Inqirozlarning mazmuni mohiyati
Inqiroz tushunchasi ko'p daraja va talqinlarga ega.
"Inqiroz" iborasi yunoncha "krizis" so'zidan olingan bo'lib,
"har qanday masala yoki shubhali vaziyatda hukm, qaror"
degan ma'noni anglatadi. Bundan tashqari, "chiqish, nizoni
hal qilish (masalan, harbiy)" degan ma'noni anglatishi
mumkin. Ammo so'zning zamonaviy ma'nosi ko'pincha
Gippokrat va shifokorlar tomonidan qo'llaniladi: inqiroz esa
kasallikning rivojlanishidagi hal qiluvchi bosqichni
anglatadi. Shu ma'noda, kasallik kuchayib yoki boshqa
kasallikka o'tgan yoki hatto o'lim bilan yakunlangan
"inqiroz" haqida gapiramiz. Misol uchun, Koselleck
tomonidan qisqacha formula berilgan: inqiroz - bu "o'lim
yoki hayot hal bo'ladigan zo'rg'a o'lchanadigan burilish
nuqtasi". XVII-XVIII asrlarda inqiroz tushunchasi jamiyatda
kechayotgan harbiy, siyosiy inqirozlar kabi jarayonlarga
nisbatan qo‘llanila boshlandi, ayni paytda inqirozning
tibbiyotdan olingan deyarli o‘zgarmagan ma’nosi qo‘llanila
boshlandi. Va nihoyat, o'n to'qqizinchi asrda ma'no iqtisodga
o'tdi. "Klassik"
iqtisodiy tushunchao'sha paytda shakllangan
inqiroz kapitalistik iqtisodiy tizimda tebranishlar va salbiy
hodisalar,
to'siqlar bilan tavsiflangan istalmagan va
dramatik bosqichni anglatadi. Shu ma'noda inqiroz
tushunchasi iqtisodiyotni rivojlantirishda kon'yuktura
nazariyalari sxemasida uzoq vaqtdan beri mustahkam o'rin
egallagan. Shunday qilib, Spiethoffning tsiklik sxemasi
bosqichlarni o'z ichiga oladi: turg'unlik - birinchi ko'tarilish -
ikkinchi yuksalish - cho'qqi - kapital etishmasligi - inqiroz.
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz
hisoblanadi. Shunga ko’ra ushbu fazaning mazmuni va
uning turlarini batafsil ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga
asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha
jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida
namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi,
ammo narxlar pasayish tamoyiliga b
е
rilmaydi. Bu fazaning
quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o’zining eng past
darajasiga tushib k
е
tishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra,
iqtisodiy inqiroz d
е
b ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
hajmining k
е
skin tushib k
е
tishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab
chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qobil talabga mos
k
е
lmay (undan oshib k
е
tadi yoki kam bo’ladi) qoladi.
Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi,
tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning
o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.
Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining
asossiz ravishda k
е
skin ko’tarilishi sababli orqaga k
е
tadi.
Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish
bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin b
е
radi,
ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga
ishsizlik ham k
е
skin o’sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy
o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham
inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi.
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi
b
е
qarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab
chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi
nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va
iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda
namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish bilan ist
е
’mol, talab va taklif o’rtasidagi
vaqti-vaqti bilan yuzaga k
е
lib turadigan nomutanosibliklar
ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini
saqlaydi.
Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari
Har
qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham
iqtisodiy jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U
milliy daromadlarni yo
ʻ
qorilishi natijasida iqtisodiy va
moliyaviy mexanizm funksiyalarini samarali amal qilishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning
pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib. unda
inqirozlar ichkiva yoki boshqa tizimlar ta'sirida yuzaga
kelishi mumkin.
Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar
tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama
qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan
omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan
vahima (panika) qilish natijasida pul mab lag
ʻ
lari
(omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali
banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta'sir
etishi bilan bog'liqdir.
Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlarning bunday
harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta'sir etadi.
Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar
aktivlarni sotishga majbur bo
ʻ
ladi. Agarda mavjud siyosatni
o'zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular
tizimli hamda tashqi omillar ta'siri ostiga ham tushib qolishi
ehtimoldan holi emas. Bank inqirozlari xususidagi keyingi
qarashlar banklarning to'lov qobiliyatiga ega bo'lmaslik
holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi
yo'qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq
muddat davomida yo'qotishlarning mavjud bo'lishi, odatda
noho'sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat
siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog'liqdir.
Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot
tamoyillaridagi o'zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy
mahsuli ekanligiga asoslanadi.
Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib
chiqishi
nobarqaror
makroiqtisodiy
siyosat,
global
moliyaviy shart sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash
mexanizmiga oid muam molarga bog
ʻ
liq. Haddan ortiq pul-
kredit ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit
inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko'p jalb qilish va real
aktivlarga investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari
sifatining pasayishiga olib keladi. Amerikalik iqtisodchi
olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank
inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit
inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog'liq pufak
(ko'pik)larning vujudga kelishini ko'rsatib o'tadilar." Bu kabi
makroiqtisodiy tang likni iqtisodiyoti rivojlanayotgan
mamlakatlarda
kuzatish
mumkin.
Iqtisodiyoti
rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan
qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb qilish orqali
valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz
stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining
o'zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga
keltiradi.Misol uchun, 1980 yillarda G'arb mamlakatlari
banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o'sishni
ta'minlash va joriy operatsiyalar bo'yicha defitsitni qoplash
maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollarida)ni
ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy mablag'larning oqib kelishi
qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin
oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlarning defolt
holatiga kelishiga sabab bo'ldi. Natijada mazkur inqiroz 800
mlrd. AQSh dollaridagi umumiy qarz mablag'larining 250
mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi.Bank
inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali
yaqqolroq yoritib o'tishga harakat qilamiz.
Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida
kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta'minoti
bo'yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi.
Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi
natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog'liq
qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya,
80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank
inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |