va hokazo qilib belgilashi kerak. Vazifani bajarib bo’lganlaridan keyin ta’lim beruvchi kichik guruhlarni shakllantiradi. Kichik guruhdagi ta’lim oluvchilar o’zlarining ‘’yakka baho’’ bo’lmida belgilangan xarakatlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi va guruh a’zolari har xil bo’lgan ketma-ketlikni birlashtirib, bir-birlari bilan tanishib, bir-biriga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishilgan xolda bir muhokamaga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi ‘’gurux baxosi’’ bo’lmiga raqamlarni qo’yib chiqadilar. Guruhlar vazifalarni bajarib bo’lganidan keyin ta’lim beruvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi. Ta’lim oluvchilar tarqatilgan qog’ozdan ‘’to’g’ri javob’’ bo’lmiga yozadilar. Ta’lim oluvchilar ‘’to’g’ri javob’’ bo’lmida berilgan raqamlarni, ya’ni katta sondan kichik sonni ayirgan xolda ‘’yakka xato’’ bo’lmiga chiqqan fikrlarni yozishni so’raydi. ‘’ Yakka baho ‘’ bo’lmidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib, umumiysini hisoblashlari kerak.

Xuddi shu tariqa ‘’to’g’ri javob’’ga ‘’guruh bahosi’’ o’rtasidagi farqni kattadan kichikni ayirush orqali bajariladi chiqarilgan farqlar soni ‘’guruh xatosi’’ bolimiga yozilib yuqoridan pastga qarab, qo’shib chiqib umumiy son kelib chiqadi. Ta’lim beruvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.



Guruh bahosi

Guruh xatosi

To’gri javob

Yakka xato

Xarakatlar mazmuni














































Umumiy yig’indi













Bajarigan vazifalarni quyidagicha baholash mumkin:

Ta’lim oluvchilarning javoblari ta’lim beruvchi tomonidan berilgan ‘’TO’G’RI JAVOB’’ ning yarmidan ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak ‘’qoniqarli’’, 75% to’g’ri kelgan bo’lsa ‘’yaxshi’’, 100% to’g’ri kelgan bo’lsa ‘’a’lo’’ deb belgilash mumkin.

‘’Blits o’yin’’ metodining tuzilmasi

Ta’lim oluvchilarga vazifalar tarqatish





Ta’lim oluvchilar berilgan vazifani yakka tartibda bajaradi



Kichik guruhlarni shakllantirish



Vazifalarning javoblarini yozish uchun qog’oz tarqatish



Yakka xolda bajargan vazifalarni muhokama qilib umumuiy fikrga kelgan javobni

yozadilar





Ta’lim beruvchi tomonidan berilgan javoblar yoziladi



Ta’lim beruvchi vazifalarning javoblarini sharhlab beradi

‘’MUAMMOLI VAZIYAT’’ METODI

‘’Muammoli vaziyat’’metodi – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini taxlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.

,, Muammoli vaziyat’’ metoi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular quyilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimini topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarini yo’qotishga olib keladi. ‘’Muammoli vaziyat ‘’ metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini taxlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.

‘’Muammoli vaziyat’’ metodining bosqishlari quyidagilardan iborat:



  1. Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.

  2. Ta’lim betuvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad-vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

  3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

  4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyarni o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sababini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi barcha taqdimotdan song, bir xil fikrlar jamlanadi.

  5. Bu bosqichda berilga vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalarni muhohama qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.

  6. Muammoni yechimining turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar.

  7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatni yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variyantlarini taklif etadilar.

  8. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’limberuvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarini eng maqbul variyantlarini tanlab oladilar.

Muammoli vaziyat metodining tuzilishi

Muammoli vaziyat tavsifini keltirish



Kichik guruhlarga bo’lish



Guruhlarning muammoli vaziyatini kelib chiqish sabablari ni aniqlash



Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to’grisida fikr yuritishi



Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi



To’g’ri yechimlarni tiklash

‘’Klaster’’ metodi

‘’Klaster’’ metodi- g’uncha, to’plam, bog’lam kabi ma’nolarni anglatib, ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish ular o’rtasida aloqalarni toppish imkoniyatlarini yaratadigan garafik organayzer.

Ushbu metod ta’lim oluvchilarga ihtiyoriymuammo xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.

Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalat to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. ‘’klaster’’ metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Unday foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoili bilan bo’g’liq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puhta o’zlashtirulguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromida bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

G’oyaga muvofiq ishlab chiqarilgan ‘’klaster’’ metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib undan ta’lim oluvchilar guruh asosida tashkil etilgan mashg’ulotlari jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosidaa tashkil etilgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan ilgari surigan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkonini yaratadi.

‘’Klaster’’ metodining tuzilishi

‘’Klaster’’ metodining amalga oshirish qoidalari:



  1. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz shu qog’ozga yozing. Fikrlaringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay ularni shunchaki yozib boring.

  2. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.

  3. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetguncha yozishdan to’xtamang. Agar ma’um muddat biror-bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ulguncha davom ettiring

  4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisini sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni kpo’rsatishni cheklamang.

,,Qarorlar shajarasi’’ metodi

‘’qarorlar shajarasi’’ metodi muayyan asoslari borasidagi bir qator murakkab mavzularni o’lashtirish ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirayotgan bir necha xulosalar orasidagi eng maqbul hamda to’g’risini topishga yo’naltirilgan texnik yondoshuvdir.



Ushbu metod shuningdek avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror ( xulosa) lar mohiyatuni yana bir bora tahlil etish va unu mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh ta’lim oluvchilari asosida qo’llaniladigan ‘’qarorlar shajarasi’’ ta’lim oluvchilarning bilimlari narijasini aniqlash, ularning fikrlani jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metdning qo’llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) da ta’lim oluvchilar tomonidan biildirilayotgan har bit variant ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg’ulot jarayonida ta’li oluchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to’ldiraddilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):

MUAMMO





1-G’OYA 1-G’OYA 1-G’OYA



QAROR

‘’Qarorlar shajarasi’’ quyidagi shartlar asosida qo’llaniladi:

  1. Ta’lim beruvchi mashg’ulot shoshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgiyaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror) larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni 4 yoki 6 nafardan iborat kichik guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi.

  3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildiralayotgan variantlarning maqbullik hamda darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va kamchilik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to’xtamga kelib oladilar.

  4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o,z guruhi qarori borasida axborot beradilar zarur hollarda ta’lim beruvchi rahbarligida barcha ta’lim oluvchilar bildirilgan xulosa (qaror) larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug’ulgudek bo’lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo’lsa, ta’lim beruvchi buni sababini izohlaydi.

‘’Qarorlar shajarasi’’ metodi quyidagi loyihaga asoslanadi:




UMUMIY MUAMMO




1-qaror varianti

2-qaror varianti

3-qaror varianti

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

Kamchiligi



















Qaror:

‘’Qarorlar shajarasi’’ metodining tarkibiy tuzilmasi

Muammoni belgilash



Kichik guruhlarni shakllantirish





1-guruh

2-guruh

3-guruh

4-guruh

Qarori qabul qilish bo’yicha taqdimoti



Qaror muhokamasi va tahlil


Baholash

‘’FSMU’’ metodi

Ushbu metod munozarali masalalatni hal etishda bahs- munozara o’tkazishda yoki o’quv reja asosida biror bo’lim o’rganib bo’lingach, qo’llanilishi mumkin chunki bu metod ta’lim oluvchilarni o’z fikrini himoya qilishga erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga qay darajada egallaganliklarni baholashga hamda tinglivchilarni bahslashish maddaniyatiga o’rgatadi. Ushbu metod tarqatilgan oddiy wog’ozga o’z fikrlarini aniq, qisqa holatda ifoda etib tesdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Bu metod quyidagicha amalga oshiriladi: mashg’ulotda avval har bir ta’lim oluvchi yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va dars oxirida jamoa bo’lib ishlaydilar.

Har bir ta’lim oluvchiga ‘’FSMU’’ metodining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi:




F

S

M

U
Fikringizni bayon eting

Fikringizni bayoniga sabab ko’rsating

Ko’rsatilgan sababingizni isbotlab misol keltiring

Fikringizni umumlashtiring

Har bir ta’lim oluvchi yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMUning 4 bosqichini o’z fikrlarini yozma bayon etadi. So’ngra ta’lim oluvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va guruhlarga FSMU yozilgan katta qog’oz beriladi. Kichik guruhda har bir ta’lim oluvchi o’zining yozgan javobini o’qib tanishtiradi, so’ngra guruh a’zolari birgalashib, muhokama qilib, umumiy javoblarini yozadilar va uni muhokama qiladilar.

‘’VENN DIAGRAMMASI’’ metodi

‘’Venn diagrammmasi’’ metodi o’rganilayotgan 2 yoki 3 ob’ektlarning farqli jihatini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.

‘’Venn diagrammasi’’ metodi ta’lim oluvchilarda o’ziga xos va o’xshash jihatlarini tahlil qilish tizimli fikrlas, solishtirish, taqqoslash ko’nikmalarini rivojlantiradi.

‘’Venn diagramma’’ metodidan nazariy, amaliy, seminar hamda labaratoriya mashg’ulotlarida keng foydalsnish imkoniyati mavjud. Ushbu metoddan darsda foydalanilganda mavzuni tushuntirish oson bo’ladi hamda ta’lim oluvchilarning mavzuga bo’lgan qiziqishi yuqori darajada bo’ladi va mavzu tushintirilayotganda yoki mustahkamlash bosqichida faol ishtirokchiga aylanadi.



‘’Venn diagrammasi’’ metodining tuzilishi



  1. O’rganilayotgan A ob’ektining o’ziga xos jihatlari;

  2. O’rganilayotgan B ob’ektining o’ziga xos jihatlari;

  3. Organilayotgan C ob’ektining o’ziga xos jihatlari;

  4. O’rganilayotgan A va B ob’ektining o’ziga xos jihatlari;

  5. O’rdanilayotga A va C ob’ektlarining oziga xos jihatlari;

  6. O’rganilayotgan B va C ob’ektining o’ziga xos jihatlari;

  7. O’rganilayotgan A, B va C ob’ektlarining o’ziga xos jihatlari;

‘’KUBIK’’ metodi

‘’Kubik’’ metodi mazmunu har tomonlma oson o’rganishga yordam beradi. Fikrlash uchun har xil yordamchi savollar beriladi. Metodni amalga oshirish uchun ta’lim beruvchi tomonida 15x20 sm o’lchamdagi kubik tayyorlanadi kubikning tomonlariga quyidagicha savollar yoziladi.



  • tasvirlab bering

  • Solishtiring

  • Bunga asotiatsiya bering

  • Tahlil qiling

  • Bunga ijobiy va salbiy fikr bildiring

  • Buni qo’llanilang

Metod quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Mavzu beriladi ta’lim oluvchilarga berilgan mavzuni o’ylash va chuqur ko’rib chiqish hamda berilgan narsani ular qnday ko’zilayotganini aytib berishi so’raladi: rangi, shakli, jihatlari, belgilari va h.k

  2. Birinchi savol o’qiladi buni tasvirlab bering tarsaga diqqat bilan qarang.

  3. Buni solishtiring. Nima bilan farqlanadi, bu nimaga o’xshaydi

  4. Bunga asotatatsiya bering. Ushbu narsa nima haqida o’ylashga sizni majburlaydi, nima fikr-u xayolingizga keladi, nimaga o’xshaydi yoki farqli tomonlari

  5. Ushbu narsani tahlil qiling. Ushbu narsani qanday yasash mumkun. Qanday ishlatish mumkin.

  6. Ha yoki yo’q degan dalillar krltiring, ishontira oladigan dalillar keltirishga harahat qiling.

Yozma ishni ta’lim oluvchilar yakka tartibda bajarib bo’lganlaridan so’ng ta’lim beruvchi guruhlarni juftlikka boladilar va har bir juftlik o’zining yozma javoblarini butun guruhga oqib beradilar.

‘’Kubik’’ metodining tarkibiy tuzilmasi



Vazifani tushuntirish



Vazifani yakka tartibda bajarish



Guruhlarni shakllantirish



1-guruh

2-guruh

3-guruh



Birgalikda vazifalarni muhokama qilib yakuniy xulosaga kelish



Guruhlar taqdimoti



Baholash

‘’ESSE’’ metodi

‘’Esse’’ metodi- (fransuzcha tajriba, dastlabki loyiha) shaxsiy biror mavzuga oid yozma ravishda ifofalamngan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda ta’lim oluvchi o’zining mavzu bo’yicha tassurotlarini, g’oyasi va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi.

‘’Esse’’ yozishda hayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog’ozga tushirish, iloji boricha ruchkani qog’ozdan uzmasdan- to’xtamasdan yozish, songra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Mana shundagina yozilga essening haqqoniy bo’lishi e’tirof etilgan. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushumcha yoki erkin mavzuga bag’ishlab yozish maqsadga muvofiq. Ba’zan, ayniqsa tarbiyaviy soatlarda ta’lim oluvchilarga o’zlariga yoqqan mavzu bo’yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi.

Bu usul ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama korib vhiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi.

,,Esse’’ metodining tarkibiy tuzilmasi



Esse yozish tartibini tushuntirish





Yakka tartibda vazifalarni bajarish





Taqdimot





Baholash

Download 454,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish