Sertifikatlashtirish deganda, talab etilgan ishonchlilik bilan
mahsulotning muayyan standart yoki texnikaviy hujjatga muvofiq
ligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
«Sertifikatlashtirish» tushunchasi birinchi marta Xalqaro stan
dartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari
bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tom onidan ishlab chiqilib, uning
«Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining
akkreditatsiyalash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoida-
lari» qo‘llanmasiga kiritilgan.
153
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan
barcha talablarga rioya qilishni o ‘z tarkibiga oladi. Bunda muvo-
fiqlikning uchta ko‘rinishi — muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni
attestatsiyalash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |