Janubiy Sandvich orollari– Atlantika okeaning janubiy qismidagi vulqon orollari, Antraktikada. 8 ta yirikva birnecha mayday orol va qoyalardan iborat. Umumiy maydoni 300 km kv ga teng. Yer yuzasi tog’lik, vulqon jinslardan tuzilgan, qor va muz bilan qoplangan. So’nmagan vulqonlar bor. Qirg’oq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi.Doimiy axolisi yo’q. 1775-yilda ingliz dengiz sayyoxi J. Kuk espeditsiyasi kashf qilgan.
Janubiy uchburchak – Osmonning Janubiy yarim sharidagi kichik yulduzlar turkimi. Jannat Qushi va Qurbongox yulduz tukumlari orasida joylashgan.Eng yorug’ yulduzlari 2-3 kattalikda. O’zbekiston hududida ko’rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |