chiqarilishi shart ekan.
O‘zaro almashuvchanlik quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— to ‘liq o ‘zaro almashuvchanlik;
— cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik;
— tashqi o ‘zaro almashuvchanlik;
— ichki o ‘zaro almashuvchanlik.
To‘liq o ‘zaro almashuvchanlik — qo‘shimcha ishlovsiz, sozlash
yoki moslashsiz va tanlovsiz buyum yoki qurilmalarni yig‘ish imko-
nini beradigan aniqlikdagi parametrlarni olish va ta’minlashdir.
O‘zaro almashuvchanlikning ushbu turida buyumni yig‘ish va
ta’mirlash va uni avtomatlashtirish ancha osonlashadi, u bilan
bog‘liq sarf-xarajatlar esa kamayadi.
Cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik usuli yig‘ish paytida detal-
larni guruhlab tanlash (selektiv yig‘ish), kompensatorlarning ishla-
tilishi, holatni sozlash, moslash kabi tadbirlar yo‘l qo‘yilishi bilan
tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |