I-bob Axolini qisqa muddatlarda kasbga tayorlashda mexnat bozorini o‘rganish.
Mehnat bozori ehtiyojini o‘rganish uslublari.
Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko‘ruvchilar va ish beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to‘lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.
Umuman, mehnat bozori deganda, bozor iqtisodiѐtining umumiy kichik tizimi tushunilib, unda, bir tomondan – ish beruvchilar (ishlab chiqarish vositalarining egalari), ikkinchi tomondan – ѐllanma ishchilar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Bu o‘zaro munosabatlar natijasida ishchi kuchi taklifi va unga talabning hajmi, tuzilmasi va nisbati shakllanadi.
Mehnat bozorining tarkibiy qismlari quyidagilardir:
1. Mehnatga talab
2. Mehnat taklifi
3. Ishchi kuchi narxi
4. Ishchi kuchi qiymati
5. Raqobat.
Mehnatga talab – mehnat bozorida bor bo‘lgan ishchi kuchiga ijtimoiy ehtiѐjlarning umumiy hajmini aks ettiradi.
Mehnatning taklifi – ishchi kuchining soni va tarkibi (jins, ѐsh, ma’lumot, kasb, malaka va boshqalar) bilan ifodalanadigan umumiy miqdori.
Ishchi kuchi narxi – unga to‘lanadigan ish haqi. Ishchi kuchi qiymati – uni qayta tiklash uchun sarflanadigan ijtimoiy chiqimlar, ya’ni iste’mol qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklar hajmi bilan aniqlanadi.
Mehnat bozorining ishlashidagi asosiy mexanizm – serunum ishchi kuchi jalb qilishga intiluvchi ѐllovchilar bilan ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi bo‘sh ish joylarini egallashga intilaѐtgan ishchilar, shuningdek, mehnat bitimi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha ishchilar bilan ѐllovchilar o‘rtasidagi raqobat hisoblanadi.
Respublikamizda bozor islohotlari jarayonlarini avj oldirish hozirgi kunda mehnat bozori sub’ektlarining yangi mehnat tuzilmalariga bo‘lgan qiziqishlarini va yangi maqsadlari shakllanishi jarayonlari faol avj olishiga olib kelmoqda hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif shakllanishini yuzaga keltirmoqda. Bir vaqtning o‘zida mehnat bozori sub’ektlarining o‘zaro aloqalarini jamoa-shartnomaviy va normativ-huquqiy bazalarini doimiy rivojlantirish, mehnat bozori infratuzilmalarini kelgusida rivojlantirishni talab qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshirish samarasizdir. Shuning uchun ham mehnat bozori infratuzilmasidagi ish faoliyatini tashkil qilish asoslarini ilmiy asosda yoritish samarali mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini oshiradi. Mehnat bozorini to‘liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat ko‘rsatishining sifat ko‘rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Shunday qilib, mehnat bozori tovar bozorining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning farqlovchi xususiyati bu bozorda tovarning maxsus turi – ishchi kuchi yoki kishining mehnat qilish qobiliyati sotilishidir. Quyidagilar mehnat bozorining asosiy sub’ektlari hisoblanadi:
-ishlab chiqarish vositalarining egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi organlar (tadbirkorlar uyushmalari);
-ѐllanma ishchilar va ularning manfaatlarini aks ettiruvchi tashkilotlar (kasaba uyushmalari, xodimlar kengashlari);
-davlat (o‘zining turli tuzilmalari timsolida) ish beruvchilar bilan ѐllanma ishchilar o‘rtasidagi vositachilar sifatida.
Shunday qilib, mehnat bozorining asosiy sub’ektlari orasida davlatga – ѐllash munosabatlarining ishtirokchisi, ish beruvchilar bilan ѐllanma ishchilar o‘rtasidagi vositachi va bu sohada bozor munosabatlari ishining bosh tashkilotchisi sifatida muhim rol ajratilgan.
Bozor iqtisodiѐti sharoitida mehnat bozori bir qator ijobiy taraflarga ega:
-zamonaviy ehtiѐjlarga javob beradigan ishchi kuchini qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydi;
-ishchi kuchini tarmoqlar va hududlar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni ta’minlaydi;
-ish kuchining harakatchanligi (mobilligi)ni oshiradi;
-mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantiradi va boshqalar.
Mehnat bozorining ijobiy vazifalari uning ishlashi va ichki tuzilmasi bilan bog‘liq ichki mexanizmlar ta’siri vositasida amalga oshiriladi.
Mehnat bozori dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagilardir:
-demografik, u aholining soni, undagi iqtisodiy faol aholining salmog‘i, uning harakatchanligi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
-ijtimoiy, uning tarkibiga turmush darajasi, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanganlik darajasi va boshqalar kiritiladi.
-tashkiliy-huquqiy – u davlat muassasalarining mehnat va aholi bandligini tashkil etishdagi rolini, mehnat sohasi va tadbirkorlikning xuquqiy bazasi ishlab chiqilganligi hamda uning sifatini va boshqalarni ifodalaydi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, turli yo‘nalishlarda ixtisoslashgan mehnat birjalarining shakllanishi va rivojlanishi oqilona ish bilan bandlikni ta’minlashning muhim asosi hisoblanadi.
Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb hisoblandi: ish bilan bandlik xizmati qoshida hududiy axborot tizimini yaratish (18%), axborot almashtirishning qulay shart-sharoitlarini vujudga keltirish (5,5%), bo‘sh ish joylari yagona axborotlar bankini yaratish (18,5%), rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish (23,5%), ish bilan bandlik xizmati rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish (18,5%), rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish (14%) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |