Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V


 .1 3 .  Soliqlarning  turlari  va  ularga  tasn if



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

3 .1 3 .  Soliqlarning  turlari  va  ularga  tasn if
M a ’lumki,  hozirda  dunyo  m am lak atlarida ju d a   xilma-xil  va  k o ‘p 
miqdordagi  soliqlar  amal  qiladi.  H a r  bir  alohida  olingan  m am lakatda 
o'ziga  xos  soliqlar  amal  qiladi.  B a ’zi  m am lakatlarda  amal  qilayotgan 
soliqlar boshqa  mamlakatlar  soliqlariga  o ‘xshab  ketadi,  boshqalardan 
u m u m a n   farq  qiladi.  Soliqlarni  a m al  qilishi  m am lakatnin g  tarixiy, 
geografik,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  holatid an   kelib  chiqadi.
Xalqaro  am aliyotda  soliqlarni  tasniflash  u ch u n   turli  m ezonlardan 
foydalaniladi.  Hozirgi  zamon  soliqqa  tortish  am aliyotida  soliqlarni 
guruhlarga  ajratishda  quyidagi  tam oyillardan  keng  foydalaniladilar.
Soliqlarning undirilishi darajasiga  (budjet tizimi b o ‘g‘iniga o ‘tkazish) 
asosan  — um um davlat va mahalliy soliqlar.  2007-yil  25-dekabrda qabul 
qilingan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksi  t o ‘g ‘risida»gi 
qonuniga  asosan  umumdavlat  soliqlarga  quyidagilar  kiradi:
1)  yuridik  shaxslardan  olinadigan  d a ro m a d   solig‘i;
2) jism oniy  shaxslardan  olinadigan  d a ro m a d   solig‘i;
3)  qo'shilgan  qiymat  solig‘i;
4)  aksiz  solig‘i;
5)  yer  osti  boyliklaridan  foydalanganlik  u c h u n   soliq;
6)  ekologiya  solig‘i;
7)  suv  resurslaridan  foydalanganlik  u c h u n   soliq.
Mahalliy  soliqlar  va  yig'imlarga  quyidagilar  kiradi:
1)  m ol-m ulk  solig‘i;
2)  yer  solig‘i;
3)  reklama  solig‘i;
4)
  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  u c h u n   soliq;
5)  savdo-sotiq  qilish  huquqi  u c h u n   yig‘im,  shu  ju m la d a n   ayrim 
turdagi  tovarlarni  sotish  huquqini  beruvchi  litsenziya  yig‘imlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul- 
lanuvchi jism oniy  shaxslarni  r o ‘yxatga  olganlik  u c h u n   yig‘im ;


7)  avtotransport  to ‘xtash joyidan  foydalanganlik  uchun  yig‘im;
8)  obodonchilik  ishlari  u c h u n   yig‘im.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tilganidek,  soliq  tizimi  do im o   rivojlanib  va 
takomillashib  boradi.  Davlat  o ‘z  manfaatlaridan  kelib  chiqib  b a ’zi 
soliq  turlarini  bekor  qiladi  va  o ‘z  vaqtida  maqsadli  yangi  turlarini 
amaliyotga kiritadi.  0 ‘zbekiston Respublikasi  iqtisodiyotini rivojlantirish 
darajasiga  asosan  va  budjet  daromadlarini  ko'paytirish  m aqsadida 
amaliyotga  quyidagi  yangi  soliq  turlari  kiradi:
1)  ijtimoiy  infrastrukturani  rivojlantirish  uchun  soliq;
2) jismoniy shaxslardan  benzin,  dizel  yoqilg'isi  va transport uch u n  
gaz  iste’moli  uchun  olinadigan  soliq;
3)  maktab  ta ’limi  fondi  u c h u n  majburiy  ajratmalar.
Yuqorida  kiritilgan  soliqlar  va  yig‘imlar  sababli  quyidagi  soliqlar 
h a m d a   yig‘imlar  bekor  qilindi:
1)  reklama  solig‘i;
2)  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  uchun  soliq;
3)  ekologiya  solig'i;
4)  savdo-sotiq  qilish  huquqi  uchun  yig‘im  (  bu  yig‘im  faqatgina 
alkogol  m ahsulotlar  bilan  ulgurji  savdo-sotiq  va  q im m atbaho  tosh 
h a m d a   qim m atbaho  metall  mahsulotlari  bilan  savdo-sotiq  huquqi 
u c h u n   saqlanib  qolgan).
U m um davlat  soliqlari  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 
bilan  joriy   etiladi  va  R espublikaning  butun  h ud ud ida  undiriladi. 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog'iston  Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tom onidan joriy etiladi. 
Bu  mahalliy soliqlar va  yig‘imlar stavkalarining  eng yuqori  miqdorlari 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  vazirlar  Mahkamasi  tom onidan  belgilanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  amaldagi  qonunchilikka  asosan  m a ­
halliy  budjetlar  d arom ad   va  xarajatlarini  tenglashtirish  m aqsadida 
um um davlat soliqlari har yili qonuniy tartibga belgilanadigan  normativ- 
lar  b o ‘yicha  tegishli  budjetlar  o ‘rtasida  taqsimlanadi.
Soliq  solish  obyekti  b o ‘yicha  —  bevosita  va  bilvosita  soliqlar.  Bu 
yerda  m uallif  soliqlarning  bu  atamasi  bo‘yicha  o ‘z  fikrini  bildiradi. 
Iqtisodiy  adabiyotda  soliqlarni  obyekti  b o ‘yicha  guruhlashda  k o ‘p 
iqtisodchi  olim lar  t o ‘g ‘ri  va  egri  soliqlar  degan  atam a  tarafdorlari 
hisoblanadi.  Bizni  bunga  o ‘z  e ’tirozimiz  mavjud.  Buni  isbotlashga 
harakat  qilamiz.  Rossiya  Federatsiyasida  iqtisodchi  olimlar  soliqlarni 
soliq  solish  obyekti  b o ‘yicha  guruhlaganlarida  soliqlarni  «прямые  и 
к о с в е н н ы е   налоги»  d eg an   ata m ad a n   foydalanadilar.  A garda  bu


atam alarni  ruschadan  o'zbek  tiliga  to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri  o ‘girsak  u  holda 
haqiqatda  to ‘g ‘ri  va  egri  soliqlar  degan  atam a  yuzaga  chiqadi.  Lekin 
fikrimizcha bir tom on d an  o ‘zbek tili jud a boy til va ikkinchi to m o n d a n  
soliqlar  o ‘z  mohiyati  jih atid an   t o ‘g ‘ri  yoki  egri  bo'lm aydi.  Agarda 
soliq t o ‘lovchi o ‘zi to ‘laydigan soliqning nomini, uning stavkasi, to ‘lash 
m uddatlarini  bilgan  holda  to'lasa,  ya’ni  soliq  obyektini  anglab  yetsa 
bu soliqlarni, fikrimizcha bevosita soliqlar deb atalsa maqsadga muvofiq 
b o 'la r  edi.  Agarda  soliq  to'lovchi  o ‘zi  t o ‘laydigan  soliqning  nom ini, 
uning  stavkasini,  t o ‘lash  m u ddatlarini  bilm agan  ho ld a,  y a ’ni  soliq 
obyektini  anglam asdan  t o ‘lasa,  bunday  soliqlarni  bilvosita  soliqlar 
deb  atalsa  maqsadga  muvofiq  b o 'la r  edi.  Shuni  t a ’kidlash  lozim-ki, 
bilvosita soliqlarning oxirgi  navbatdagi va haqiqiy t o ‘lovchisi  mam lakat 
aholisi o ‘zi sotib olayotgan iste’m ol tovarlarining qaysi birida va qancha 
m iq dorda  soliq  mavjudligini  bilmaydi.  Albatta,  bu  bildirgan  fikrlar 
muallifning  shaxsiy fikrlari  hisoblanadi,  shuning  u c h u n   o ‘z  fikrimizni 
isbotlashga  harakat  qilamiz.
0 ‘zbekiston Resrublikasida  amal qilayotgan soliqlardan quyidagilar 
bilvosita  soliqlar  hisoblanadi:  qo'shilgan  qiymat  solig'i,  aksiz  solig'i, 
b o jxon a  bojlari,  jism oniy  shaxslard an   yagona  b o jx o n a   t o ‘lovi  va 
jism oniy  shaxslardan  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  tra n spo rt  u c h u n   gaz 
iste’moli  u c h u n   olinadigan  soliq.  Respublikamizda  a m al  qilayotgan 
barcha  boshqa  soliqlar  soliq  solish  obyekti  asosan  bevosita  soliqlar 
hisoblanadi.  Bevosita  soliqlarning  obyekti  b o ‘lib  yalpi  d a rom ad ,  yer 
maydoni,  m ol-m ulki  qiymati  va  boshqalar  hisoblanadi.
So liq   so lish   subyekti  b o ‘y ic h a -y u rid ik   va  jis m o n iy   sh a x sla r, 
zimmasiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga  m uvofiq  tegishli 
soliqlar va  (yoki)  yig‘imlarni  t o ‘lash  majburiyati  yuklangan  yuridik  va 
jism oniy shaxslar soliq t o ‘lovchilar va  yig‘im  toMovchilar  deb  topiladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  F uqarolik  kodeksining  3 9 -m o d d asig a 
asosan  o ‘z  mulkida,  xo ‘jalik  yuritishida  yoki  operativ  boshqarishda 
alohida  m ol-m u lkk a  ega  b o ‘lgan  h am d a  o ‘z  m ajburiyatlari  yuzasidan 
ushbu  m o l-m ulk  bilan  javob  beradigan,  o ‘z  n o m id a n   m ulkiy  yoki 
shaxsiy  no m ulk iy  huquqlarga  ega  b o ‘la  oladigan  va  u larn i  am alga 
oshira  oladigan,  majburiyatlarni  bajara  oladigan,  su d d a   d a ’vogar  va 
javobgar  b o ‘la  oladigan  tashkilot  yuridik  shaxs  hisoblanadi.  Y uridik 
shaxs  m ustaqil  balans  yoki  sm etaga  ega  b o 'lish i  kerak.  A m ald agi 
qonunchilikka asosan yuridik shaxslar turli m ulkchilik shaklida tashkil 
etilishi  m um kin.  U lar ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, yopiq aksiyadorlik 
jam iy a tla ri,  xususiy  k o rxon alar,  q o ‘sh m a   k o r x o n a la r,  m a ’suliyati

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish