namunaviy o ‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o ‘l- chov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. O ‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘ri- nishli shaklda o ‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga m o‘l- jallangan o ‘lchash vositasiga aytiladi. O ‘lchash asboblarini turli xil alomatlari: o ‘zgartirish xususiyati; chiqish axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o ‘l- chanayotgan kattalikning turi; qo‘llanilish sharoiti va boshqa alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin. Bu alomatlar hisobga olingan holda o ‘lchash asboblarining sinf- lanishi 2.6-rasmda keltirilgan. O‘zgartirish xususiyati bo‘yicha o ‘lchash asboblari o ‘zida aniq-