Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur
qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratishga yo‘l qo‘ymaslik;
alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so‘ng choraklar (oylar) kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi byudjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga (oylarga) bo‘lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.
8.7.-jadval.
UMUMIY SMETALAR TASDIQLANGANDAN SO‘NG MARKAZLASHGAN BUXGALTERIYALAR BU SMETALAR BO‘YICHA MOLIYALASHTIRILADIGAN TASHKILOTLARGA QUYIDAGILARNI XABAR QILADILAR:
shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg‘i miqdori, elektroenergiya va suv bo‘yicha natural ko‘rsatkichlar;
byudjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va shakllari ro‘yxati.
8.8.-jadval.
SHTATLAR JADVALIGA KIRITILADIGAN LAVOZIMLAR NOMLARI VA MA’MURIY-BOSHQARUV, O‘QUV-YORDAMCHI VA YORDAMCHI (XIZMAT KO‘RSATUVCHI VA TEXNIK) XODIMLARINING SONI, XODIMLAR VA MEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA ULARNING RAZRYADLARI (BAZAVIY STAVKALARI) QUYIDAGILARGA MUVOFIQ BO‘LISHI SHART:
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;
hodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvallariga;
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.