Tabiat kompleksi- Tabiatning o’zaro ta’sir etib va sistema xosil qilib turuvchi komponentlari, ya’ni rel’ef, iqlim, yer osti va yer usti suvlari, tuproq, o’simlik, xayvonot dunyosining qonuniy uyg’unligidir.
Tabiiy muxit – Inson va boshqa tirik organizmlarni o’rab olgan hamda ularga ta’sir ko’rsatib turuvchi butun jonli va jonsiz tabiat. Tabiiy muxit tabiiy bo’linish ham, inson xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgargan bo’lishi ham mumkin.
Tayfun – (xitoych tay fin – katta shamol)- Uzoq Sharqda tropik quyunlarda ro’y beradigan dovullr. Shamol tezligi soatiga 30-50 km ga ba’zan 100 km gacha yetadi. Tinch okean, Janubiy Xitoy dengizi va Filippin orollari ustida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |