Ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


O’zbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasi: buguni va istiqboli



Download 36,54 Kb.
bet6/9
Sana23.06.2022
Hajmi36,54 Kb.
#696878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurbonboyev Sarvar

3.O’zbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasi: buguni va istiqboli. Bugungi kunda XMTning hisob-kitoblariga koʻra, xalqaro muhojirlar soni dunyo boʻylab 272 mln. kishiga yetgan va ularning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari hisoblanadi. Bu dunyo aholisining 3,5 foizidir. 2019-yilda muhojirlarning pul oʻtkazmalari 689 mlrd. AQSH dollaridan oshgan.
70 mlndan ortiq aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun asosiy masalalardan biri bu – yoshlar migratsiyasidir. Migratsiya nuqtayi nazaridan mintaqaning barcha mamlakatlarida umumiy xususiyatlarni kuzatish mumkin. Masalan, Qozogʻiston ish beruvchi davlat boʻlsa, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston asosan ishchi kuchi yetkazib beradigan davlatlar hisoblanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, har yili 600 mingdan ziyod bitiruvchilar mehnat bozorida barqaror ish oʻrinlarini yaratishni talab qilmoqda va ularning aksariyati ish qidirayotganligi ushbu sohadagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotganini koʻrsatadi.
Ushbu vaziyatdagi asosiy vazifalardan biri tartibli mehnat migratsiyasini tashkil qilishdir. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat migrantlari umumiy sonining 52 foizi 16-30 yoshdagi fuqarolar boʻlgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini liberallashtirish Oʻzbekiston mehnat migrantlariga xalqaro mehnat bozorining toʻlaqonli ishtirokchilariga aylanishiga imkon berdi. Xususan, qabul qilingan oʻndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish sohasida ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar tuzildi. Xalqaro standartlar asosida yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda va mavjudlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ish beruvchi tomonidan mehnat migrantlari huquqlari buzilishining oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarining faollashuvi va unda yoshlar ishtiroki tobora ortib borayotgani, 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning migratsiya jarayonidagi faol ishtiroki, mamlakat iqtisodiy koʻrsatkichining oʻsishi, aholi bandligini vaqtincha taʼminlashga ijobiy taʼsir qilishi bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
– Oʻzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasini oʻrganish, Fargʻona, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan xorijga ishlash uchun ketayotgan migrantlarni tanlab olish natijalari asosida quyidagi tendensiyalar aniqlandi, – deydi “Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi” NNT direktori Shamil ASYANOV. – Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi asosan tashkillashtirilmagan, chunki mamlakatda migratsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, migrantlarni chet ellarda uyushgan holda yollash, ishga joylashtirish, oʻqitish, hayoti hamda sogʻligʻini sugʻurtalash va hokazolarni belgilovchi maxsus qonunchilik mavjud emas.
Baʼzi sabablarga koʻra, mamlakatda tashqi mehnat migratsiyasi yuqori darajada saqlanib qolinmoqda. Misol uchun, Oʻzbekistonda ish haqi ish beruvchi mamlakatlardagi ish haqiga nisbatan past. 2017-2018-yillarda Oʻzbekistonda eng yuqori oʻrtacha ish haqi gaz va neftni qayta ishlash sanoatida kuzatilgan (400 AQSH dollar), sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida esa oʻrtacha ish haqi past (150-170 dollar). Qishloq xoʻjaligi sohasida ishchilar uchun ish haqi 100 dollargacha. Shunday qilib, migrantlarning daromadi mahalliy aholining oʻrtacha daromadidan ikki yoki uch baravar koʻpdir.
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasi muammosini hal etishning ikkita asosiy yoʻli bor. Birinchisi – mehnat migratsiyasini Oʻzbekiston mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, mehnat migrantlari ishlab topgan daromad hisobidan milliy iqtisodiyotga qoʻshimcha madad berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatda bandlik muammosini hal etishning eng oson va kamchiqim yoʻli.
Ikkinchisi – mehnat migratsiyasidan va undan kelayotgan barcha daromadlardan butkul voz kechish, mehnat migratsiyasini respublika manfaatlariga mos kelmaydigan faoliyat turi sifatida batamom tugatilishiga erishish. Bu ancha murakkab va mashaqqatli yoʻl boʻlib, juda katta saʼy-harakatlarni va qatʼiy choralar koʻrishni taqozo etadi. Bu vaqtincha qiyinchiliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar evaziga amalga oshadi. Lekin mehnat migratsiyasiga qarshi siyosat doirasida iqtisodiy mexanizmlar yaratilib, ular harakatga keltirilishi oradan 5-6 yil oʻtar-oʻtmas makrodarajada oʻzining ijobiy natijalarini bera boshlaydi.
Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni xalqimiz uchun yurt xazinasini toʻldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi Oʻzbekistonga toʻrt tomonlama manfaat keltiradi. Bu:
Birinchidan, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadalashtirish va milliy boylikni koʻpaytirishga koʻmak beradi. Ikkinchidan, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini, imijini oshirishga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uchinchidan, oʻz xalqi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilgan, uni musofirchilik qiynoqlaridan xolos etgan davlatga nisbatan xalqning hurmati, undan roziligi ortadi. Toʻrtinchidan, juda katta maʼnaviy samaraga erishiladi. Begona yurtlarda musofirchilikda turli xil nohaqliklarga, kamsitishlarga duchor boʻlayotgan yurtdoshlarimiz migratsiya azob-uqubatlaridan xolos boʻladilar, oʻz ona yurtlarida erkin-emin hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekiston aholisining 2,5 million nafari yoki 7% i mehnat migrantlari hisoblanadi. Shundan 2 million atrofida fuqarolar Rossiyada mehnat qiladi. Mehnat migrantlari tomonidan joʻnatilgan pul mablagʻlari 5,1 mlrd AQSH dollari, yoki mamlakat YAIM taxminan 10% ni tashkil qilgan. Bunda har bir muhojir oyiga oʻrtacha 166,7 AQSH dollari miqdorida mablagʻ ishlab topga8n.
Bu juda katta raqamlar. Boshqacha soʻzlar bilan ifodalaganda, mehnat migrantlari ishlab topayotgan daromadlar Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Tabiiyki, Oʻzbekiston buncha miqdordagi mehnat migrantlarini ish bilan ham, arzigulik daromad bilan taʼminlashga qurbi yetmaydi. Demak, mehnat migrantlari muammosini hal etishda ikkinchi yoʻl tanlangan taqdirda ham, uni muayyan ketma-ketlikda turli xil yuqori samarali tashkiliy va iqtisodiy (zarurat taqozo etganda maʼmuriy) vositalar yordamida bosqichma-bosqich, lekin izchil va qatʼiyat bilan amalga oshirish lozim.

Download 36,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish