E(t)= ……………………(2.2.3)
bu yerda - optik eltuvchining chastotasi va fazasi. Shunday qilib, optik nurlanish amplituda, chastota, oniy faza yoki qutblanish bilan tavsiflanadi. Yuqoridagi ifodaning kvadratini optik nurlanishning oniy jadalligi deyiladi:
E(t) = ………………………2.2.4)
bu yerda - jadallikning amplitudaviy qiymati.
Optik nurlanish amplitudasi, chastotasi, fazasi (yoki qutblanishi) va jadalligining boshqaruvchi- modulyatsiyalovchi signal ta’sirida o’zgarishini modulyatsiyalash deyiladi. Modulyatsiyalovchi signal elektrik (tok, kuchlanish ), akustik, mexanik va optik signal bo’lishi mumkin. Optik nurlanish parametrlarini modulyatsiyalashning turli usullari mavjud.
Ulardan birinchisi- bu to’g’ridan- to’g’ri yoki bevosita modulyatsiyalash bo’lib, bunda lazer diod (LD) yoki yorug’lik tarqatuvchi diod (YOTD) nurlanishlarini modulyatsiyalashga dam berish toki yoki siljish tokini o’zgartirish orqali erishiladi. (2.2.6 a - chizma).
to’g’ridan-to’g’riyokibevositamodulyatsiyalash.
tashqi modulyatsiyalash.
v) ichki modulyatsiyalash.
2.2.6 a – chizma.
Bu o’zgarishlar elektronlarning p-n orqali injeksiyalanishini boshqaradi va chiqayotgan optik nurlanishning jadalligini keng chegarada o’zgartiradi. Modulyatsiyalash chastotasini cheklash erkin eltuvchilarni generatsiyalash va rekombinatsiyalashning doimiy vaqtiga, shuningdek, qo’zg’atish zanjirlaridagi sig’imlarga bog’liq bo’ladi. Bevosita modulyatsiyalash nurlanish jadalligining o’zgartirishdan tashqari, LD rezonatorlari ayrim modalarning to’lqin uzunligi va amplitudasini o’zgartirib, nurlanish spektriga dinamik ta’sir qiladi, shuni ham e’tiborga olish kerakki, nurlanuvchi moda soni qancha kam bo’lsa, bu ta’sir shuncha sezilarli bo’ladi. Shu sababli tashqi modulyatorlardan foydalanish zarurati paydo bo’ladi.
Ikkinchi usul - modulyatsiyalanmagan yorug’lik manbaining nurlanishini modulyatsiyalash. Bu tashqi modulyatsiyalashdir (yuqoridagi 2.2.6 b- chizma). Tashqi modulyatsiyalashda boshqaruvchi signalning optik nurlanishga ta’sir qilishi albatta, shart. Buning uchun optik modulyator kerak.
Uchinchi usul- ichki modulyatsiyalash bo’lib, bunda nurlanishning o’zgarishi lazer rezonatori, masalan, Fabri-Pero rezonatori ichiga joylashtirilgan va uning aslligini o’zgartiruvchi tegishli optik modulyator yordamida bevosita optik nurlanish manbaida bu nurlanishni shakllantirish jarayonida sodir bo’ladi. Ba’zan optik nurlanishni modulyatsiyalashning bunday turini avtomodulyatsiyalash deyiladi (2.2.6 v - chizma).
Optik uzatish tizimlarida modulyatsiyalangan optik signalni qabul qilishning ikki usulidan foydalaniladi:
jadalligi bo’yicha modulyatsiyalangan optik nurlanishni to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita demodulyatsiyalash;
optik signallarni kogerent qabul qilish usulidan, bunda chastotalarni o’zgartirishning geterodin yoki gomodin usullaridan foydalaniladi. Kogerent qabul qilish usulida signallarni oraliq chastota bo’ylab modulyatsiyalashning turli xillari bilan sinxron va nosinxron demodulyatsiyalash mumkin.Optik eltuvchini modulyatsiyalashni amalga oshiruvchi qurilmalarni optik modulyatorlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |