Pergey – (yunoncha peri- yaqini, yoni va ge – Yer)- Oy va Yer suniy yo’ldoshlari orbitasining Yerga yaqin nuqtasi.
Plato – Yer yuzasi yassi yoki sal to’lqinlangan, ba’zan biroz parchalangan baland tekislik. Yonbag’irlari ko’pincha tik bo’ladi. Atrofdagi tekislik yerlardan tik jarliklar xosil qilib ko’tarilib turadi.
Platforma – (fransuzcha plat-yassi, forme-shakl)- Yer po’stining nisbatan barqaror, tektonik xarakatlarga kam beriladigan yirik, barqaror bo’laklari Platforma. Yer tarixining qadimiy eralaridagi geosinklinallarda, burmalanishlar ro’y berib, so’ngra tektonik xarakatlarning zaiflashishi natijasida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |