vaqt rejimida ulardagi ma’lumotlarni qo‘llab-quwatlash lozimdir. Bunday ma’lumotlarni sifatli sinflashda kompyuter texnologiya- larini qo‘llash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish optimallashtiriladi hamda shu rejimda vaqtni qisqartirgan holda ma’lumotlar qayta ishlanadi. Tasniflashtirish (sinflashtirish) usullari to ‘plam va to ‘plamosti- larga b o lish usuli bilan aloqadorligi darajasi muhim ahamiyatga ega. Obyektlarni sinflashning ikkita asosiy: iyerarxik va fasetli usuh mavjud. Iyerarxik usul bo‘yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshiriladi: — obyektning birlamchi to ‘plamini aniqlash; — sinflashtirish obyektining asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash; — alomatlarning ketma-ketligi tartibini tanlash — ularning miqdori va bolinish darajasi.