TABIIY FANLARGA QO’SHGAN XISSASI
Beruniy so’zi uning kelib chiqishini bildiruvchi nomdir.
" Beruniy " forscha " Berun" (" Tashqari") s’zidan olingan va shaxar tashqarisida tug’ilgan yoki o’sha yerda yashovchi degan manoni bildiradi.
Abu Rayxon esa uning laqabi bo’lib, fors tilida " Rayxonli kishi" degan ma'noni anglagandi.
Beruniy ota-onadan yetim qolgach, uni o’sha davrning mashxur olimlaridan Xorazmlik astronom va matematik Abu Nasr Ibn Irok (taxminan 1035 - yilda vafot etgan) o’z tarbiyasiga oladi va unga astronomiya xamda matematikani o’rgatadi. Beruniyning "Geodeziya" deb atalgan yirik asarida keltirilgan estaliklaridan quyidagi so’zlarni keltirib o’tish o’rinlidir:
"Ko’p kunlarim yaxshi odamlar soyasida o’tdi. Iroqlar oilasi oq sut berib katta qildi. Oilaning Mansuri meni o’z tarbiyasiga oldi. Hurmat pog’onasidan asta- asta yuqoriladim".
Bu so’zlar olimning birinchi ustozi Abu Nasr bo’lganidan dalolat beradi. Shuning uchun Beruniny qarilik chag’imda ham o’z ustozi va murabbiysining tabbaruk nomini cheksiz minatdorchilik va hurmat bilan tilga oladi.
Beruniy feadal tuzumi va islom dini xukumron bo’lgan bir davrda yashab ijod etgan. Bunday sharoitda fanda yangiliklar ijod etish g’oyat og’ir va hatarli edi. Shunga qaramay u o’zining butun kuchi va hayotini ilmu fan yo’lida hizmat qilishga sarfladi.
Bunda olimning quyidagi so’zini eslab o’tish o’rinlidir:
"Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm olish va tarqatishga qaratilgandir va men buni o’zim uchun ulug’ baxt deb bilaman".
Shunday olijanob g’oyalar bilan qurollangan Beruniy dastaval o’zining ustozi Abu Nasr tomonidan yozilib, unga qo’llanma sifatida tagdim etilgan satranomiya va matematkaga doir 15 ta risolani mutolaa qiladi,
O’zidan oldin yashagan olimlardan matematik, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy (780 - Ahmad Ibn Abdullox Morvozy (IX asr), Abbos Ibn Said Javxariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Muhammad
Farobiy (880 - 950), ABU Jafar al- Xazin (taxminan 970 - yillarda vafot ettgan), eronlik Abu Said as - Sijiziy (951- 1024), Abu Maxmud Hamid Xo’jandiy (taxminan 1 000 yilda vafot etgan) va boshqalarning asarlarini mustaql o’rganib, ularni chuqur analiz qilish bilan egaladi.
Beruniynig o’z ona tili bo’lmish xorazm tilidan boshqa arab, fors, grek, suriya, keyinchalik hind va qadimiy yaxudiy tillarini egalaydi va tillarda yozilgan asarlami chuqur o’rganadi.
Beruniy taxminan 1005 yildan boshlab Xorazmning markazi Ko’hna Urganchdagi ilmiy muassasa (" Aqademiya") da Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masahiy, Abu Nasr Ibn Iroq, mashxur xakm va tarjimon Abul Hammor va boshqa olimlar bilan birga 7 yil ilmiy tadqiqotchilik va raxbarlik lavozimlarida hizmat qilib, iln axllarining zo’r xurmatiga sazovor bo’ladi.
Shunday qilib, o’tmishning tafakur xazinasini tinimsiz o’rganish va o’z davridagi yirik olimlarning ijodiy munozaralariga sistemali qatnashish Abu Rayxon Beruniyning kamolotga etishuvida katta ro’l o’ynadi.
Abu Rayxon Beruniy insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan yirik qomuschi olimlardan biridir.
Mavjud adabiyotlarda qayt etilishiga ko’ra, Beruniy qoldirgan ilmiy asarlar 150 dan ortiq. Bulardan bizgacha qo’l yozma xolida 40 ga yaqini yetib kelgan. Bu asarlar matematik jihatdan butun bir entsiiklopediya hisoblangan.
Beruniyning matematika, fizika, astranomiya, ma'danshunoslik (mineralogiya), geodeziya, matematik- geograflya, tarixshunoslik, filologiya va falsafa fanlariga oid ilmiy meroslari olim faoliyatining naqadar ko’p qirrali bo’lganligiga yaqoll dalildir. Shuning uchun akademik I. YU. Krachkovskiy " Beruniy qizziqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalami sanab chiqish osonroqdir", deb haqqoniy baxo bergan. Beruniyning ijodi o’zining turi va qo’lanmaning kengligi bilangina emas, balki teranligi va hayotiyligi bilan xam qimatlidir.
O’zbekiston CCR fanlar akademiyasining muhbir azosi, falsafa fanlar doktori M.Xayrullayevning etirof etishiha, " Beruniy fanning rivoji va takomilanishi ustida shunday mohirona mehnat qilganki, u yaratgan ilmiy tadqiqotlar qadimiy va o’rta asf fanlari yutuqlarining umumlashtirilgan durdonasiga aylangan va ko’p jihatdan ilmiy tafakuming keyingi rivojlanish yo’li va yo’nalishiga katta ta'sir ko’rsatgan. Imiy tafakkur xazinasiga Beruniy qo’shgan ulkan hissani baxolash qiyin. Uning bilimlarining xilma - hil xossalarida olib brogan tinimsiz izlanishlari va qo’lga kiritgan yutuqlari kishini xayratga soladi."
Beruniyning qadimgi va o’rta asrdagi Hindiston xalqlarining ma'naviy xayotini o’rganishga oid o’oyat qimatli asari bo’lgan " Hindiston" nomli kitobi tarix faning hodir xujatlaridan biri ekanligini ta'kidlab, akademik V.R. Rozen shunday deydi: "Bu yodgorlik shu hildagi asarlar ichida yagonadir va g’arb hamda sharqning butun qadimiy va o’rta asr ilmiy faoliyatida bunga teng keladigani yo’q".
Beruniy o’n ikki xi fanning, ayniqsa tabiiy fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga ulkan hissalar qo’shgan. Bulardan bazilarigagina bunda toxtalib o’tamiz.
Beruniy Xorazmga qaytgach, ilm ahlining qadriga yetuvchi Ma’mun yordamida Xorazm olimlarini birlashtirib, «Ma’mun akademiyasi»ga asos solishda ishtirok etgan. Beruniy «Geodeziya» asarida yozishicha, Ma’mun akademiyasida ilmiy faoliyat olib borgan vaqtida ixtiyorida turli asboblar, jumladan, diametri 3 metr keladigan va oraliq minutlarga bo`lingan kvadrant bo`lgan ekan. Ammo o`sha vaqtlardagi siyosiy vaziyat tufayli «Ma’mun akademiyasi» qisqa muddat faoliyat ko`rsatgan. Hammamizga ma’lumki, mustaqillik sharofati bilan Yurtboshimizning bevosita boshchiligida ushbu tarixiy «Ma’mun akademiyasi» yana qayta tiklandi va Xorazmda yana faoliyat olib bormoqda. 2008-yilda esa ushbu Akademiyaning 1000-yilligi UNESKO bilan hamkorlikda keng nishonlandi.
Beruniy hayotining 1017-yildan keyingi qismi Afg`onistonning G`azna shahrini davlatiga poytaxt qilib olgan Sulton Mahmud yoki boshqacha qilib aytganda Mahmud G`aznaviy Xorazm Ma’mun bilan bog`lik. Shu yili Mahmud G`aznaviy Beruniyni boshqa bir guruh olimlar qatori G`aznaga olib ketgan. Umrining oxiriga qadar Abu Rayhon shu shahar fuqarosi bo`lib yashagan, tez-tez Hindistonga sayohat qilgan va Hindlarning tarixi, fani, tili hamda madaniyatini o`rganib, o`zining mashhur «Hindiston» kitobini yozgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu asar Hind fani va madaniyatiga qo`yilgan haykal bo`lib, mamlakatning haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi.
Beruniy Hindistonda yashagan chog`ida sanskrit tilini o`rgangan. Olim ushbu mamlakat etnografiyasi, geografiyasi, biologiyasi, filologiyasi va tarixiga oid juda muhim ma’lumotlarni turli manbalardan to`plab, ularni «Hindiston» asariga kiritgan. Bir qator xalqlarning yilnomalariga asoslangan holda Beruniy turli, shu jumladan, dehqonchilikni yo`ritishga mo`ljallangan taqvimlar tuzishning umumiy tamoyillarini taklif etgan. Ma’lumotlarga ko`ra, olim tomonidan arab yozuvi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi Hind so`zlarini urdu tilida talaffuz qilishning zamonaviy tizimidan hech ham qolishmaydi.
Hindiston hayotining turli qirralarini o`rganish jarayonida Beruniy qiyosiy usuldan keng foydalangan. Uning yozishicha, «men hindlarning nazariyasini qanday bo`lsa shu holda keltirdim va unga parallel ravishda greklarning nazariyasi haqida so`z yuritdim va ularning o`rtasidagi o`zaro yaqinlikni ko`rsatishga harakat qildim». Shuningdek, olim o`z asarida Hind va islom g`oyalarini o`zaro solishtirgan, ayniqsa, so`fiylik ta’limotini Hindlarning yoglar nazariyasiga birmuncha yaqin ta’limot sifatida alohida ajratib ko`rsatgan. Beruniy Hindistonda yashaydigan xalqlarning urf-odatlarini slavyanlar, tibetliklar, xazarlar va turkiy xalqlarning bu boradagi xususiyatlari bilan qiyoslab yoritgan.
Beruniyning «Hindiston» asari keng qirrali ilmiy manba bo`lib, dunyoning turli tillariga, jumladan, o`zbek, rus, fransuz, ingliz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ushbu asar Hindistonning IX-X asrlardagi geografiyasi, tarixi, aholisining turmushi va madaniyatiga oid nodir manba sifatida o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
1030-yilda Sulton Mahmud G`aznaviy vafot etgandan keyin dastlab uning kichik o`g`li Muhammad, keyin katta o`g`li Mas’ud taxtga o`tirdi. Ilm-fanga katta e’tibor bergan Sulton Mas’udning topshirig`iga binoan Beruniy o`zining shoh asari astronomiya va geografiya qomusi «Konuni Mas’udiy»ni yozgan. Beruniy o`z asarlarida keltirgan ma’lumotlarni turli manbalardan, xususan, kitoblardan olgan. Bundan tashqari, olimlar bilan bo`lgan suhbatlari, oddiy xalq, sayyohlar va elchilardan eshitgan hikoyalaridan ham yozgan asarlarida keng foydalangan.
Sharq manbalariga tayangan holda H.Hasanovning yozishicha, «Abu Rayhon yozgan kitob va risolalar qopga solinganida bir tuyalik yuk bo`lar ekan». XIII asr geografi Yoqut Hamaviy Marv shahridagi (hozirgi Turkmaniston hududida) Jome’ masjidining vaqfnomasida Beruniy asarlarining 60 sahifaga mayda qilib yozilgan ro`yxatini ko`rgani haqida yozadi. Olim bu ro`yxatni 65 yoshida tuzgan bo`lib, u «Fixrist» nomi bilan mashhurdir. Unda Beruniyning 113 asari ko`rsatilgan bo`lib, har bir asar kim va nima uchun yozilgani keltiriladi. Shuningdek, 70 asarning hajmi ham ko`rsatilgan. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi mutaxassislar esa olim 180 tacha kitob yozgan, degan fikrdalar.
Sharqshunoslarning eng keyingi hisobiga ko`ra, Beruniy asarlari quyidagicha taksimlanadi: astronomiyaga oid -70 ta; matematikaga -20 ta; geografiya-geodeziyaga -12 ta; kartografiyaga -4 ta; iqlim va ob-havoga -3 ta; mineralogiyaga -3 ta; falsafaga - 4 ta; fizikaga -1 ta; dorishunoslikka -2 ta; tarix etnografiyaga -15 ta; adabiyotga oid asari esa 28 tadir.
Beruniy Ptolemeyning «Geografiya»siga qisqacha sharh ham yozgan va uning bu asari «Kitob taqosim va aqolim» («Iqlimlar bo`linishi kitobi»), deb ataladi. Mazkur asarning dunyo tabiiy geografiyasiga oid kitob ekani uning nomidan ham ko`rinib turibdi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan asarlardan tashqari Beruniyning «Oso-ri boqiya» («Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya» - «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», yevropalik Sharqshunoslar uni «Xronologiya» deb ataydilar), «Kartografiya» («Tastih as-suvar va tabtih al-quvar»), «Geodeziya» («Kitobu taxdidi nihoyot al-amokin li tashih masofat al-masokin» - «Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash haqida kitob») kabi ilmiy to`plamlari geografiya va tabiatshunoslikka oid juda qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga oladi.
Beruniy Yerning shar shaklida ekanini ilmiy dalillar bilan isbotlab bergan edi. «Hindiston» asarida olimning yozishicha, «Quyosh ko`rinmay qolishining sababi uning Yerdan uzoqlashib ketishida emas, balki Yerning dumboqligidadir». Olimning fikricha, agar «Yer yumaloq bo`lmaganda... yozda va qishda kun va tun har xil bo`lmas edi, ular o`zgarib turmas edilar. Yer umuman yumaloqdir, biroq ayrim joylari g`adir-budir, chunki tog`lari duppayib chiqib turadi, botiqlari chuqur kirgan. Shunday bo`lsa-da, uning shakli sharga o`xshash, tog`larning balandligi butun Yerga nisbatan juda kichikdir».
Yerning shar shaklida ekanligidan kelib chiqib, Beruniy Amerikani kashf etgan Xristofor Kolumbdan 450 yilcha oldin Atlantika okeanining narigi tomonida quruqlik borligini bashorat qilgan. «Hindiston» asarida yozilishicha, «...Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g`arb va Sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) o`rab turibdi. Bu Muhit okeani, Yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo`lishi mumkin bo`lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala tomondan (g`arbdan va sharqdan) ajratib turadi...». Allomaning bu fikrlari XV asrdan boshlab avj olgan Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun o`ziga xos poydevor bo`lgan, desak xato bo`lmaydi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar“ asari ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u oʻzining „Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud Gʻaznavining Hindistonga yurishlari sabab boʻldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud Gʻaznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomad qiladi va u erda sanskrit tilini mukammal egallashga muvoffaq boʻladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odati madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada yuqoridagi asarni taʼlif etadi. 1030-yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etib taxtga uning oʻgʻli Masʼudning oʻtirishi Beruniyning ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim oʻzining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukumdorga bagʻishlab „Masʼud qonuni“ deb ataydi. oʻrta asrning mashhur olimlaridan Yoqut Al-Xamaviyning yozishiga koʻra, Sulton Masʼud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta miqdordagi kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Xamaviyning fikricha „Masʼud qonuni“ kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini oʻchirib yuborgan. Olim Sulton Masʼudning oʻgʻli Mavdudning hukumronlik yillarida (1041—1049) oʻzining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“ deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan boʻlib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy 1048 yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani Oʻzbekistonda alohida eʼtibor qozongan.
Beruniy sayyoramizning shaklini aniq tasavvur etish bilan birga, uning tasvirini ham yaratmoqchi bo`lgan. Olim o`zining «Geodeziya» asarida yozishicha, «joylar va shaharlar uchun diametri 10 cho`zim keladigan yarimkurra (shar) ishladim. Unda masofalarga qarab uzunlik va kengliklarni belgilash mumkin edi». Beruniy bu shaklni nimadan (yog`och, qog`oz, temir yoki loydan) yasaganini aytmagan, ammo globus yasagani aniq. Xorazmda yasalgan globusning diametri nihoyatda katta bo`lgan bo`lishi kerak. Chunki u aytgan «10 cho`zim» taxminan 5 metrga teng keladi. Ta’kidlash kerakki, bu sharq olamidagi dastlabki globus bo`lishi bilan birga, eng birinchi burtma (relefli) globus ham edi.
Sharq ilm-fani rivojiga o`lkan hissa qo`shgan Beruniyning ilmiy merosi yana uzoq vaqt ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo`lib qoladi. Qomusiy olimning nomi mamlakatimizda e’zozlanib, turli ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Qoraqalpog`istondagi tuman va shahar, Toshkentdagi metro stansiyasi va Toshkent davlat texnika universiteta allomaning nomi bilan ataladi. Shuningdek, buyuk allomaning haykallari dunyoning turli mamlakatlarida ham o`rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |