va uning faoliyatini tashkil etish to ‘g ‘risida»gi qarorida «O‘zstan-
dart» agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va
huquqlari belgilangan.
2.2. Metrologiya sohasi bo‘yicha asosiy atamalar va
ta’riflar
Metrologik m e’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo
ahamiyatini hisobga olgan holda o ‘zaro tushunish va harakatlarni
kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan
tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to ‘g‘risida»gi Qo-
nunida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atamalarning izohi
berilgan.
Metrologiya — o ‘lchashlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka eri-
shish usullari to‘g ‘risidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |