Talimda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etish


II BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY



Download 272,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana10.05.2021
Hajmi272,22 Kb.
#64050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
talimda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etish

II BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY 

ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAMDA PEDAGOGIK SHART-

SHAROITLARI  

 

2.1. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy 

jihatlari 

 

Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. 



Bunda  ishtirok  etayotgan  uchta  komponent  bir-birlari  bilan  shunday  uzviy  aloqadaki,  ulardan 

birini  e’tibordan  chetda  qoldirish  mumkin  emas.  Xo‘sh,  nimani  nimadan  boshlash  kerak?  Ishni 

o‘rganish  yoki  o‘rgatishdan  boshlasak,  tabiiy  ravishda  savol  tug‘iladi:  nimani  (qanday 

mazmundagi  o‘quv  materialini)  o‘rganmoqchisiz  yoki  o‘rgatmoqchisiz?  O‘rgatish  ham, 

o‘rganish  ham  asosiy  maqsadga  yo‘naltirilgan  ta’lim  ob’ekti  va  oxirgi  natija  mahsuli  bo‘lmish 

ta’lim mazmuniga bog‘liq. 

Har  xil  mazmun  uni  o‘zlashtirishning  o‘ziga  xos  usullari  bilan  farq  qilganligi  uchun 

o‘rganishning  qanday  bo‘lishi  uning  mazmuniga  bog‘liq,  bu  esa  o‘rganishni  tashkil  etuvchi 

o‘rgatuvchiga  bog‘liq.  Shunday  qilib,  didaktik  tafakkur  -  bu  o‘rganish,  o‘rgatish  va  ta’lim 

mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.   

O‘qituvchi  o‘quvchini  faollashtiradigan,  o‘zi  va  o‘rganuvchi  uchun  qulay  bo‘lgan 

yo‘llarni,  usul  va  uslublarni,  o‘qitish  shakllari,  metod  va  vositalarni  izlaydi,  ularni 

takomillashtiradi.  Shu  boisdan  ham  «pedagogik  texnologiya»,  «didaktik  texnologiya»,  «ta’lim 

texnlogiyasi»  atamalari  qatoridan  «pedagogik  innovatsiyalar»  atamasi  ham  mustahkam  o‘rin 

olmoqda. 

Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. 

Shuning  uchun  ham,  o‘z  oldimizga  Davlat  ta’lim  standartlarini  yaratish  birinchi  galdagi  vazifa 

qilib  qo‘yildi.  Bu  vazifaning  uddasidan  chiqdik.  Davlat  ta’lim  standartlari  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanib,  har  bir  ta’lim  muassasalariga,  har  bir 

o‘quvchiga  yetkazildi.  Endigi  vazifa  shu  standartlarni  tezroq  hayotga  tatbiq  etish  mexanizmini 

yaratishdan iborat. 

Biroq,  e’tirof  qilish  kerakki,  hali  Respublikamizda  yangi  pedagogik  texnologiyalarni,  

ta’lim    innovatsiyalarini    to‘plash,  ular  ichidan  faoliyatimizda  eng  ko‘p  samara  beradiganlarini 

tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) 

shakllantirilmagan edi.                          

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab 

chiqilgan  umumiy  ta’lim  fanlari  bo‘yicha  Davlat  ta’lim  standartlari  ishlab  chiqilib,  bosqichma-



 

21 


bosqich  amalga  oshirishga  kirishilgandan  keyin  bu  sohadagi  ishlarni  aniq  bir  tizimga  solish, 

qo‘llab  -  quvvatlash,  yangiliklarni  joriy  etishga  yetarli  shart-sharoitlar  yaratadigan  tuzilmalarga 

bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. 

Chunki,  Davlat  ta’lim  standartlari  o‘quvchilar  bilimiga  qo‘yiladigan  majburiy  minimal 

daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va 

ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik 

texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq 

etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.  

Bundan  kelib  chiqadigan  amaliy  hulosa  -  ilg‘or  ta’limiy  yangiliklarni  aniqlash,  ularning 

jamg‘armalarini  tashkil  etish,  sinab  ko‘rish,  pedagogik  amaliyotga  joriy  qilishning,  ilmiy 

xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini 

oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni  yaratish  yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab 

yuborilgan.                             

Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari 

boshqarmalari  va  bo‘limlari  (monitoringi)  tashkil  etilgan.  Ta’limni  boshqarish  tizimida  tashkil 

qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda: 



 

ta’lim  sohasidagi  qonunlar,  me’yoriy  hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;      





 

Pedagogik  innovatsiyalarni  amaliyotga  tatbiq  etishning  tashkiliy  asoslarini  yaratish 



zarur. Buning uchun: 



 



“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari 

va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish; 



 

ta’limni boshqarish mahalliy organlari  va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy 



pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish; 



 



pedagogik 

tajribalarning 

borishini 

analitik 

tahlil 

qilish, 


umumlashtirish, 

ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; 



 

pedagogik  texnologiyalarni  kuzatuvchi,  nazorat  qiluvchi  va  joriy  etuvchilarni  o‘quv 



ishini  tashkil  qilish  shu  masalaga  oid  seminarlar  o‘tkazish,  treninglar  tayyorlash  choralarini 

ko‘rish; 



 

pedagogik  texnologiyalarni  rivojlajtirish  haqida  tegishli  ma’lumotlar  jamg‘armasini 



yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining 

minimal  darajasini  belgilaydi,  bu  darajadan  yuqori  ko‘rsatkichlarga  erishish    uchun  ma’lum 

izlanish  hamda  tashabbus  lozim,  pedagogik  innovatsiyalarni  yaratish,  shuningdek,  ularni 

boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. 

Shu  boisdan  ham  pedagogik  iinovatsiyalarni  izlab  topish.  o‘rganish,  tahlillar  ostida  eng 




 

22 


ko‘p  samara  beradiganlarini  tanlab  olish  va  ularni  amaliyotda  qo‘llash  tartibini  belgilab 

beradigan  tizimni  yaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Fikrimizcha,  buning  uchun,  innovatsiyalar 

haqida  aniq  ma’lumotlar  jamg‘armasini  yaratish  zarur  bo‘lib,  buni  shartli  ravishda 

innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz.                             

Innovatsion  yangiliklarni  to‘plovchilar  jadvalga  ko‘ra  vazirlik  tizimida  yangi  tashkil 

qilingan  markazlar,  jumladan,  xalq  ta’limi  xodimlari  malakasini  oshirish  instituti  barcha  talim 

muassasalari  rahbarlari  malakasini  oshirish  bo‘yicha  doimiy  ishlovchi  Respublika  doimiy  kursi 

qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.  

Mazkur  ishlarni  boshqaruvchi  Davlat  ta’lim  standartlari  monitoringi  maktab  pedagoglar 

kengashlari,  metod  birlashmalari,  tuman,  shahar  xalq  ta’limi  bo‘limlarida,  viloyat  malaka 

oshirish  institutlarida  o‘rganib,  to‘plangan  pedagogik  innovatsiyalarni  o‘z  vaqtida 

«TANLOVChI»larga  yetkazish  yeki  ayrimlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  «QO‘LLOVChI»larga 

yo‘llashni muvofiqlashtirib boradi. 

Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar 

markazi»: 

-

 



ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi; 

-

 



joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi; 

-

 



metodik  qo‘llanma,  dastur  va  metodik  tavsiyalarni  nashrga  tayyorlaydi  va  pedagogik 

matbuotga uzatadi; 

-

 

reyting  tizimi,   o‘quvchilarni   maktabgacha   tayyorlash,  Davlat  ta’lim standartlarini 



joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi; 

-

 



xorijiy      davlatlardagi      ta’lim      sohasidagi      tajribalarni      o‘rganadi,  taqqoslaydi  va 

tavsiyalar tayyorlaydi; 

-

 

amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini 



tashkil qiladi; 

-

 



pedagogika  sohasidagi  olimlar,  ilmiy  izlanuvchilar  bilan  hamkorlik  ishlarini  olib 

boradi; 


-

 

innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi; 



-

 

innovatsiyaga  oid  Respublika  ilmiy-amaliy  kengashlar  yig‘ilishlar  va  konferensiyalar 



o‘tkazadi;    

-

 



malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi 

axborotlar bilan ta’minlab boradi. 

Pedagogik  innovatsiyalarni  qo‘llash  bilan  uni  to‘plab,  ilmiy  jihatdan  xulosalar 

tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng 

pedagogik  jamoalar,  ilmiy-pedagogik  xodimlarga  ularni  yetkazish,  ularning  taklif  va 



 

23 


mulohazalarini  olish,  tajriba-sinov  xulosalari  asosida  innovatsiyalarni  yanada  takomillashtirish 

ishlari bilan shug‘ullanadi.  O‘ylaymizki,  ta’lim  texnologiyasi  va  pedagogik  innovatsiyalarga 

bunday  tizimli  yondashuv  Davlat  ta’lim  standartlarini  amalga  oshirishda  o‘z  samarasini 

ko‘rsatadi. 

O‘qituvchining  pedagogik  faoliyatini  olib  borishga  halaqit  beradigan  psixologik 

to‘siqlarni  umumlashtirib  yangilik  kiritishlarga  o‘qituvchilarning  ko‘proq  qarshilik  bildirishini 

keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur. 

1.  O‘zgarishning  maqsadi  o‘qituvchilarga  tushuntirilmagan  yashirin,  gapning  ikki 

ma’nosi  xavotir  va  noma’lumlikni  keltiradi.  Noma’lumdan  qo‘rquv  har  qaysi  yangi  usulga 

o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin. 

2.  O‘qituvchilar    yangilikni    kiritishda  rejalashtirish    va  ishlab  chiqarishda 

qatnashmaganlar. 

3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy  usuliga rioya qilish. 

4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari. 

5.  Ish  xajmining  ko‘payishi    rahbar  o‘qituvchilar  faoliyatida  o‘zgarishlarni 

rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.           

Yangilik  kirituvchi  tashabbuskor  odam  hurmat  va  ishonchga  ega  bo‘lmasa.  Afsus,  

ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past 

bo‘lsa,  pedagog  uning  qadrligiga  qaramay,  bu  odamga    ishonchsizligi  uning  g‘oyasiga  

o‘tkaziladi.  O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish  

mumkin.    Agar  ijodiy  faollik  asossiz  va  mavjud  qadriyatlarga  e’tiborini  qaratmasa,  demak  bu 

faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining bilim   berishi   va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi 

uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. M.V.Klarinning «Chet 

el  pedagogik  izlanishlarda  ta’limotning  pedagogik  modellari»  monografiyasida  yuqori  sinf 

o‘quvchilar bilan darslarni tashkillashtirish asosiga qo‘yilgan quyidagi masalalar taqdim etiladi: 

-ijodiy  yaratishlarda  ichki  to‘siqlarni  yo‘qotish.  O‘quvchilar  ijodiy  izlanishga  tayyor 

bo‘lsa,  ularga  o‘quvchilar  va  o‘qituvchilar  bilan  o‘zaro  munosabatlarda  o‘zida  ishonchni 

o‘rnatishga  yordam berish lozim. Ular qabul qilinadimi  yoki ular ustidan  kuladimi, lekin ushbu 

xavotirlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular xato qilishdan ko‘rqmasligi lozim; 

-ongsizlikda ishga e’tibor berish. Agar muammo diqqatning markazida joylashmasa ham 

miyaning  ongsiz  qismi  uning  ustida  ishlaydi.  Ayrim  g‘oyalar  bir  oyda  chiqib  qolsa  ham  ularni 

vaqtida  eslab  qolish  kerak  hamda  tushuntirib,  joylashtirib  qo‘yish  va  ulardan  maqsadli 

foydalanish lozim; 

-baholashdan  chetda  yurish.  Bu  ham  o‘quvchilarning  g‘oyalar  oqimini  kengaytirish, 

muammoning  ustidan  erkin  fikrlashiga  ko‘proq  vaqt  va  e’tibor  berishga  imkoniyat  beradi. 



 

24 


O‘quvchilarga  ijodiy  izlanish  va  yangi  tasavvur  bog‘lanishlarining  topilishi  uchun  metafora  va 

o‘xshatishlarni  ishlatilishiga  imkoniyat  berish  hisobiga  kengayadi.  O‘rta  va  oliy  maktablarda 

ixtirolar  bilan  ishlash,  obrazli  tafakkurga  chaqirish,  obrazlarning  yaratilishida  va  ularni 

anglashiga yo‘naltirishda spontallikning birlashuvini kiritadi;       

-aqliy  mashqlar  imkoniyatini  berish.  Boshqa  holatlarda  o‘rganish  uchun  o‘quvchilarga 

mashqlar beriladi, sababi-echimni topish holatida ular buni o‘zgacha his etadi, o‘zini yo‘qotishga 

yo‘l qo‘ymaslik; 

-tasavvurning  faolligini  qo‘llab-quvvatlash.  Bu  ijodiy  o‘ylashning  asosi  hisoblanadi. 

Tasavvurni,  hayolni  o‘z  joyiga  qo‘yish,  ularni  nazorat  qilish,  ichki  ozodalik,  tartib  yaratib 

bo‘linganidan so‘ng hamma gaplar mulohaza qilinadi; 

-o‘zlashtirishni  rivojlantirish,  sezish,  o‘zlashtirishni  kengaytirish  va  to‘ldirishlarni 

kuchaytirish.  

O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy  yo‘nalishlarini anglashga 

yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni 

kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  maslahatlar  erkin  muloqotda,  fikr-almashuvda,  ijodiy 

bahslashuvda  eksperimental  ish  jarayonida  bo‘lib  o‘tishi  mumkin.  Mashg‘ulotlarning  tashkil 

etuvchi  shart-o‘quvchilarni  ijodga  shaxsiy  kiritishi  ekan.  Shunday  ta’lim,  bilim,  idroklarni 

shaxsiyat  sohasining  shakllanishiga  kiritadi,  yuqori  sinf  o‘quvchilari  ochiq,  o‘zlashtirish  va 

boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi.  

Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: «Shuni ko‘rib o‘tish 

kerakki,  hozir  nimalarni  mulohaza  qilsa,  uni  hammasini  tushunarmikan..?  Nimaga  u  o‘z 

qarashiga  meni  ishontirmoqchi?».  Menimcha:  «ma’lumotlarim  yetarli  emas:  yetmagan  to‘la-

to‘kislarni  bilib  olsam,  yaxshi  bo‘ladi...  U  nohaq  deb  aytyapmanmi  yoki  ochiqchasiga  o‘z 

munosabatimni  bildiryapmanmi?  Bu  holda  men  ishonchliroq  tarzda  o‘z  fikrimni  o‘zgartirishim 

kerak».  O‘quvchilarda  ijodiy  fikrlashni  rivojlantiish  metodlarini  va  mazmunini  didaktik  izlash 

bilim  va  usullarni  shakllantirishga  olib  keldi.  Shunday  tadqiqiy  mo‘ljal  o‘quv  jarayoniga 

pedagogik  yondashuvni  o‘ziga  xos  tarzda  yo‘lga  qo‘yishni  taqozo  etadi.  Bu  esa  o‘z  o‘rnida 

ta’limning  maqsadi  yosh  o‘qituvchilarda  yangi  tajriba,  kasbiy  –  tadqiqiy  faoliyatda  yangi 

bilimlar  bilan  qurollanishni,  rolli  va  o‘xshatish  kabi  modellashlarni  o‘zlashtirish  imkoniyatini 

yaratadi. 

Bolalar  tomonidan  mazmunan  ma’lumotlarni  o‘zlashtirishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  aniq 

shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida  biz   muammolarni   tizimli   

yechim      asosida      ijobiy  izlanishning    tashkillashtirishni  bahslashuv  va  didaktik    o‘yinlarini 

ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor 



 

25 


qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni 

ajratsa bo‘ladi. 

Orientatsiya  –  o‘rnatiladigan  mavzuning  tasavvuri,  o‘xshatilishi  va  uning  qoidalar 

harakteristikasi,  o‘yin  mulohazalarining  bayoni,  o‘yin  o‘tkazishda  uning  sahnalashtirishi,  o‘yin 

mazmunining  detallarini  ishlab  chiqarish  katta  ahamiyatga  ega.  Sahna  –  bu  o‘yinning  tashkiliy 

va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.     

 


Download 272,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish