o ‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa,
ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘-
yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan,
standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga
vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari
ishtirokida kelishuv majlisini o ‘tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida mod-
dalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, majlis bayonno-
masida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha alohida
fikrga ega, deb ko‘rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining
oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar reja-
sining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish
Do'stlaringiz bilan baham: |