Y Yosemit sharsharasi – Yosemiti – Krik daryosidagi sharsharalar kaskadi. Yosemit milliy parki hududida. Umumiy balandligi – 727 m. Apper- Yosemit sharsharasining balandligi – 430 m ga teng. To’lin suv davri tog’lardagi suv erigangan mavsum baxor va yoz boshlariga to’g’ri keladi.
Z Zambiya – Afrikaning janubidagi daryo. Uzunligi 2660 km havzasining maydoni 1330 km kv ga teng. Zambiya hududidagi lunda plotosidan, 1100 m balandlikdan boshlanadi. Asosiy irmoqlari – Kafue, Lungva, Shire kabilardan iborat. Zambiyning gidroenrgiya resurslari nixoyatda katta. Zambiya va irmoqlaridan asosan boliq ovlanadi. Zambiya havzasini birinchi marta ingliz sayyoxi D. Livingston 1851-1856-yillar va 1858-1862 yillarda tadqiq qilgan.
Zang Kanali –Surxondaryo viloyatidagi sug’orish kanali. Uzunligi – 96 kmga teng. Kanal Arpopoya qishlog’i yaqinida Surxondaryodan suv oladi. Zang kanali qadimgi kanallardan biri, bir necha marta qayta tiklangan. Xozirgi Zang kanali deyarli qadimgi kanal o’rnida 1912 – yilda qayta qazilgan. 1972 – yilda Amu-Zang kanali qurilgach, Zang kanali Amudaryodan suv ola boshladi. Kanalning 40 kmga yaqin qismiga beton yotqizilgan. Sug’orish mavsumidan boshqa davrda kanal suvi Uchqizil suv omboriga beradi.
Zilzila – Yer qimirlashi yer po’stida yoki mantiyaning yuqori qismida to’satdan siljish yoki o’pirilish ro’y berishi oqibatida vujudga keladigan va to’lqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti siljishlari va tebranishlari. Sabablariga ko’ra tektonik, vulqonik va o’pirilish zilzilalariga bo’linadi. Yer po’sti yoki yuqori mantiya qatlamida Zilzila paydo bo’lgan ma’lum bir hajm Zilzila o’chog’i uning markazi deb xisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Zilzilalar tufayli yer yuzasidagi silkinishlar ballarda o’lchanadi. Zilzila sodir bo’lganda uning o’chog’idan bo’ylama va kondalang seysmik to’lqinlar tarqaladi.
Zovur – Yer osti va sizot suvlar satxini pasaytirish, to’qayzor va zax yerlarni quritish maqsadida zax suvlarni chiqarib tashlash ucun qazilgan ariq yoki kanal. O’rta Osiyo dehqonchiligida Zovur miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklarda qurila boshlagan. Zovur chuqurligi asosan, sizot suvlarning satxiga qarab 1-3 m va undan ortiq bo’lishi mumkin. Zovurlar to’plangan suv kollektorlar orqali maxsus suv yig’ish joylariga tushib ketadi. Odatda Zovurni loyqa, o’t bosadi, yon devorlari o’piriladi.