Ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti fakulteti


Qo`qon xonligi hududlarining Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi



Download 134,5 Kb.
bet8/9
Sana18.07.2022
Hajmi134,5 Kb.
#821630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SH1234

2.2. Qo`qon xonligi hududlarining Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Markaziy Osiyoni zabt etish tashabbusini Pyotr I boshlab bergan u 1817- yili knyaz Bekovich Cherkas 6574 kishilik qo`shini 3727 piyoda, 617 otliq askarlar, 2000 qozoq, 230 dengizchilar va 22 ta to`pni Xivani egallashga yubordi.Xorazmxoni Sherg`ozixonning ishbilarmonligi, tadbirkorligi bilan olib borilgan jang tufayli Bekovich Cherkaskiy sarbozlari qirib tashlandi. 1847 yili general Obruchev orol dengizining shimoliy qirg`og`ini egallab Rai`m qal`asini barpo etdi. Misr o‘g‘li Qodir. Moskva zulmi, II jild, Istanbul, 1972, 537-betda Raim qal’asi bosib olinishi tog`risida: 23-avgustda polkovnik Yerofev 200 kazak va saldatlar hamda 2 to`p bilan Xiva qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Jahon Xo`ja qal`asini egalladi. Nikolay‖ va ―Konstantin‖ nomli kemalar bilan orol flotiliyasini tashkil etdi. 1848-yili Xiva xonligida qarashli Xo`janiyoz qal`asini qo`lga kiritildi va vayron qilindi. 1852-1853-yillarda polkovnik Blaramberg va Graf Petrovskiy bo`linmalari Qo`qon xonligiga qarashli Kumush, Qo`rg`on, Chimqo`rg`on, qo`shqo`rg`on va Oq masjid (qizil o`rda)ni egalladi. Avvalgi ma’ruzalarda keltirib o’tganimizdek, Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar orasida mahalliy tillarda yozilgan asarlar, rus va boshqa halqlar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va yodgorliklar, hisobotlar, qaydnomalar va hujjatlar asosiy o’rin tutadi.
Mahalliy tillarda yozilgan asarlar orasida bevosita tarixiy davr yoki voqealarni yoritib beruvchi asarlar bilan bir qatorda biografik va jangnoma ruhidagi bir qator asarlar o’rin olganki, ular yordamida biz Qo’qon xonligining XIX asr birinchi yarmi va boshqa davrlarni bemalol yorita olish imkoniga ega bo’lamiz.
Bunda asarlar qatoriga Muhammad YUnus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Avaz Muhammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnomayi», Otabek Fozilbek o’g’lning «Mukammal tarixi Farg’ona», Niyoz Muhammad Xo’qandiyning «Tarixi SHohruxiy», Muhammad Aziz Marg’iloniyning «Tarixi Aziziy» va boshqa bir qator asarlarni keltirishimiz mumkin. SHuningdek, bugungi kunda A.Navoiy nomidagi MDK ning nodir kitoblar bo’limida saqlanayotgan bir qator rus mualliflari qalamiga mansub asarlar hamda arxiv hujjatlari ham Qo’qon xonligining XIX asrga oid tarixini o’rganishimizda muhim manbalar hisoblanadi.
Norbo’tabek vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Olimxon (1798-1810) hukmronligi yillarida Qo’qon xonligining siyosiy mavqei birmuncha yuksaldi. Olimxon harbiy islohot o’tkazib, qo’shinni kuchaytirgach, harbiy yurishlar qilib, Angren vohasi, Toshkent, CHimkent va Turkistonni o’ziga bo’ysundiradi va Rossiya imperiyasi bilan bevosita aloqalar o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Xonlikning mavqei kuchayib bordi va 1805 yilda Olimxon tomonidan «xon» unvoni joriy etilgach, xonlikning maqomi ham o’zgarib, endi u Qo’qon xonligi va hukmdorlari xon unvoni bilan yuritiladigan bo’ldi. Markaziy hokimiyatning kuchayishi hamda davlatni boshqarishda xon hokimiyatining cheksizligi kuchayib borayotgan bir paytda Olimxon siyosatiga qarshi guruhlar paydo bo’ladi va ular tomonidan fitna natijasida 1810 yilda o’g’li SHohruxxon bilan Qo’qon yo’lida o’ldiriladi. Olimxon o’ldirilgach, o’rniga ukasi Umarxon taxtga o’tiradi. Umarxon ham o’z hukmronligi yillarida (1810-1822) siyosiy vaziyatnin barqarorlashuviga erisha olmadi. Birin – ketin CHimkent va Turkistonda g’alayonlar ko’tarildi. O’ratepa ham Qo’qonga bo’ysunishdan bosh tortdi. Biroq Umarxon din peshvolari madadiga tayanib, bu tarqoqlikning oldini olishga va xonlik hududlarini parchalanib ketishdan saqlab qolishga erisha oldi. U CHimkent va Turkistonga harbiy yurishlar uyushtirib, ularni markaziy hokimiyatga bo’ysundirdi. 1817 yilda O’ratepani bosib odi. Umarxon Toshkent ustiga ham yurish qildi va uni egallab oldi. Bu yerga Lashkar qo’shbegi hokim etib tayinlandi. Turkiston va uning atroflariga esa SHayx Bedil hokim etib tayinlandi. 1818 yilda Umarxon Qo’qonda Jom’e masjidi qurish haqida farmon beradi va halq orasida ham, din peshvolari, ulamolar orasida katta hurmatga sazovor bo’ladi. Unga «Amir al-mo’minin» unvoni beriladi. Natijada Umarxon diniy va dunyoviy hokimiyatni o’z qo’lida birlashtiradi. Bu vaqtda Buxoro amirligining ichki siyosiy vaziyati ham birmuncha murakkablashgan edi. Amir Haydarga qarshi isyon ko’targan guruhlar Amir Umarxondan yordam so’rab murojaat qiladilar. Umarxon bunga javoban Lashkar /o’shbegi boshchiligidagi Toshkent qo’shinlarini olib, Jizzaxga yurish qiladi va uni qamal qiladi. Qamal 40 kundan ortiq davom etib, ikki o’rtada bo’lib o’tgan to’qnashuvlarda ko’plab kishilar qurbon beriladi va Umarxon ortga qaytishga majbur bo’ladi.
«Jannatmakon» nomi bilan mashhur bo’lgan Umarxon davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli ancha yaxshilandi va ayniqsa madaniy hayotning taraqqiy etishida Umarxon saroyida yaratilgan muhit katta o’rin tutdi.
Umarxon 1822 yilda kasallanib vafot etdi va uning o’rniga 16 yoshli o’g’li Muhammad Alixon o’tkazildi. 16 yoshida taxtga o’tirgan Muhammad Alixon (1822-1841) tez orada otasining amaldorlari bilan davlat boshqaruvini o’z qo’liga ola bildi. Muhammad Alixon o’z hukmronligi yillarida bir qancha harbiy yurishlarni amalga oshirdi. 1834 yilda Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatlarini bosib oldi. 1826-1831 yillarda Madalixon bir necha bor Xitoyga qarshi urush olib bordi. Qoshg’armusulmonlarining xitoyliklar zulmidan ozod qilishga harakat qiladi va bunda muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu kurashlari uchun halq Madalixonni «/ozi» laqabi bilan atay boshlaydi. Bu urushlar natijasida 70 ming uyg’ur musulmonlar Andijon viloyatiga ko’chirib keltirilgan edi. Bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan Madalixon ichki siyosatda bir oz istiqbolsiz siyosat yurita boshlaydi. Avvalo davom etib turgan harbiy harakatlarning butunlay og’irligi halq zimmasiga tushib, norozilik ko’payib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan Umarxonhukmronligi yillarida yoqmay qolgan davlat amaldorlarini birin ketin o’ldira boshlaydi. Bularning hammasi Madalixondan umumiy norozilikning ortishiga olib keldi. Ayniqsa, uning ahloqiy jihatdan shariatni buzgan deb xisoblangan Madalixonga barcha halq tabaqalari qarshi chiqa boshladilar. Bunday ichki siyosiy vaziyatdan unumli foydalangan amir nasrullo 1842 yilda Qo’qonga yurish qiladi va uni qo’lga kiritib, Madalixon va uning onasi Nodira hamda oila a’zolarini qatl ettiradi. SHu tariqa Madalixon davrida katta siyosiy mavqelarga erishgan Qo’qon xonligi yana usha Madalixonning noto’g’ri siyosati bilan o’zining mustaqilligidan mahrum bo’ldi. Qo’qonni egallagan Nasrullo bu yerda o’z noibi Ibrohim mang’itni qoldirdi. Biroq Ibrohim dodxoh haddan tashqari zulm o’tkazgani uchun Qo’qon halqining noroziligi ortib boradi va 3 oy hukmronlik qilgan Ibrohim mang’itga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. 1842 yilning yozida qipchoqlar yordamida To’raqo’rg’onda xon etib ko’tarilgan SHeralixon bu yerdan haydab yuborilgan Ibrohim mang’it o’rniga Qo’qon xonligi taxtiga o’tkazildi.
1842 yil kuzida Amir Nasrullo yana Qo’qonga yurish qilib, uni qamal qiladi. Bu qamalni mustahkamlashda Madalixon davrida yuzboshi bo’lgan Musulmonqul mingboshi katta o’rin tutadi. Qo’qon dastlab Nasrulloxon tomonidan bosib olingan vaqtda 250 qo’qonlik amaldor garovga olingan edi. Ularning orasida shu Musulmonqul ham bor bo’lib, Nasrulloxon ikkinchi marta Qo’qonga bostirib kelgan vaqtda, qamaldagilarni bo’ysunishga majbur qilishga va’da berib Qo’qonga kelgan va aksincha, qo’qonliklarni mudofaani bo’shashtirmaslikka undagan edi. SHu tariqa jiddiy bir natijaga erisha olmagan Nasrullo Buxoro hududlariga Xivaliklarning hujum qilayotganliklarini eshitib, garovdagi qolgan kishilarni ham ozod etib, Buxoroga qaytishga majbur bo’ladi va shu tariqa ozod etilgan Qo’qon taxtiga SHeralixon o’tkaziladi. 1845 yilgacha Qo’qon xonligida nisbatan osoyishtalik hukm suradi. Xonlikda katta mavqega erishgan Musulmonqul turli lavozimlarni ham qipchoq amaldorlariga bo’lib bera boshlaydi. Bu esa o’z navbatida xonlik saroyida qipchoqlar mavqeining oshib ketishiga olib keldi. SHeralixon hukmronligi yillarida aholidan soliq undirish kuchaytirildi. Oqibatda halqning norozilik harakatlari kuchayib bordi. Buning ustiga Qipchoqliklar boshqa millat vakillarining xonliklariga ta’sirini kamaytirishga harakat qila boshladilar. Bu esa mamlakatda umumiy norozilikning kuchayishiga olib keldi. Bu siyosiy vaziyatdan kutulish yo’lini o’ylagan Musulmonkul fitna tayyorlaydi, unga ko’ra minglardan bulgan Murodxonni SHeralixonni o’ldirib taxtga o’tirishi kerak edi. Musulmonkul esa bu vaqtda Ushda kutarilgan quzg’alonni bostirish uchun borishni ko’zladi va Nasrullo huzurida bir yil yashagan Murodxon Qo’qonga kelib, fitnachilar yordamida taxtga da’vogarlik qiladi. Bu siyosatning tagida qanday maqsad yotganini juda yaxshi anglagan SHeralixon darhol Murodxon foydasiga taxtdan voz kechadi va ko’p o’tmay qatl etiladi. Musulmonqul esa O’shdan qaytib kelib,SHeralixonni o’ldirgani uchun Murodxonni qatl ettiradi va taxtga SHeralixonning 13 yoshli o’g’li Xudoyorni o’tkazadi.Unga o’z qizini nikohlab berib, amalda hokimiyatni to’laligicha o’z qo’liga olishga va saroyda qipchoqlarni mavqei yanada oshishiga erishadi. Musulmonqulning amaldagi hokimiyati 1850 yilgacha davom etadi. U hokimiyatdan eng avvalo o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Bu esa nafaqat xonlik fuqarolari balki qipchoqlar orasida ham Musulmonquldan ham norozi bo’lgan guruhlarning bo’lishiga olib keladi. Bu guruhga O’ratepa,Xujand,Marg’ilon beklari qo’shilgach ularga Toshkent begi Nurmuhammad ham birlashadi.
Xulosa
XVIII asrda uch xonlikdagi o‘zaro urushlar, ichki nizolar va parokandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati o‘lkani siyosiyhududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqini ma’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati tomonidan joriy qilingan siyosiy tuzum o‘lkada mustamlakachilik hukmronligini qaror toptirishga va o‘zbek milliy davlatchiligini yo‘q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixiy murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilligi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi shubhasizdir. Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, davlat hukmdorlarining uzoqni ko‘rishga qodir emasligi, ma’naviy-ruhiy ojizligi oqibatida ro‘y berganini ko‘plab tarixiy misollar asoslab turibdi. Bu achchiq bo‘lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz, yosh avlodga doimo saboq bo‘lishi lozim. Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati, paxtachilik sanoati, temiryo‘l transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta’minlashga mo‘ljallangan edi. Ana shu korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko‘rish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi. Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkiston hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa o‘z navbatida o‘lkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?» albatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchilar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qadriyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar. Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to‘la-to‘kis dunyo sivilizatsiyasidan ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat qilsa-da, turli zavod va fabrikalar, banklar, tijorat tashkilotlari hamda temiryo‘l kirib keldi. Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan azaliy intiqlik kayfiyati so‘nmadi. Xalqimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.


Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish