tashkil topgan oliy ta’lim tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari (muta-
xassisliklar) bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarining mazmuniga talab-
lar, talabalarning tayyorlik darajalariga talablar va bitiruvchilarga
malakaviy talablar, o ‘quv yuklamasining hajmiga talablar, kadrlarni
tayyorlash sifatini baholash tartibi va oliy ta’lim muassasalarining
faoliyatini baholash tartibi keltirilgan. Standart xos m e’yoriy hujjat-
larni tuzishda asos bo‘ladi.
Standart oliy ta’limni oliy o ‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan, uzluksiz ta’limning
mustaqil turi deb belgilaydi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga ajratilgan: bakalavriat va magistratura.
Bakalavr va magistr akademik darajalari oliy ta’limning tegishli
darajasi dasturini muvaffaqiyatli o ‘zlashtirgan talabalarga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |