O ‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko‘ra
aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
O ‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir
necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan
tanishib chiqamiz (2.1-rasm).
Bevosita o ‘lchash — o ‘lchanayotgan kattalikning qiymatini
bevosita tajriba ma’lumotlaridan topish. Masalan, oddiy simobli
termometrda yoki chizg‘ich yordamida o ‘lchash:
u = s • x,
(2.9)
bunda: u - muayyan birlikda ifodalanayotgan o ‘lchanayotgan katta
likning qiymati; s - shkalaning bo‘lim qiymati; x - shkaladan
olingan qaydnoma.
Bilvosita o‘lchash — bevosita o ‘lchangan kattaliklar bilan o ‘lcha-
nayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katta
Do'stlaringiz bilan baham: |