Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.
Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga kelgan.Uning yaratilishi hisobga asta - sekin eng ilg’or bo’lgan texnika vositalarini va oldingi shakllarning ilg’or usullarini joriy etish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kartochka - orderli shakldan bu erga orderlar tamoyili (yozuvlarni rasmiylashtirish uchun) va tanlab taxtlab qo’yish (raskladka) (tovar - moddiy boyliklar va ish haqining tahliliy hisobini yuritish uchun), kartochkali - nusxa ko’chirish shakli («kopiruchyot») dan nusxa ko’chirish materiallarhisobining hujjatli - nusxa ko’chirish shakli deb nomlangan shaklni (dokumentno -kopirovalnaya forma) usul o’tgan.
Tahliliy hisobning soddalashtirilishi butamoyillardanfoydalanish bilancheklanmadi. Masalan, materiallar hisobida tahliliy hisob registrlari vaqti - vaqti bilan dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan sortli aylanma (yoki saldoli) vedomostlar bilan almashtirilgan.
Xo’jalik jarayonlari haqida axborotni tezkor olish munosabati bilan sintetik hisob registrlarining tarkibiy tuzilishi ham o’zgartiriladi. Bosh daftar nazorat vedomosti shaklida yuritiladigan bo’lib, unda har bir schyot shaxmat shaklida, uning korrespondentsiyasi ochib beriladigan bo’ldi. Aylanmalarning yig’ishning yangi shakli, ya’ni korrespondentsiyalanuvchi schyotlarni ochib berish yo’li bilan xo’jalik faoliyatini yaqqol tasvirlab beruvchi shaxmat aylanma vedomosti kiritildi. Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosidamemorialorderlartuzilib,ularda muomalalarbo’yichakorrespondetsiyalanuvchi schyotlar (provodkalar) ko’rsatiladi va shu bilan sintetik hisob yozuvlar tartibga keltiriladi.
Memorialorder№31
2021-yil yanvar uchun Asosiy (hujjatlarga ilova va yozuv mazmuni) Debeti bo’yicha Schyotkrediti bo’yicha Summa 3–sonli ish haqini taqsimlash
2021-yil,3- fevral
Ilova: 4 varaqdan iborat.
Memorial order bir turdagi hujjatlar ma’lumotlarini birlashtiruvchiyig’mahujjatlarasosida (misolda - ish haqini taqsimlash vedomosti) yoki shu ma’lumotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlarbo’yicha guruhlanadiganjamg’aruvchivedomostlarning yakuniyma’lumotlariasosida tuziladi. Yozuv uchun asos hisoblanadigan hujjatlar albatta orderga biriktirib qo’yiladi. Har bir memorial order uchun doimiy raqam belgilanib, bir turdagi muomalalar (kassa, hisob - kitob schyotlari,ishhaqivahokazo)ningharbirturiuchunbiroydabittaordertuzishimkoniniberadi.
Orderlar ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registrida ruyxatga olinadi.Ro’yxatgaolishjurnalimemorialorderlarninavbatbilanraqamlashvaularniulargatikib qo’yilgan hujjatlar bilan birgalikda but saqlanishini nazorat qilish hamda keyinchalik sintetik schyotning tizimli registrida xo’jalik muomalalarining tula - to’kis qamrab olinganligini tekshirish uchun mo’ljallangan. Bu tekshirish oyning oxirida ro’yxatga olish jurnalining yakunlarining sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostda hisoblab chiqiladigan barcha sintetik schyotlar bo’yicha alohida debetli va alohida kreditli aylanma summalarining yakunlari bilan solishtirib tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi
Ro’yxatgaolishvedomostiquyidagiko’rinishgaega:
Ro’yxatgaolishvedomosti 200 yil yanvari uchun
Memorialorderlarningtartibraqami Orderlarsanasi
Memorialorderlarro’yxatgaolingandankeyin muomalalarni Bosh daftarga yozishuchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir korrespondentsiyalanuvchi schyot bo’yicha aylanma summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha, tuziladi.
Unda faqat joriy aylanmalar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Boshdaftarasosidasintetikhisobschyotlarbo’yichaaylanmavedomostnituziladi.BundaBoshdaftarnitarkibiytuzilishishaxmatliaylanmavedomostnituzishniengillashtiradi,chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi.
Tahliliy hisob bu erda «kopiruchyot»dagidek - kartochkalarda bevosita hujjatlar ma’lumotlariasosidayuritiladi.Lekinkartochkadagiyozuvlarjurnallarganusxako’chirmasidan qilinadi. Shubilan birgatahliliyhisobningayrimuchastkalarida (materiallar,hisob- kitoblarva boshqalar hisobida) yuqorida eslatib o’tilgan shakllardan olingan tamoyillar (nusxa ko’chirish, qisman terib taxlash tamoyillari) qo’llaniladi.
Hisobregistrlariga,ayniqsasintetikhisobregistrlarigao’zuvlarnitayyorlashni jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi.
Tahliliy hisob registirlariga yozuvlar bevosita memorial orderlarga tikib qo’yilgan hujjatlardanolinadi. Tahliliyvasintetikhisoblarning to’g’riliginitekshirish tahliliyschyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning yakunlarini sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomotlarning tegishli summalari bilan solishtirib tekshirish yo’li orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda hisobni memorial-order shaklidayuritishda PEHM dankeng miqyosda foydalansa bo’ladi.
Memorial-order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari uzining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi.
Hisob yozuvlarining texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u hisobotchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzaliklargaega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muamolari bo’lgan tahliliy hisobning qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari m’lumotlaribo’yichabevosita(qo’shimchahisob-kitoblarvatanlabolishsiz)tuzish,yozuvlarini yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik muomalalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentatsiya) kabi masalalari echa olmadi. Bu kamchiliklarning barchasi deyarli jurnal - order shaklida bartaraf qilingan edi.
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh - jurnal» shaklidir. U kichiq va o’rta bizneskorxonalarihamdabyudjetmuassasalari,turar-joylardanfoydalanishidoralarivaboshqa tashkilotlarda keng tarqalgan.
«Bosh-jurnal» shaklining memorial-order shaklidan birginafarqishundaki, sintetikhisob registirining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham xronologik ham tizimli (sistematik) yozuvlar birgalikda olib boriladi. Bu registr odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi.
Daftarning birinchi uch ustuni xo’jalik muomalalarini xronologik tartibda yozish uchun mo’ljallangan. Ular ro’yxatga olish jurnalining tarkibiy tuzilishiga o’xshab ketadi. Daftar varag’iningqolganqismibarchasintetikschyotlarbo’yichatizimliyozuvlaruchunishlatiladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order — kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl ( Yo‘riqnomaning 2-ilovasi);
2-memorial order — budjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl ( Yo‘riqnomaning 3-ilovasi);
3-memorial order — budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl ( Yo‘riqnomaning 4-ilovasi);
5-memorial order — ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi, 405-son shakl ( Yo‘riqnomaning 5-ilovasi);
6-memorial order — turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl ( Yo‘riqnomaning 6-ilovasi);
8-memorial order — hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl ( Yo‘riqnomaning 7-ilovasi);
9-memorial order — asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl ( Yo‘riqnomaning 8-ilovasi);
11-memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl ( Yo‘riqnomaning 9-ilovasi);
12-memorial order — oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl ( Yo‘riqnomaning 10-ilovasi);
13-memorial order — materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl ( Yo‘riqnomaning 11-ilovasi);
15-memorial order — ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl ( Yo‘riqnomaning 12-ilovasi).
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial ordyerlar tuziladi (274-son shakl) (Yo‘riqnomaning 13-ilovasi) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |