olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan
tuzilgan, ta ’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy
kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib, 1 m /s — xalqaro birliklar
tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 k g m /s2 kuch birligini olishimiz
mumkin.
Xalqaro birliklar tizimi. 1960-yili o ‘lchov va og‘irliklarning
XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan,
mamlakatimizda bu tizim SI (SI — Systeme international) xalqaro
tizimi deb yuritiladi. Keyingi bosh konferensiyalarda SI tizimiga
bir qator o ‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga
qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 2.1- va
2.2-jadvallarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |