vositalari, o ‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik
ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikat
lashtirish, sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida
yetarli va zarur ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lib, yuqori sifatli
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim o ‘rin egallaydi.
Shuning uchun ham ushbu fan bo‘yicha darslik mohiyatan
hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi
rivojlanish va o ‘zgarishlarni hisobga olgan holda yaratildi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani uzoq
tarixga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan
iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy va uzluksiz
ravishda rivojlanuvchi fanlar turkumiga kiradi.
O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy-ma’rifiy meros-
Do'stlaringiz bilan baham: |