4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy kartasi
Hozirgi vaqtda jahonda ko‘plab GISlar ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GISlarni uchta yirik guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega bo‘lgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga o‘rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bunday toifali GISlarning yorqin vakillari - INTERGRAPH, PROGIS va ESRI hisoblanadi. Bu tizimlar (GEOMEDIA, MGE, ArcInfo va h.k.) universal bo‘lib, ulardan turli sohalarda samarali foydlanish imkoni bor.
Ikkinchi guruhga shaxsiy uy kompyuterlariga o‘rnatilgan GISlarni kiritish mumkin, ular yuqorida keltirilgan tizimlarga qaraganda biroz kamroq imkoniyatlarga ega bo‘lsada, birinchi navbatda ilmiy va amaliy-boshqarish masalalarini echishga mo‘ljallangan. Bu tizimlarda tasvirning sifatiga, ishlanayotgan ma’lumotlar hajmiga, ma’lumotlar muhofazasiga va ularni saqlashga qatiy talablar qo‘yilmaydi. Bu tizimlar ko‘pchilik korxonalarda, tashkilotlarda va istalgan kichik ofislarda ishlatilishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy vakillaridan MapInfo, AtlasGIS, ArcView va boshqalarni misol keltirsa bo‘ladi.
Bu toifali tizimlarda yirik GISlarning (INTERGRAPH va boshqalar) foydalanuvchiga mos keladigan versiyasi ishlatiladi. Boshida bu yirik tizimlar quvvatli grafikli stansiyalar uchun yaratilgan, ularni kamroq quvvatli, xotirasi cheklangan va ishlash tezligi past shaxsiy kompyuterlarga o‘tkazish nazarda tutilmagan. Shunga qaramasdan bunday dasturlar shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilmoqda. Albatta, dasturning ishlash tezligi sekin, tasvir sifati yaxshi emas, boshqa zarur imkoniyatlari ham yo‘q. Lekin bu dasturlarda ishonchli bir yutuq bor - u ham bo‘lsa, ishchi stansiyalardagidek o‘xshash versiyalari bilan mos kelishligini ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidir.
Uchinchi guruhga shaxsiy uy va ma’lumotnomali maqsadlarda foydalaniladigan GIS tizimlari kiritiladi. Bunday GISlar ―yopiqǁ xususiyatga ega bo‘lib, foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarga yoki tizimga katta o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l berilmaydi, yoki kam o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beriladi. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni taxrir qilish yoki yangi yozuvlarni kiritish mumkin emas. Bu GISlar ancha arzon bo‘lib, shaxsiy kompyuterlardan juda kam imkoniyatlarni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «XXI asr shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intelektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir».Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o‘sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlanishi komp’yuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini komp’yuterlashtirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida bugungi kunda g‘oyatda tezkorlik bilan o‘sib borayotgan “Axborotli jamiyat” nazariyasini maydonga keltirdi.
Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir – biriga bog‘lab qo‘ydi. AQSh mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir mamlakatda paydo bo‘lgan g‘oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini ta’minlamoqda.
Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no – mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhim, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lishiga erishish ta’lim – tarbiya va ma’naviy – ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi darkor.
Hozirgi vaqtda axborot shu qadar ko‘pki, uni an’anaviy usullar yordamida tezkor tahlil qilishning iloji yo‘q. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida axborot tizimlarining yangi ko‘rinishlari vujudga keladi. XXI asr Axborotlashtirish asri deb nom oldi ya’ni inson hayotida foydalaniladigan barcha sohalarni kompyuterlashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Misol qilib: boshqarish, o‘qitish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va bir qancha boshqa sohalarni olishimiz mumkin. Xozirgi kunda barcha sohalarda keng qo‘llanayotgan va eng gurkirab kelayotgan tizimlardan biri Geografik Axborot Tizimlaridir ya’ni qisqa qilib aytganda GAT. Geografik axborot tizimi (GAT) -- bu mavjud olamning ob’ektlarini, hamda sayyoramizda ro‘y berayotgan hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak bo‘ladigan zamonaviy kompyuter texnologayalaridir. Bu texnologiya ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning an’anaviy usullari (so‘rov va statistik tahlil) va xarita yordamida olinadigan ma’lumotlarni (har tomonlama ko‘rish va geografik (fazoviy) tahlil) umumlashtiradi. Bu GAT ni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va uni ko‘p masalalarda qo‘llanishiga yordam beradi. Bu texnologiya insoniyat faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llashmoqda. Bunga odamlarning ko‘payishi, erlarning ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarning tahlili, hamda punktlar orasidaga eng qulay marshrutni topish, yangi ofisning optimal joylashishini tanlab olish, uyni uning adresi bo‘yicha qidirish, joyda quvurlarni o‘tkazish, har xil hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni yechish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |