Ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti fakulteti


bob. Qo‘qon xonligining tugatilishi



Download 134,5 Kb.
bet3/9
Sana18.07.2022
Hajmi134,5 Kb.
#821630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SH1234

1.bob. Qo‘qon xonligining tugatilishi. Xudoyorxon siyosiy jihatdan o’ta ko’rligi, qo’rqoqligi va shaxsiyatparastligi orqasida ruslarning ham, xalqning ham kuz o’ngida o’z obro’sini to’kkan edi. U qanday bo’lmasin, taxtni saqlab qolish uchun Rus davlatiga tayanishga, unga o’zini yaxshi ko’rsatishga qattiq tirishdi. U rus hukumati vakillariga sodiqligi va har qanday xizmatga tayyorligi haqida birin ketin xatlar yozib turdi. Hatto Rossiya bilan xonlikni bir davlat deyishgacha bordi. Masalan, u bu xususda 1869 yil 18 aprelda Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatiga shunday xat yozgan: «Sizlar tomonga qochib o’tgan sarboz Tursunqulov bilan yuborgan samimiy xatingizni oldim. Sizga nisbatan bo’lgan do’stlik tufayli mazkur sarbozni kechirib, sarpo kiygizdik va xursand qildik. Chunki u begona davlatga emas, balki Qo’qon bilan bir davlat — Rossiyaga, ya’ni bir mamlakatga qochgan».
Demak, Xudoyorxon o’z vaqtida xonlik qilib, dushman tarafiga o’tgan kishini afv etib, bu bilan Rossiyaga sodiqligini izhor etgan. Ayniqsa, uning «bir davlat» xaqidagi gaplari Rus davlatining itoatkor xizmatkoriga aylanganidan dalolat beradi.
Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatining Xudoyorxonga yuborgan javob xatida uning so’zlaridan mamnun bo’lganliklari uqdirilgan.
Xudoyorxon Rossiya panohida taxtda utirishni va ayshu ishrat qilishni afzal ko’rdi. «U, — deb ezgan edi Ibrat, — Rusiyadan xotirjam bo’lib, vaqtini o’yin-kulgu bilan o’tkazub, qush solmoq va ko’pkari chopmoq yo’llarinda bo’lub, ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay, jabru zulm tarafiga o’tib turganida, raiyatu xalq (undan) yuz o’girdi» (Isxoqxon Junaydulloxoja ug’li (Ibrat), Farg’ona tarixi.
Xudoyorxon davlat manfaatlari va taqdirini o’ylamay, Rossiyaga orqa qilib, ko’ngliga nima kelsa, shuni qilavergan. Shu boisdan mahalliy va rus manbalarida xonni qoralovchi ma’lumotlar serobdir. Ularda Xudoyorxon tengi yo’q ochko’z, molparast, uta shafqatsiz va zolim sifatida tasvirlanadi. «Xudoyorxon, — deb ko’rsatiladi manbada, — ko’p badavlat bulib, xotinlarni ko’paytirishga hirs qo’ygan. Kayfu safoni, rohatni va tinchlikni yaxshi ko’rgan. Xalqning foydasiga ish yuritmagan... Mamlakatning turli tomonlarida bir nechta bog’larida gullar orasida kayfu safo qilib etgan, bedana, kaklik va xo’rozlarni urishtirish bilan shug’ullangan. Masxarabozlar va hofizlar hamda ma’nosiz o’yinlar bilan umrini o’tkazgan.
Molu dunyoga haddan zieda hirs qo’ygan va o’zining xazinasini boyitish uchun ko’p soliqlar solgan» (Ahmad Zaki Validiy. «Xudoyorxonning sunggi kunlari».
Xudoyorxon davlat xarajatlarini kamaytirib, shaxsiy boyligini orttirishda hech narsadan toymagan. Oqibatda ma’muriyat vakillarining ta’minoti nochor holga tushib qolgan. Xon xohlagan er, qishloq va ovulni tortib olib, o’z mulkiga aylantirgan. Uning vijdonsizligi shu darajaga borganki, o’z piri va eshoni Miyon Sohib hazratning Shohoyim ismli xotinini zo’rlik bilan xotinlikka olgan.
Uning o’zi «ko’p yomon tabiatli kishi bo’lib» yoqtirmagan kishilarini qattiq jazolagan va xalqning muhabbatini qozonishni xayoliga ham keltirmagan.
«Xudoyorxonning mana shunday ishlari va razil axloqi xalq, beklar, sipohiylar, boylar va ulamolarning noroziligini chaqirgan».
Xudobrxon soliq turlarini kashf etishda va ularni undirishda tengi yo’q ustasi farang bo’lgan. Masalan, bir bog’ xashaqdan, bir piyola sutdan, o’nta tuxumdan, masxarabozlardan, ayiq o’ynatuvchilardan, do’kon qorovullaridan olinadigan va boshqa xilmaxil soliqlarni kashf etgan.
Xudoyorxon barcha narsalardan soliq to’plab, katta boylik orttirgan. Bu haqda rus manbalari ham dalolat beradi: «Soliqlar olinadigan buyumlarning turlari juda ko’p bo’lib, ular imkoni boricha barcha narsalardan olinib, xalq tom ma’noda shilingan. Hatto kambag’allar keltirib sotadigan qamish, shoxshabba, yantoq va shunga o’xshash narsalardan soliqlar undirilgan. Keyingi vaqtlarda tog’lardan ariqlar orqali oqib keladigan suvlarga ham soliq solingan. Faqat nafas olinayotgan havodan soliq olinmagan, xolos. Bu hol xonga qarshi norozilikning asosiy omillaridan biri bo’lgan edi».
Xudoyorxonning qattiq zulmi va adolatsizligi, og’ir iqtisodiy haet hamda uning Rossiyaning xizmatkoriga aylanishi xalq g’azabini qo’zg’atdi. Shuning uchun xonga qarshi xalq bilan birgaliqda saroy harbiylari va amaddorlari, ruhoniy va savdo vakillari ham bosh ko’tardi. Bunda o’zbeklar, qirg’izlar va tojiklar faol qatnashib, vatan xoini Xudoyorxonga va Rus davlatining tajovuziga qarshi kurashdilar. Bu harakatning yuzaga kelishida qirg’iz Mulla Ishoq mulla Hasan o’g’li ham muhim o’rin egallab, Po’latxon nomi bilan shuhrat qozongan edi. Mulla Ishoq taxminan 1844 yili tug’ilgan. Uning otasi Mulla Hasan o’qimishli kishi bo’lib, Marg’ilondagi Oqmadrasada mudarrislik qilgan. Mulla Ishoq dastavval Qo’qondagi Tunqatorda, sungra otasi huzurida ta’lim olgan. Bir necha yil o’tgach, ya’ni 1867 yili Farg’onadagi So’xga kelib, o’z qabiladoshlarining yaylovida 2 yil yashagan, so’ngra Uhndagi masjidda imomlik qilgan. Ko’p o’tmay u Andijon shahriga borib, masjidlarning birida imomlik qilgan. Ayni bir paytda tamaki savdosi bilan shug’ullanib, Toshkentga qatnab turgan. Bu erda Mulla Ishoq xonlikning nufuzli kishilaridan biri quramalik Abdumo’min otaliq bilan do’stlashib, Toshkentga keladi. Xonlikning siesiy kurashlarida faol qatnashgan va ko’pni ko’rgan Abdumumin ko’p voqealarni gapirib berib, Mulla Ishoqning siyosiy ongini uyg’otadi. Bu vaqtda, ya’ni 1872 yili Sherdodxoh boshchiligidagi bir necha qirg’izlar Samarqandga borishib, Qo’qon xoni Olimxonning nevarasi Po’latbekni taxtga o’tqazish haqidagi maqsadlarini bayon etadilar. Bu ishni amalga oshirishda qirg’iz qabilalari bevosita yordam berishlari ma’lum qilinadi. Ammo taxt uchun kurashlarda buvasi Olimxon va otasi Ibrohimbek o’ldirilganligini esdan chiqarmagan Po’latbek taklifni qabul etmaydi. Shundan keyin Sherdodxoh Toshkentga kelib, Abdumo’min otaliq xonadonida mehmon bo’lib, Po’latbekning rozi bo’lmaganligini so’zlaganda Mulla Ishoq uning nomi bilan taxt uchun kurashishni zimmasiga olgan. Shu ravishda Mulla Ishoq Po’latbek, ya’ni sobiq hukmdor Olimxonning nevarasi sifatida siyosiy kurashga kirishadi. U xalqning Xudoyorxon zulmi va Rus davlatiga qarshiligini yaxshi anglagan hodda harakat qilib, Namangan uezdining shimoliy qismidagi, ya’ni Koson va Nanay oralig’idagi Qutluq Sa’id qabilasining yordami bilan atrofiga 500 kishini tuplaydi. Shu ravishda Pulatbek boshchiligidagi qo’zg’olon boshlangan edi. Aytib o’tish lozimki, bu vaqtgacha Ma’mir Merganov boshchiligida Andijon uezdida qirg’izlar va Ma’mun Shoumurzoqov rahbarligida Chotqolda qo’zg’olonlar ko’tarilgan edi. Ular xon askarlari tomonidan bostirilgan. Po’latbek boshchiligidagi xalq harakati o’sha qo’zg’olonlarning davomi edi.
Namangan shahriga Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi hukumat qo’shini kelganida Po’latbek tuqnashuvdan qo’rqib, chekinishni lozim topdi. Ammo Kosonda xon askarlari bilan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi. Abdurahmon oftobachi uning ko’p safdoshlari va qo’zg’olon qatnashchilarini o’ldirdi hamda asir oldi. Po’latbek bir guruh kishilari bilan Chotqol tog’lariga qochishga ulgurdi. U 1875 yilning boshlarida Chotqoldan chiqib, Qo’qon atrofidagi Laylakka kelib, 200 kishini to’pladi. O’sha yili iyulning birinchi yarmida Po’latbsk Uzganda ko’tarilgan qo’zg’olonga boshchilik qilib, xonlikka katta xavf tug’dirdi. Ularga qarshi xon Isa Avliyo, Abdurahmon oftobachi va Sarimsoq eshik og’asi boshchiligida 4000 kishilik askar yuborgan. Biroq 1875 yil 28 iyulda bu yirik amaldorlar qo’shin bilan qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib, birlashganlar. Xudoyorxonning o’g’li Andijon hokimi Nasriddinbek 5 ming kishilik qo’shin bilan ularga qo’shilgan. Xonlikning asosiy harbiy qismlari va lashkarboshilarning qo’zg’olog’g’chilar tomoniga o’tib ketishi Xudoyorxon taqdirini hal etgan omil bo’ldi. O’sha kezlari xon bilan suhbatlashgan G. Vayenbergning so’zicha, Xudoyorxon «qo’zg’olonchilar ruslarga qarshi kurashishni» maqsad qilib qo’yganligini aytg’an. Qirg’izlarning g’azot bayrog’i ostida bosh ko’targanliklari ham shundan dalolat beradi. Bu xususda Kaufman ham 1875 yil 15 sentyabrda harbiy vazirga yozgan xatida gapirib: «Butun Qo’qon aholisi bizga qarshi ochiqdanochiq bosh ko’tardi», — degan. Endilikda Xudoyrxonning Rossiya kuchlariga tayanishdan boshqa iloji qolmay, erdam so’rab Kaufmanga murojaat etdi. «Shu kunlardagi og’ir va baxtsiz paytlarda, — deyiladi unda, — mening Mulla Isa Avliyo, Abdurahmon parvonachi va Xolnazar parvonachi singari eng ishonchli kishilarim qo’shin bilan dushmanlarim — qirgiz quzg’olonchilariga qo’shildilar hamda menga qarshi urushmoqchilar.
Men hamma vaqt siz, oliy hazratlaridan do’stlik va yordam kutib turganligim boisidan bu gal ham meni e’tibordan chetda qoldirmagaysiz. Shaxsan o’zimni va Qo’qon xonligini ulug’ imperator janoblarining ixtiyoriga topshiraman hamda qo’shinni to’plar bilan birgaliqda imkoni boricha tezroq Qo’qon shahriga yuborishingizni so’rayman» ( Pamyat o Fergane. 1901, str. 17—18.).
Xudoyorxon uzilkesil o’zini ham, butun xonlikni ham butunlay bosqinchilar oyog’i ostiga tashladi. U shu darajada ishonchni yo’qotgan ediki, fursatni g’animat bilib, qochishga qaror qiladi. «Oxir ulamr sakson aroba ko’ch xazina va oyimlar, bekalar, etti aroba tanga» bilan 1875 yil 22 iyulda yo’lga chiqadi. Uning yonida 4000 piyoda va 2000 otliq askar, 68 to’p borgan. Biroq Quqondan 10 chaqirim yurganlaridan keyin mazkur qo’shin xonni tashlab ketgan. Xon 500 askar bilan yo’lni davom ettirgan. Qo’qondan harbiy qismlar Xudoyorxonni tutish uchun ketidan quvgan va to’qnashuvlar oqibatida xon askarlaridan 8 kishi o’ldirilgan, 9 kishi yarador qilingan. 1875 yilning 7 avgustida Xudoyorxon Xo’jandga kelgach, Toshkentdagi rus harbiy ma’muriyati ishonchini qozongan kishilar, xususan, Sa’idazimboy vositachiligida generalgubernator bilan qanday muomalada bo’lish haqida maslahat so’rab, bir kishini uning huzuriga 6 ming tanga va xat bilan jo’natgan.
Bu kishi Sa’idazimboy huzurida bo’lib, xatni berganda u bir nufuzli rus amaldorining uyiga pul bilan borgan. Bu amaldor Xudoyorxon Kaufmanga «Man yurtimga borub, mamlakatni tinchitib, o’rnumg’a noib qo’yub, so’ngra borurman», desa foydali bo’ladi, degan. Ammo xon Toshkentda Kaufman bilan uchrashganida buning o’rniga, «Meni imperatorni ko’rish uchun yuborishingizni so’rayman», — deganini o’zi bilmay qolgan. Gubernator bunga rozilik bildirib, yo’lga otlanishni aytgan hamda qilichining uchini sekin oynaga urib qo’ygan. Nima uchun bunday qilganligining sababi noma’lumligicha qolgan. Shunda nufuzli kishilardan biri xonga: «Evoy, qani ul qancha harakatlar ilan (Toshkentdan) topgan so’zlarimiz, nimaga demadingiz», — deganida u: «O’sha so’zlar dilimda takror erdi, ammoki, mani tilim muxolifat etdi, tilim xo’b degandin keyin bildim», — degan. Yana, xon «Ish quldan ketaturgan bo’lganda kishini o’z a’zoyi javorasi ham muxolif bulur ekan, uzim ham hayron bo’ldum», — degan.
«Shundan keyin, — deydi voqea guvohlaridan biri, — hammamiz birdan xafa bo’lduk. Yig’isig’i, ko’z yoshi buldi. O’shal kun generalgubernator darhol qog’oz buyruq chiqardi: «Ertaga xon O’rinburg’ga jo’nasun», deb. Xon taqdirga tan qo’ymay, emdi, maslahati harakat bo’ldi. Xonni ra’yi bekzodlar va oyimlarni Toshkentda qo’yub, ketmoq ma’qul bo’lmadi, na uchunki, anda ishonchlik odam bulmadi. Turkistonda o’zlariga qaragan e’timodlik kishilar bo’lgani uchun ahli ayollarni Turkistonda qo’yub ketmoq muqarrar buldi.
Ertasi qibmda jo’naduk. Xon ilan etmish kishi edi. Mundan Atobek noyib qo’lida yuz ellik adad sipohlar ham bor erdi. Toshkanddan jo’nab, bir qo’nub Chimkandga borduk. Anda bu xafaliklarimiz ustiga xon Atobek noyibga bir nima, dedi. Noyib xonga bir nima, dedi. Gina va afsus to’g’risida birbirlari aroz bo’lub, jami’ yuz ellik sipohni olib, Atobek noyib Chimkanddan Xo’qandga qaytdi. Xon qolgan kishilar bilan jo’nadi. Turkiston borildi. Xon Muso Ali mingboshi havlisiga tushti. Bekzodalar va ayolg’a alohida havli tayyorlab berdilar. Anda xon besh kun turub, ahli ayollar bilan vidolashib, Turkistondan jo’naduk. Mahramlar bilan birga eduk. Turkistondan chiqub, bir Qulunsuron degan erga borildi. Anda etib, ertasi xon mahramlarga javob berib, aytdiki: «Har qaysilaringni ahli ayollaring bor, bizni boshimizdagi taqdirga o’zimiz mubtalo, sizlar ovora bo’lmanglar, deb har qaysilarimizga birmunchadan tanga berdi, fotiha berdi. Bizlar qaytduk».
Ko’rinib turibdiki, Xudoyorxonning taqdiri zolimligi, kaltafahmligi va ona yurtga xoinlik qilganligi tufayli juda fojeali bo’ldi.
1873 yili polkovnik Skobelev harbiy vakil sifatida bir necha soldat bilan Qo’qonga yuborilgan edi. U bilan birga harbiy topograf Rednev va tashqi ishlar vazirligining vakili Veyner ham borgan. Ular Xudoyorxon bilan birga Xo’jandga qaytishga majbur bo’lgan edilar.
Ruslar foydasi tegmaydigan bo’lganidan so’ng Xudoyorxonni taqdirlash u yoqda tursin, xalq hisobiga to’plagan xazinasini ham tortib oldi va o’zini Orenburgga surgun qildi. Xonni bu erga Mulla Ma’ruf dodxoh, Qosim to’qsoba, Jamil xazinachi, Muhammad sharbatdor, Xursand va Mullacha (har ikkalasi qul), Mirzaboy sag’ir va Toji mahram degan kishilar kuzatib borganlar.
Xudoyorxon Qo’qondan chiqib ketishidan oldinoq yuqori tabaqa vakillari taxtga uning o’g’li Nasriddinni va boshqa nomzodlarni o’tqazishga kirishgan edilar. Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi guruhlar Nasriddinni taxtga o’tqazishga muvaffaq bo’ldilar. Bu xon Turkiston generalgubernatorligi bilan guyo yaxshi aloqalarni o’rnatish maqsadida Kaufmanga xat yuborgan. Bunda u o’zining taxtga o’tirganligini ma’lum qilish bilan barobar, do’stona aloqada bo’lish haqida so’z yuritgan. Aslida esa, u Rus davlatining tajovuziga qarshi kuchlarni to’plashga urindi. Xususan, u Buxoro amiriga quyidagi mazmunda xat jo’natgan: «Otam o’rniga taxtga o’tirgan men sizga ma’lum qilamanki, hozirda din himoyasi uchun kurashga otlangan shahar va dasht aholisi katta kuchg’ayrat bilan bosh ko’tardi.
Ona Vatanga muhabbat va sodiqlik hamda din uchun kurash shuncha ko’p odamlarni bir joyga jamladiki, sonsanog’i Xudodan boshqa hech kimga ma’lum emas. Meni Andijondan keltirishib, kofirlarga qarshi kurashishni zimmamga yukladilar. Biz taxtga ega bo’ldik, shahar va dasht aholisi bizni xonlik libosi bilan ziynatladi. Hozirda kofirlar o’tadigan har bir yo’lga harbiy qismlar yubordik. Shaxsan meni o’zim ham kofirlarga qarshi kurashish maqsadida behisob qo’shin bilan yo’lga chiqdim.
Oliy hazrat! Sizni otam o’rnida va islomning yirik hukmdorlaridan biri sifatida ko’rib, o’zimizni ishlarimiz va ezgu maqsadlarimizni izhor etmoqdaman!»
Sayidali xo’ja Abdusattor Ma’zum o’g’li tomonidan amirga topshirilgan mazkur xatdan aynki, Nasriddinxon Buxoro xonligini oshkora bo’lmasada, uning harakatlariga xayrixohlik bilan qarashga chaqirgan. Abdurahmon oftobachi va Isa avlie ham Buxoro amiriga o’sha mazmundagi xatlarni yuborgan. Nasriddinxon va uning atrofidagi Abdurahmon oftobachi boshliq hokimiyat vakillarining yurgizgan siesatini belgilashda Toshkent aholisi va nufuzli kishilarga, jumladan, Sa’idazimboyga yuborilgan murojaat ham diqqatni jalb etadi: «Mana 12 yil o’tdiki, — deyilgan unda, — la’nati ruslar Xo’jand, Toshkent, O’ratepa va Samarqandni bosib olishib, din sho’’lasini o’chirdilar va islomga zien keltirdilar. Shuning uchun barcha musulmon ahli urushni muqaddas burch, deb hisoblaydi. Xudoerxon bo’lsa, ruslar bilan do’stona munosabatda bo’lib va ko’p sovg’alar yuborib, xatoga yo’l qo’ygan edi. U bizning dinni qattiq ushlash haqidagi nasihatimizga kirmay, oq podshohga berildi, islom dinidan qaytdi va qalbaki oq podshohga epishib oldi hamda bizni oramizdan chiqdi. U bularni hammasini shaxsiy manfaatlarini o’ylab qilgan edi. Shundan keyin barcha ruhoniylar va xizmatchilarning vakillari, hamma kattakichik odamlar bir yoqadan bosh chiqarib, kelishmovchiliklarni bartaraf etgan holda, xonning katta o’g’li Sa’id Muhammad Nasriddinni taxtga o’tqazdilar. Bizni davlatimizdan 3 lak, ya’ni 300.000 kishi chiqadi va bu bilan biz katta kuchga egamiz. Biz, kattakichik hammamiz hamda har bir kishi alohida kurashishni muqaddas burch deb bilib, bir kishi qolgunga qadar jang qilamiz va Xudoning marhamati ila g’alabaga ishonamiz.
Agarda hozir sizlar bu xatni olganingizdan keyin musulmon dinini himoyasi uchun muqaddas urushni xohlasangizlar, u vaqtda bir joyga to’planib, urushga tayer turinglar».
Abdurahmon oftobachi va Mulla Isa Avliyo imzosi bilan bitilgan xat shuni ko’rsatadiki, xonliqdagi xalq harakati Rus davlati va uning tarafdori Xudoyorxonga qarshi qaratilgan ozodlik kurashi hisoblangan. Ammo shunisi taajjublanarliki, o’sha xatlarning mualliflari amir va Sa’idazimboyning Rossiyaning sodiq tarafdorlari ekanini bila turib, ularni erdam berishga da’vat etganlar. Amir va Sa’idazimboy esa xatlarni Turkiston generalgubernatoriga topshirib, Rossiyaga sodiqliklarini yana bir bor namoyish qilganlar.
Shu tarzda, xonliqdagi vatan himoyachilari sardorlarining chetdan erdam olishga qaratilgan umidlari puchga chiqqan edi.
1873 yil 31 iyulda Kaufman Nasriddinxon xatiga ezgan javobida Xudoyorxon bilan tuzilgan 1868 yilgi shartnomani va do’stlik aloqalarini buzmaslik sharti bilan uning xonlik maqomini tan olishini bildirgan. U Nasriddinxonning Rus davlatiga qarshi qaratilgan harakatlarini yaxshi bilsada, lekin vaqtinchalik xon bilan murosaga borishni lozim topgan. Rus qo’shinlarining bosqinchiliklari va xonlikning tugatilishi Ko’qon xonligidagi xalq harakatlari va Xudoyorxonning qochishi orqasida yuzaga kelgan og’ir vaziyat rus hukumatiga qo’l keldi. Bu vaqtda Ettisuvda turgan Kaufman darhol Toshkentga qaytib, xonlikni bosib olish choralarini ko’rdi. Bu orada, ya’ni 1875 yil 6 avgustda vatan himoyachilari Toshkent tarafga yurish qilib, Ohangaron darbsidagi Obliq qishlog’ini egalladilar. Ular 8 avgustda Toshkent bilan Xo’jand va Uratepa oralig’idagi pochta bekatlarini egallab, 16 rusni asirlikka oldilar. Savdogar Isaevning oyna zavodiga o’t qo’yildi. Bundan xabar topgan Kaufman Sirdaryo viloyatining gubernatori Golovachevga harbiy yurish boshlashni buyurdi. Golovachev harbiy qism bilan Toshkentdan 60 chaqirim uzoqliqdagi Tilov qal’asiga bordi. Bu vaqtda 5000 kishilik vatan himoyachilari Obliq qishlog’idan Tilovga hujum qilishga tayyorlanmoqda edilar. Har ikki tomon o’rtasida qisqa otishmalardan so’ng vatan himoyachilari tog’ tomonga chekinganlar.
Toshkentda Kaufman Birinchi Turkiston o’qchi bataloni, Orenburg qo’shinining to’rtta otliq to’pchilarini, 100 kazak askar va boshqa harbiy qismlarni Qo’qonga jo’natgan. Bu vaqtda vatan himoyachilarining ayrim guruhlari Xo’jand atroflarida pochta bekatlarini yondirganliklari hamda qo’qonliklar Nov qishlog’ini egallaganliklari haqidagi ma’lumotlar Toshkentga kelib turgan. 5000 kishilik qirg’izlar Sirdaryo orqali o’tib, Qurama uezdiga qarashli Samgar qishlog’ini egallaganliklari to’g’risida ham xabarlar olingan. Shu bois Golovachev Garnovskiy boshchiligidagi harbiy qismlarga Xo’jand tomonga yurishni buyurgan. Qo’qonliklar Toshkent atrofidagi Parkentga hujum qilarmish, degan ovozalarga javoban u joyga 1875 yil 21 avgust kechasi polkovnik Skobelev rahbarligidagi askarlar yuborilgan.
Haqiqatan ham Qo’qon xonligidagi vatan himoyachilari ruslar bosib olgan Toshkent va Xo’jand chegaralariga bostirib kirib, dushmanga zarba berishga uringanlar. Golovachev askarlari Ohangaron mintaqasidagi ObliqTilov atroflarida qo’qonlik himoyachilar ustidan g’alabaga erishganlar.
1875 yil 13 avgustda Kaufman yo’lga chiqib, Piskentga kelganida podpolkovnik Noldedan 9 avgust kuni Xo’jandga hujum qilgan vatan himoyachilari tormor etilganligi haqidagi xabarni olgan. Shu voqea ma’lum bo’ldiki, Abdurahmon oftobachi Mahramda ko’p kuch to’plab, o’sha kuni Xo’jandga uch tomondan hujum uyushtirgan ekan. Xususan, Qo’qon yo’lidan 1015 ming kishilik va Samgar tomonidan 610 ming kishidan iborat vatan himoyachilari hujum qilganlar. Qo’qonliklar Xo’jandning Nov darvozasi tarafidan bostirib kirgan edilar. Ammo barchasi dushman tomonidan orqaga surib tashlangan. Shunga qaramay, Xo’jand xavfdan xoli bo’lmaganligi uchun uezd boshlig’i podpolkovnik Nolde shahar mudofaasini mustahkamlash choralarini ko’rdi. Bu orada vatan himoyachilari shaharga yaqinlashib keldilar. 12 avgustda ularga qarshi polkovnik Sarimovich 4 rota, 100 kazak, artilleriya divizioni bilan yurish qilib, chekinishga majbur etgan. Shundan keyin u Qistako’z degan joyga joylashgan. So’ngra u Abdurahmon oftobachining 16 ming kishilik qo’shiniga hujum qilib, ularni Qo’qon yo’li buylab quvladi. Ko’p o’tmay Toshkentdan Xujandga qo’shimcha harbiy qismlar etib keldi. Bir paytda Kaufman va Golovachev boshchiligidagi qo’shinlar Xo’jandga boraetganda Mirzaobod stantsiyasida Qo’qon otliqlari ko’ringan. Ular dushman askarlari ko’rinishi bilanoq Samgar qishlog’iga qochganlar. Ularning ketidan yuborilgan polkovnik Skobelev soldatlari Samgarga borganda 4 ming kishilik himoyachilar u erdan Mahram qal’asiga qaytganligi ma’lum bo’lgan.
18 avgust kuni Kaufman qo’shin bilan Xo’jandga borgan. Bundan oldinroq polkovnik Efimovich boshchiligidagi 200 kazak artilleriya divizioni bilan Samarqanddan kelgan edi.
Umuman, Kaufman Quqon xonligiga qarshi kurashish maqsadida harbiy qismlarni Xujandga to’playdi. Bu erda 16 rota pieda askar, shu jumladan, bitta saper rotasi, 20 to’p, 900 otliq soldat va 8 raketa stanoklari jamlangan edi.
1875 yil 20 avgustda Kaufman o’sha qo’shin bilan Xo’janddan chiqib Quqon yo’li bo’ylab yurdi; 40 chaqirim yo’l bosgandan keyin Mahram istehkomiga duch kelib, uni bosib olishga kirishdi. Bu qal’a shimoldan Sirdarega, janubdan esa ayrim joylari bog’larga borib taqalgan. Uning urush olib borish mumkin bo’lgan g’arb tomoni esa, suv to’ldirilgan zovur bilan qurshalgan. Umuman, istehkom etarli darajada mustahkamlangan bo’lib, 15 ming kishidan iborat vatan himoyachilari shaylanib turgan. 1875 yil 22 avgustda shaxsan Kaufman qo’mondonligida qushin Mahramning orqa tomonidan hujum boshladi. Shu vaqtda vatan himoyachilari dushmanni ham orqadan, ham chap tomondan qurshab oladi. Dushman tomonidan tinimsiz eg’dirib turilgan tup o’qlari vatan jangchilariga yaqinlashish va tuqnashish imkonini bermadi. Shundan keyin bosqinchilar hujumga o’tdi. Ularga qarshi vatan himoyachilari 10 to’pdan o’q uzib turgan. Bunga qarshi dushman 12 to’pdan o’q eg’dirgan. Shu ravishda har ikki tomondan jang ketaetganida Kaufmanning buyrug’iga binoan general Golovachev artilleriya vositasida hujumga o’tgan. U qattiq janglardan sung Mahram darvozasini buzib, ichkariga bostirib kirishga muvaffaq bo’lgan. Bu erda bosqinchilar 16 to’p, ko’p yarog’aslaha, porox va oziqovqat mahsulotlarini o’ljaga oldilar. Vatan himoyachilari esa darega chekindilar, lekin juda yaqin masofadagi dushman kuchlari ularni uqqa tutishi orqasida juda ko’p odamlar halok bo’lgan. So’ngra polkovnik Skobelev boshchiligidagi 500 soldat Mahram bog’larida pistirmada turgan vatan himoyachilariga hujum qilib, 2 to’pni o’ljaga olib, ularni Quqon yo’li buylab 10 chaqirim joygacha quvib borgan.
Mahramdagi mag’lubiyat xonlik taqtsirini uzilkesil hal qilgan omillardan biri hisoblanadi. «Mahramdagi g’alaba, — deyiladi rus manbasida, — o’zining o’ta bilimdonlik va ajoyib ravishda qo’lga kiritilganligi orqasida Qo’qon xonligi aholisiga qattiq ta’sir etib, uni tinchitishda va aqlhushlarini yig’ib olishda muhim o’rin tutdi. Bu g’alabaning ahamiyati yana shundan iboratki, Mahramda harakatlarning sardorlari hamda bizga qarshi qaratilgan barcha kuchlar va mablag’lar to’plangan edi. Zero, Mahramda Abdurahmon oftobachi tomonidan tullangan kuchlar soni bizning ma’lumotimizga kura, 30000 kishini; qipchoqlarning ko’rsatishicha esa, qipchoqlar va qirg’izlardan tashkil topgan faqat otliqlarning uzi 50.000 odam hisoblangan. Abdurahmon oftobachining o’zi jangda qatnashgan bulsada, lekin sheriklari bilan bizning uqimiz etmaydigan joyda turgan. Biz ustun kelib, quqonliklar qochganlarida Abdurahmon oftobachi ham birinchilar qatori juftakni urgan edi. Mahramda asosan shahar va qishloqlardan keltirilgan oda:.shar katta talofat kurib, oz kishilargina uylariga qaytdilar. oftobachining qipchoq va qirg’izlardan iborat otliqlari bizning uqimizdan uzoqroq turganlar va otlari chopqir bulganligi uchun qochishga ulgurdilar. Mahramdagi g’alabamiz butun xonlik buylab taraldi».
Demak, Mahramdagi jangda Abdurahmon oftobachi va safdoshlari urushga yaxshi tayergarlik ko’rganlar, lekin jang vaqtida rahbarlikni o’rniga qo’ya olmay ojizlik qilganlar. Natijada uz holiga tashlab quyilgan vatan hymoyachilaridan faqat 3000 otliq omon qolgan, xolos.
Ibrat ham Mahramdagi jang haqida to’xtalib: Abdurahmon oftobachi «Rusiyaga urushmoqchi bulub, Mahramga borub, andin Xo’jandni muxosara qilmoq bo’lub, hech ish qilmay, necha ming odam darega ketib, Mahramdan qochib, Marg’inonga ketdi», — deb ezgan edi.

Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish