Talim vazirligi



Download 22,96 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi22,96 Kb.
#85475
1   2   3
Bog'liq
2 5334661320811742767

ZARDUSHTIYLIK TA’LIMOTI

Bu dinning ta’limotiga ko’ra, xudo Axuramazda «Oliy ibtido»dir. U hamma mavjudotni yaratuvchi va boshqaruvchi Oliy ruh. Uning na xotini, na farzand-lari bor. Axuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchisi bo’lgan. Bular — Vohu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani boshqargan; Asha Vahishta (yuksak haqiqat) olovni boshqargan; Xshatra Varьya (munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni boshqargan; Siyenta Armati (muqaddas itoat) erni boshqargan; Xarvatat (salomat-lik) suvlarni boshqargan; Amyeryetat (mangulik) o’simliklar dunyosini boshqargan.

Axuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi — ezgulik va yovuzlik haqida vahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan bu kuchlar har doim birgalikda mavjud bo’lib, ular hayot va o’lim, osmon va jahannam ma’nolarini anglatadi. Jahannam hayotning eng yomon onlaridir. Osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Borliqdagi yovuzlik va nomukammallik narsalar va hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa, istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilar bu jarayonda faollik kursatishga da’vat etiladi. Ular Axuramazda yuborgan qonunlar, tartibotlar, o’git-nasihatlarga amal qilsalar, ezgulik, yovuzlik ustidan tantana qilib boraveradi.

Olam qarama-qarshilik kurashi asosida qurilgan. Bu hol jismoniy narsalarda yorug’lik va zulmat; tirik tabiatda hayot va o’lim; ma’naviy olamda ezgulik va yovuzlik; ijtimoiy hayotda esa adolatli qonunlar

bilan qonunsizliklar o’rtasidagi kurashlarda o’z ifodasini topgan,

Din ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashga asoslanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo’lgan Axriman esa unga qarshi kurashib odamlarni yomon ishlarga boshlayveradi.

Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurashda oraliq yo’l yo’q, shuning uchun har bir odam bu kurashning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shuning uchun dindorlikda iymon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi, u odamlarga ezgulikni yovuzlikdan farqlash imkonini beradi. Iymon-e’tiqodli odam albatta ezgulik tarafida turadi.

Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga — fikrlar sofligaga; so’zning sobitligiga; amaldorlarning insoniyligiga asoslanadi.

Odamlar o’z istaklarida xolis bo’lishlari; bir-birlari bilan murosa qilib yashashlari; qonunsiz ishlardan uzlarini tiyishlari lozim.

Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalariga qat’iy rioya qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish kabilar iymonlilik alomatlaridir.

Zardushtiylik ta’limotida tuproq, suv, havo va olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohdir. SHuning uchun ham marhumlar erni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasin deb, ularning jasadlari maxsus idishlarda ko’milgan.

yerga yaxshi. soglom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q. Ekin ekish yerdagi yovuzliklarga barham berish, demakdir.

Zardushtiylik ta’limoticha, bu borliq, dunyo odam uchun sinov maydonidir.

Zardushtiylik ta’limotida Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. U Iyim nomi bilan atalgan bu dinda. Insoniyat Iyim podsho bo’lgan davrlarda baxt-saodat makonida kasallik va o’lim ko’rmay yashagan. Iyim odamlarni, hayvon va qushlarni parvarishlagan, Yer yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytirgan va 900 yil umr kurgan. Axuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qilgan. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani erga suqib, xudodan uni

kengaytirishni suragan va bunga erishgan. Axuramazda Iyimga muzlik davri kelayotganining xabarini bergan va bu ofatning oldini olishni aytgan. Iyim maxsus uy qurib, hamma hayvon va usimliklarning eng yaxshi: zoti hamda navidan bir juftdan saqlab qolgan.

Iyim qanchalik jasorat ko’rsatmasin, u o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho beradi, mag’rurlanib ketadi: va xudo man etgan ne’mat — qoramol go’shtini yeb quyadi. Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir.

Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman yengiladi.

Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi.



Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar.Yaxshilar yana o’z tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har ming yilda qaytib turadilar.
Bugungi kunda Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi aholi Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida, shuningdek, kam sonli bo’lsada Eronda yashaydi. 
Download 22,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish