O’zbekiston Respublikasining Arxivlar to’g’risida
gi Qonuni – Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 15 aprelda qabul
qilingan va respublika arzivlari faoliyatining huquqiy
asoslarini belgilab beruvchi yuridik hujjat
O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Bosh arxiv
boshqarmasi (BAB) – respublika hududidagi barcha davlat va idoraviy
arxivlar faoliyatiga rahbarlik qiluvchi boshqaruv
organi
Arxiv hujjatlarini
doimiy saqlash – hujjatlarni arxivda, muzeyda, kutubxonada
cheklanmagan muddatlarda saqlash
Arxiv hujjatlarini
vaqtincha saqlash – hujjatlarni arxivda qonun yoki nizomlarda
belgilangan muddat davomida saqlash
Davlat arxivlari - O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan
va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan markaziy
va viloyat arxivlari va ularning filallari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat
arxivi va Toshkent shahar arxivlari
Do'stlaringiz bilan baham: |