Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

16-  chizma.  Fillips egrisi.
Manba:  М ам едов  О.  Ю.  и  др.  С о в р е м е н н а я   э к о н о м и к а . 
Р о стов   на 
Д о н у .  1 9 9 8 .-   604  с.
7.4 .  Inflatsiyaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  oqibatlari
Har bir mamlakatda inflatsiya  mavjudligi undagi  iqtisodiy holatning 
y o m o n la s h u v ig a   sabab  b o ‘ladi.  U s h b u   salbiy  h o l a t l a r   q u y id a g i 
yo‘nalishlarda  yuzaga  chiqadi:
1) Ishlab chiqarish hajmi qisqaradi,  chunki narx-navolaming doimiy 
tarzda  tebranib  turishi  ishlab  c h iq a r is h n i  rivojlantirishga  b o ‘lgan 
istiqbollarga  ishonchni  yo'qotishga  olib  keladi;
2)  Ishlab  chiqarish  sohasidagi  kapital  savdo  va  vositachilik  op e - 
ratsiyalariga  oqib  o ‘tishi  kuzatiladi.  C h u n k i  savdo  va  vositachilik 
sohalarida  kapital  aylanishi  tez  amalga  oshadi  va katta  foyda  keltiradi. 
Inflatsiya yuqori  b o ‘lgan  davrda  aholi  o 'rta sid a   puldan  qochish  holati 
kuzatiladi,  y a ’ni  kishilar  qo‘llaridagi  pullardan  imkoniyat  darajasida 
tezroq  sarflashga  harakat  qiladilar.  U la r  pullarga  turli  tovarlar  sotib 
oladilar.  Buning  natijasida  savdo  va  vositachilik  d o ‘konida  tovarlar 
tez  sotiladi;


3)  Narx-navoning  keskin  va  notekis o'zgarishi  natijasida  chayqov- 
chilik  kengayadi.  Inflatsiya  natijasida  tovar tanqisligi  (defitsit)  yuzaga 
chiqadi.  U shbu  taqchillik  narx-navoning  keskin  ko'tarilishiga  olib 
keladi;
4)  Davlat  moliya  resurslari  qadrsizlanadi.  Davlat  budjeti  daro- 
madlari  budjet  xarajatlari  amalga  oshirilgunga  qadar  qadrsizlanadi. 
Budjet  daromadlari  va  xarajatlari  o'rtasidagi  mutanosiblikni  saqlash 
qiyinlashadi  va  buning  natijasida  budjet  taqchilligi  (defitsiti)  yuzaga 
chiqadi;
5)  M am lakatda  kredit  operatsiyalari  cheklanadi.  C hunki  inflatsiya 
darajasi  tufayli  yuridik  va  jism oniy  shaxslarga  tijorat  banklaridan 
beriladigan  kreditlarning  foiz  darajasini  yuqori  darajada  o'rnatiladi. 
U shbu  salbiy  holat  ishonchni  pasaytiradi.
Inflatsiyaning  eng  asosiy  ijtiinoiy  oqibati  bo'lib  darom adlar  va 
boyliklarni  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshishi  hisoblanadi.  Ushbu 
qayta  taqsimlanishi  quyidagi  omillar  natijasida  amalga  oshadi:
—  m am lakat  aholisining  daromadlari  indeksatsiya  qilinmasligi;
—  tijorat  banklari  to m o n i d a n   yuridik  va  jism o n iy   shaxslarga 
b erilad ig an   kreditlar  b a h o la r  indekslarining  o 'z g a rish in i  hisobga 
olinm agan  holda  berilishligi.
Inflatsiya shart-sharoitlarida  mamlakatda  ichki  mahsulot va  milliy 
d a ro m a d   quyidagi  yo'nalishlarda  qayta  taqsimlanadi:
1)  M illiy  iqtisodiyot  tarm o q la ri,  ishlab  chiqarish  sohalari  va 
m am lakat  hududlari  o'rtasida  narx-navoning  notekis  o'sishi  natijasi;
2)  M am lakat  aholisi  va  davlat  o'rtasida.  Bunda  davlat  tomonidan 
m uom aladagi  ortiqcha  pul  massasidan  q o ‘shim cha  darom ad  sifatida 
foydalanadi.  Xalqaro  amaliyotda  bu  inflatsion  soliq  deb  nomlanadi;
3)  M am lakat  aholisining  sinflari  va  turli  toifalari  o'rtasida.  Mah- 
sulotlar  va  xizmatlarga  bo'lgan  narx-navoning  notekis  o ‘sib  ketishi 
n atijasid a  aholi  o 'rta s id a   ijtimoiy  toifalarga  b o 'lin is h in i  (boylar, 
kambag'allar,  qashshoqlar),  mulkiy  holatidagi  farqni  chuqurlashuviga, 
ja m g 'a rm a la r   va  joriy  iste’molning  keskin  o'zgarishi  yuzaga  chiqadi. 
Inflatsiyaning ijtimoiy salbiy t a ’siri  eng aw alo  q a t’iy belgilangan  daro­
madlari  oluvchi  shaxslar  hisoblangan  —  nafaqaxo'rlar,  nogironlar, 
ko'p  farzandli  oilalar  va  davlat  xizmatchilari  (o'qituvchitar,  vrachlar, 
b o g 'c h a   xodimlari  va  boshqalar)  uchun  juda  og'ir  kechadi;
4)  D ebito rlarv a kreditorlar o'rtasida.  Ushbu  holatda olingan  qarz- 
larni  pul  qadrsizlanishi  natijasida  debitorlar  darom ad  oladi  va  buning 
aksi,  kreditorlar  qo 'sh im c h a   zarar  ko'radi.


Biz  yuqorida  keltirgan  inflatsiyaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  salbiy 
oqibatlari q o ‘shimcha ravishda mamlakatning tashqi  iqtisodiy aloqalarga 
ham   faol  t a ’sir ko‘rsatadi.  Inflatsiya  darajasi  yuqori  m am lakatlar bilan 
q o 's h im c h a   sug'urta  va  turli  kafolatlar  asosida  o ‘zaro  m u n o sa b la r 
olib  boradilar.  Xalqaro  am aliyotda  ushbu  m unosabatlar  savdoning 
kamsitilishi  yoki  diskriminatsiya  deb  nomlangan.
Mamlakat  iqtisodiyotiga  ayniqsa  jilovlanmagan  (giperinflatsiya) 
ju d a   salbiy t a ’sir etadi.  Buning  natijasida  iqtisodiy va  ijtimoiy  qa ra m a- 
qarshiliklar keskinlashadi,  aholi  o ‘rtasida  hukum atga b o ‘lgan  norozilik 
kuchayadi.  Shuning  uchun,  h u ku m at  qarama-qarshiliklarni  ijobiy  hal 
qilish,  milliy  pul  tizimining  barqarorlashtirish  u c h u n   oqilona  ishlab 
chiqilgan  inflatsiyaga  qarshi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishi  lozim 
boMadi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish