“Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u-bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”, Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Amir Temuming “Temur tuzuklari”, Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kabi nodir asarlari muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Turli sulolalar tarixini yoritishga bag‘ishlangan Shahobiddin an-Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi”. Nizomiddin Shomiyning “Zafamoma”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarlari qimmatli manba hisoblanadi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq shunoslik institutidagi qo’lyozmalar xazinalaridan muhimi hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ortiq qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Ana shu qo‘lyozma hujjatlar milliy tariximizni yanada to‘laroq ochishga ko‘maklashishi, tariximiz sahifalaridagi oq - qora dog‘larni barham topishiga yordamlashadi.
Hozirgi kunda tariximizni o‘rganishda mustaqillik davrida tarixchi, etnograf olimlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “Har bir fuqoroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachigidek asrab- avaylashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekaningni anglashga undaydi”.
Vatanimiz tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berib qolmasdan balki ulami vatanparvar, insonparvar, ma’naviy jihatdan komil inson bo’lib yetishishlarida dastur-amal hisoblanadi. Vatanimizni keyingi avlodlarga yanada obod, qudratli, har tomonlama rivojlangan holatda yetkazish davrimizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etish yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liqdir. Bu xususda Prezidentimiz I.A. Karimov “Biron bir jamiyat, ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur qilib bo‘lmaydi” deydi.
“ Tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurushi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson”. Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, avlodlari hayotini o‘rganish orqali shakllanadi.
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urush, xar-xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonlarni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi deb uqtiradi I. A. Karimov.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixini o‘qitish barcha o‘quv maskanlarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |