O ‘zbekiston Respublikasi O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizi-
mining huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining metrologiya
sohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat.
1993-yil 28-dekabrda O ‘zbekiston Respublikasining 1004-XII-
sonli «Metrologiya to ‘g ‘risida»gi Qonuni (keyinchalik — Qonun)
qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonda o ‘lchashlar birli
ligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)ning qonuniy asosi yaratildi.
Qonun 5 ta bo‘lim, 21 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunning
bo‘limlari quyidagicha nomlanadi:
I bo‘lim. Umumiy qoidalar;
II bo‘lim. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash;
III bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari;
IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;
V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |