o ‘lchamlari va massalari, vaqt va hokazolarni bu jarayonlarning
yuzaga kelish sabablari, manbalarini bilmasdan, o ‘zining sezgisi
va tajribasi asosida o ‘lchay boshlagan.
Eng qadimgi o ‘lchash birliklari antropometrik, ya’ni inson-
ning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan
holda kelib chiqqan o ‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan:
ladon — qo‘ldagi bosh barmoq hisobga olinmagan holda qolgan
to ‘rtta barmoqning kengligi; fut — oyoq tagining uzunligi; pyad —
yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa; qarich,
quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar o ‘ta bizga yetib kelgan ba’zi o ‘lchov birliklari hozirda
ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda «loviya doni»,
«no‘xatcha» ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |