Та’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida udk: baydillayev sanjar abdumumin o’G’LI


III BOB. INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISH TAKOMILLASH-TIRISH MASALALARI



Download 1,1 Mb.
bet18/23
Sana13.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#660625
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH (3)

III BOB. INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISH TAKOMILLASH-TIRISH MASALALARI
3.1. Investitsion risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi tasdiqlashicha, investitsiya risklarini samarali boshqarish investitsiya loyihalarida risk darajasini pasaytirishning muhim omili hisoblanadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyiloyihaviy moliyalashtirish – moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakillaridandir.Bunda loyiha risklarini uning ishtirokchilari o‘rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo‘lishini ko‘zda tutish zarur.Loyihaviy moliyalashtirishda yuqori darajali risklarning bo‘lishini hisobga olgan holda kreditorlar risklarini samarali boshqarishni taminlashga harakat qiladi. Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar va risklar bilan bog’liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq malumotlarga ega bo‘lishlari lozim.Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
Ayni vaqtda bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda loyihaviy moliyalashtirish mexanizmining samarali ishlamasligiga bu mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy omillarining tasiri yaqqol seziladi. Inflyatsiya darajasining yuqoriligi, korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik darajasining pastligi, banklarning resurs bazasining еtarlicha mustahkam emasligi loyihalarni moliyalashtirishga salbiy tasir etuvchi umumiy sabablardandir.
Mustaqil respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos ravishda asta-sekin rivojlanmoqda.Tijorat banklarining resurs bazasining еtarlicha mustahkam emasligi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatini cheklaydi.Mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi ham loyiha risklarini oshiradi. Shuningdek, respublikamizda horijiy sarmoyalarini keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish zarur. Loyihalarni moliyalashtirishda risk turlarini aniqlash, tahlil qilish, ularni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash hamda risklarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish loyiha samaradorligiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.Xar bir muvaffaqiyatli amalga oshgan loyiha esa respublika iqtisodiyotining tarraqiyotiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Shuni hisobga olgan holda, investitsiya risklarini boshqarishning mazmuni, mohiyati, boshqarishdagi vazifalar, risklarni pasaytirish yo‘llarini hamda usullarini bilish har bir loyiha qatnashchilari va investorlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni boshqarish – bu risk va foyda miqdorini oqilona qo‘shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir, deb tarif beriladi. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi esa ularni pasaytirish hisoblanadi.
Loyiha risklarini boshqarishning u yoki bu turdagi vositalarning, mexanizmlarning qo‘llanishini amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari risklarining aniq turlariva ularni keltirib chiqaruvchi omillar qo‘llamiga, shuningdek, ularning loyihani amlga oshirish natijalariga tasiriga bog’liqdir. Risklar barcha loyihalar uchun umumiy bo‘lgani kabi xar bir investitsiya loyihasining o‘ziga xos hususiyatlariga, muayyan tasniflariga qarab maxsus risklar ham bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda risklarni tahlil etish, ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqishda kuchli va tajribali mutaxasislarning malakali bilimiga tayaniladi. Bunda loyiha risklarini boshqarish bir martalik yoki bitta jarayondan iborat bo‘lmasdan, balki u bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonlar investitsiya loyihasini pasaytirish yoki bartaraf etishgina emas, balki loyihaning ijobiy natijalarini taminlash yoki oshirishga ham bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga olinuvchi risklarni tahlil qilish va loyihani ishlab chiqish hamda oshirish jarayonlaridagi boshqaruv tizimining bosqichlari quyidagicha ifodalanadi:
-risklarni boshqarishni rejalashtirish;
-risklarni tasniflash;
-risklarni sifatini baholash;
-risklarni miqdorini baholash;
-risklarni rejalashtirish va ularni hal etish uslublarini tanlash;
-risklarning monitoringini olib borish.
Loyiha risklarini boshqarishning yuqoridagi barcha bosqichlari bir-biri bilan o‘zaro bog’liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi.
Shuni etiborga olish lozimki, investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda ularning tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi.
Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi (moddiy resurslarga bo‘lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o‘sish va kelgusi mahsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o‘zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiy omillar va boshqalar) va ichki omillarni (loyihalashtirilayotgan obyektning qurilish grafigi, joriy va ekspluatatsion harajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zlashtirilishi va boshqalar) inobatga olish lozim bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar tasirini yo‘qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo‘llardan foydalaniladi.
1.Riskdan qochish – risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o‘z kaptalini riskli tadbirlarga yonaltirilyotganda, risklardan ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun mablag’i bo‘lishi kerak.
3. Riskni uzatish (sug’urtalash) – investor risk hafini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi.Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi.Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushurish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin.Ko‘p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladilar.
4. Riskni pasaytirish – ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun zaxira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim.Bu esa zaxira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish