Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V


Nazorat  va  muhokama  uchun  savollar



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Nazorat  va  muhokama  uchun  savollar
1.  Inflatsiya  nima?
2.  Inflatsiyaga  ta ’sir  etuvchi  omillarni  yoriting.
3.  Pul  bozorini  tartibga  solish  yo ‘llarini  k o ‘rsating.
4.  Talab  inflatsiyasi  nima?
5.  Taklif  inflatsiyasi  nima?
6.  Davlatning  inflatsiyaga  qarshi  siyosati  nimalardan  iborat?
7. 
Giperinjlatsiya  nima?
8.  Yashirin  inflatsiya  nima?


VIII bob.
  X A L Q A R O   VALUTA  -   K R E D IT  
M U N O S A B A T L A R I   VA  V A L U T A   T I Z I M I
8 .1 .  Valuta  munosabatlari  va  valuta  tizimi
Valuta 
— jahon  bozorida,  davlatlar o'rtasida  pul  vazifalarini  baja- 
ruvchi  davlatlarning milliy pul  birliklaridir.  Masalan, Amerika Q o ‘shma 
Shtatlari  «dollari»,  Buyuk  Britaniya «funt sterlingi»,  Kanada  «dollari», 
Yapon  «iyenasi»  va  boshqa  shu  kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli  — uning  milliy valutasi b o ‘ladi. 
Shu  davlat  uchun  boshqa  davlatlarning  milliy  pul  birliklari  esa  xorijiy 
valutalardir.
Masalan, AQSH  «dollari»,  Buyuk Britaniya «funt sterlingi»,  Kanada 
«dollari»,  Yaponiya  «iyenasi»,  Turkiya  «lira»si  va  shu  kabi  erkin 
m u om alada  yuradigan  valutalar  0 ‘zbekiston  Respublikasida  xorijiy 
valuta  bo'ladi,  o ‘z  navbatida  0 ‘zbekiston  «so‘m»i  bu  davlatlar  uchun 
xorijiy  valuta  b o ‘lib  hisoblanadi.
Xorijiy  valuta  bilan  deviz  tushunchasi  b o g ‘liqdir.  Deviz  —  bu 
xorijiy  valutadagi  har  qanday  vositadir.
Qabul qilingan  Xalqaro qoidalarga asosan  har bir davlatning valutasi 
3  h a rf   bilan  belgilanadi.  B unda  ushbu  harflarning  birinchi  2  tasi 
m am lakatni,  3-  esa  valuta  nomini  belgilaydi.
M asalan,  US  —  Q o ‘sh m a  Shtatlar,  D   —  dollar  yoki  G B   — 
Buyuk  Britaniya,  P  —  paund.  U shbu  belgilanishlar valutalar  kodlari 
deb  ataladi.
Valutalar jah o n  bozorida o ‘zlarining m uom alada b o ‘lish xususiyat- 
lariga  k o ‘ra  erkin  m u o m a la d a   yuradigan,  m uom alasi  qisman  yoki 
butunlay  cheklangan,  yopiq  yoki  ekzotik  valutalarga  b o ‘linadi.  Ba’zi 
bir  davlatlarning  milliy  pul  birliklarini  mazkur  davlatlarda  valuta  m u ­
nosabatlari  borasida  mavjud  va  harakatda  bo'lgan  qonun-qoidalariga 
asosan  xorijga  chiqishi  ham d a  u  yerda  m uom alada  bo'lishi  chega- 
ralanadi.
Xalqaro  valuta  m unosabatlari  —  bu,  valutani  jahon  xo'jaligida 
a m a l  qilishi  borasida  shakllanadigan  va  milliy  xo'jaliklar  faoliyat 
na tija la rin in g   o ‘zaro  alm ashuviga  xizmat  k o 'rasa tad ig a n   ijtimoiy 
m unosabatlar  yig‘indisidir.


Xalqaro  valuta  munosabatlari  moddiy  ishlab  chiqarish jarayoniga, 
y a ’ni  birlamchi  ishlab  chiqarish  munosabatlariga  h a m d a   taqsim ot, 
almashuv  va  istc’mol jarayonlariga  aloqador  b o ‘lgan  xalqaro  iqtisodiy 
munosabatlarni  o ‘z  ichiga  oladi.
Valuta  munosabatlari  va  takror  ishlab  chiqarish  o'rtasida  bevosita 
( to ‘g ‘r id a n - t o ‘g ‘ri)  ham d a  oqibat  xarakteridagi  (q aytm a)  a loqalar 
mavjud.  Ularning  obyektiv  asosi  b o ‘lib  tovarlar,  kapitallar,  xizmatlar 
bilan  xalqaro  almashuvni  vujudga  keltiruvchi  ijtimoiy  ishlab  chiqarish 
jarayoni  hisoblanadi.
Valuta  munosabatlari  —  bu,  valutani ja h o n   x o ‘jaligi  m uom alasida 
amal  qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat  ko‘rsatishda 
o ‘ziga  xos  pul  munosabatlarining  yig‘indisidir,  yoki  davlatlar,  ja h o n  
valuta  bozorining  subyektlari,  m uayyan  d a v latning  rez id en t  yoki 
norezident  shaxslari  o'rtasida  valutalarni  sotish,  sotib  olish,  majbu- 
riyatlarni  bajarish  h a m d a   b o sh qa  shu  kabi  ja r a y o n la r d a   vujudga 
keladigan  munosabatlardir.
Valuta  munosabatlari  —  bu xalqaro  aloqalarga xizmat  ko‘rsatuvchi 
va  ja h o n   x o ‘jaligida  valuta  muomalasi  jarayonida  vujudga  keladigan 
o ‘ziga  xos  pul  munosabatlarining  majmuidir.  Valuta  m unosabatlari 
jah o n  valuta tizimining  asosi  b o ‘iib xizmat  qiladi.  U larning shakllanish 
jarayonlarini  o ‘rganish 0 ‘zbekiston u ch u n   nafaqat  nazariy,  balki amaliy 
ahamiyatga  ham  egadir.
V a lu ta   m u n o sa ba tla rinin g  p a y d o   b o ‘lishi,  o ‘zgartirilishi  yoki 
tugatilishining  huquqiy  asoslari  b o ‘lib  xalqaro  kelishuvlar  va  ichki 
davlat  qonun-qoidalari  hisoblanadi.
Valuta  munosabatlari  nisbatan  mustaqil  m u no sa b a tla r  boMgani 
holda  t o ‘lov  balansi,  valuta  kursi,  hisob-kitob  operatsiyalari  orqali 
dunyo  iqtisodiyotiga  sezilarli  t a ’sir  k o ‘rsatadi.
Valuta  munosabatlarining  ahvoli  quyidagilarga  bog‘liq  b o ‘ladi:
—  milliy  va jah o n   iqtisodiyotining  rivojlanganlik  darajasiga;
—  siyosiy  ahvolga;
— j a h o n   b o z o rid a   davlatlararo  m u n o s a b a t la r   borasidagi  m u a m -  
m olarga  va  ush b u   m u a m m o la rn in g   rivojlanish  ten d e n s iy a la rig a .
Valuta  munosabatlarining  asosiy  ishtirokchilari  sifatida  xalqaro 
moliyaviy  tashkilotlar,  davlatlar,  davlatlarning  rezident  va  norezident 
shaxslari  m aydonga  chiqadi.
Rezident  shaxs  —  bu  m uayyan  davlat  h u d ud ida   yashayotgan  va 
ushbu davlat  fuqarosi  bo'lgan  ham da  m az k ur davlat  hududida  faoliyat 
k o ‘rsatayotgan  yuridik  yoki jismoniy  shaxsdir.


N orezident  shaxs  —  bu  muayyan  davlat  hududida  yashab  faoliyat 
ko'rsatayotgan,  am m o  shu  davlat  fuqarosi  bo'lm agan  yuridik  yoki 
jismoniy shaxsdir.
Masalan,  elchixonalar,  vakolatxonalar,  chet  el  firma  va  korxo- 
nalarining  b o ‘linmalari  ham da  shu  kabilar.
Valuta  tizimi  —  bu,  mam lakatlar  o'rtasida valuta  munosabatlarini 
tashkil  etish  shaklidir.
Valuta tizimi  —  bu,  xo‘jalik  aloqalarini  baynalmilallashuvi  asosida 
tarixan  shakllangan,  valuta  amali  bilan  bog‘liq  iqtisodiy  munosabatlar 
yig'indisidir.
Valuta  tizimining  mohiyati,  tashkil  etilish shakllari  va  roli jamiyat- 
ning  iqtisodiy  tizimi  bilan  belgilanadi.
Valuta  tizimi  davlat,  rezident  va  norezident  shaxslarga  tashqi 
iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  sharoit  yaratib  beradi. 
Subyektlarning  ushbu  faoliyati  amalga  oshishida  valuta  qonunchiligi 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.
Valuta  qonunchiligi  —  bu,  mamlakat  ichkarisida  valuta  qimmat- 
liklari  bilan  bir  m amlakat  tashkilotlari  va  fuqarolari  ham da  boshqa 
m amlakat  tashkilotlari  h a m da   fuqarolari  o ‘rtasidagi  shartnomalarni 
ham da  mamlakat  ichkarisidan  xorijga va xorijdan  mamlakat ichkarisiga 
milliy  h a m d a   xorijiy  valutalar  va  boshqa  valuta  qimmatliklarini  olib 
kirish,  olib  chiqish,  o'tkazish  y o ‘li  bilan  amalga  oshirilishini  tartibga 
soluvchi  qonuniy  m e ’yorlar  yig'indisidir.
Maxsus  adabiyotlarda  valuta  tizimlarining  3  ko‘rinishi  farqlanadi, 
y a ’ni  milliy,  jahon  va  hududiy  valuta  tizimlari.
Milliy valuta tizimi  m am lakat  pul  tizimining tarkibiy  qismi  bo ‘lib, 
valuta  munosabatlarining  yig‘indisi sifatida  maydonga chiqmaydi, balki 
ushbu  munosabatlarni  faqat  qonunchilik  aktlari  bilan  tashkil  etilish 
tartibini  belgilaydi.  Valuta  munosabatlarini  tashkil  etishning  bunday 
tartibi  birinchi  navbatda  valuta  tizimi  elementlarini  belgilashni  o ‘z 
ichiga  oladi.
Milliy  valuta  tizimining  qonunchilik  asosida  belgilanadigan  ele- 
mentlariga  quyidagilar  kiradi:
Milliy  valuta  va  uning  nomi;
Milliy  valuta  paritetini  belgilash;
Milliy  valutaning  konvertatsiya  shartlari;
Milliy  valuta  kursining  rejimi;
Xalqaro  kredit  m uo m ala  qurollaridan  foydalanishni  tartibga  solish 
(reglamentatsiya);


Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o ‘rtasidagi 
nisbatni  aniqlash;
M am lakatning  xalqaro  hisob-kitoblarini  tartibga  solish  (regla- 
mentatsiya);
Milliy  valuta  va  oltin  bozorlari  faoliyatining  rejimi;
Valuta  cheklanishlarining  o ‘rnatilish  tartibi;
Valuta  munosabatlariga  xizmat  ko‘rsatuvchi  va  ularni  muvofiq- 
lashtiruvchi  milliy  organlar  maqomi.
Yuqorida  zikr  etilgan  elem entlar  yig'indisi  xalqaro  valuta-kredit 
va hisob-kitob munosabatlarini  amalga oshirish uchun davlat tomoiiidan 
belgilanadigan  valuta  mexanizmidir.
Milliy  valuta  va  lining  n o m i  milliy  valuta  tizimining  asosi  b o i i b  
hisoblanadi,  u qonun asosida davlatning pul  birligi  sifatida belgilanadi. 
Xalqaro  iqtisodiy  m unosabatlarda  ishlatiladigan  milliy  pullar  valutaga 
aylanadi.  Xalqaro  hisob-kitoblarda,  odatda,  xorijiy valuta,  y a ’ni  bosh- 
qa  mamlakatlarning  erkin  m u om alada  yuradigan  valuta  m aqom iga 
ega  pul birliklari  ishlatiladi.  U shbu pul  birliklari  bilan  deviz tushunchasi 
b o g‘liq.
Deviz — bu xorijiy valutadagi  har qanday t o ‘lov vositasidir.  Xorijiy 
valuta  valuta  bozorida  o ld i-so tdi  obyekti  b o ‘ladi,  xalqaro  hisob- 
kitoblarda  ishlatiladi,  b anklarda  hisob-varaqlarda  saqlanadi,  a m m o  
ushbu  davlat  hududida  q o n u n iy   hisob-kitob  vositasi  b o ‘lib  hisob- 
lanmaydi  (kuchli  inflatsiya  davrlarini  hisobga  olmagan  holda).  M am - 
lakatda  kuchli  inñatsiya  va  inqiroz  holatida  milliy  valutani  nisbatan 
barqaror  bo'lgan  xorijiy  valuta  siqib  chiqaradi,  zamonaviy  sharoitda 
bu  AQSH  dollari  va  Yevrodir.
«Valuta»  kategoriyasi,  milliy va jahon xo‘jaliklarining o ‘zaro aloqasi 
ham da  munosabatlarini  t a ’minlaydi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish