Таълим вазирлиги қарши давлат университети


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 2,07 Mb.
bet34/111
Sana09.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#760682
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
sotsial psixologya

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh — bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p (o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin, yoshlar, ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo). Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor — bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o‘quv qo‘llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va real guruhlarga bo‘linadi.
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixo­logik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga o‘tamiz.
Jamoa va guruh, guruhda shaxslararo munosabatlar muammolari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Terum, Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalarning qo‘lyozmalarida keng o‘rganilgan. Ular davlat, jamiyat, jamoa, guruh, guruh a’zolari, insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, mas’uliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Biz quyidagi buyuk tafakkur egalarining davlat va jamiyat, guruhiy munosabatlarni boshqarish haqidagi qarashlarini tahlil qilamiz.
Rus psixologiyasida G.M.Andreyevaning «Ijtimoiy psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruxlarning asosiy turlarini uz ichiga kamrab olgan. Ular xar kanday kishilar guruxini avvalo, shartli va real guruxlarga buladi. Real guruxlar anik tadkikot maksadlarida tuplangan laboratoriya tipidagi xamda tabiiy guruxlarga bulinadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy extiyejlari asosida tashkil buladigan bunday tabiiy guruxlarning uzi kishilarning soniga karab katta, kichik guruxlarga bulinadi. Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning maksadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga karab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa uz navbatida endi shakllanayetgan, diffuz xamda tarakkiyetning yuksak pogonasiga kutarila olgan jamoa turlariga bulinadi.
V.Vundtning tadkikotlarida «xalk» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruxlar psixologiyasini urganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalklarda keng tarkalgan afsonalar va boshka ong tizimlarini urganish kerak. Shunisi dikkatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkikotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bulib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkikot bulib, uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigatskiyning madaniy- tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba kozongan berish ancha oson tuyulardi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni urganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash, xamda milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkikotning axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani urganishga yordam beruvchi metodlar va metodik prinsiplar sinab kurilgandi. Tugri bu tadkikotda tuplangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bulmaydi, kolaversa, bu konsepsiyaning uzi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan kross – tadkikot sifatida uning axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «suz portretlari»ni, uz-uzini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkikotlarda xam fakat yangicha metodologik prinsiplarda kullash mumkin.
Kichik gurux muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va kuplab ilmiy tadkikotlar utkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida utkazilgan kuplab eksperimental tadkikotlarni boshlagan bulib, ularda olimlar oldiga kuyilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka xolda yaxshi ishlaydimi yoki guruxda yaxshirok samara beradimi, boshka odamlarning yonida bulish uning faoliyatiga kanday ta’sir kursatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning uzaro xamkorligi (interaksiya) emas balki ularning bir vaktda bir yerda bir vaktda birga bulganligi faktning (koaksiya) ta’siri urganiladi. Olingan ma’lumotlar shuni kursatadiki, boshkalar bilan xamkorlikda bulgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin xarakatlar sifati ancha pasayishi aniklanadi. Bunday ma’lumotlar Amerikalik N.Griplett, nemis olimi V.Myode va boshkalarning tadkikotlarida xam kayd etildi. Bu psixologik xodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi.Uning moxiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat maxsullariga uning yonida bulgan boshka individlarning bevosita ta’siri bulib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar xamda ish xarakatlarning, fikrlarning tezligida namoyon buladi.Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt xam kuzatildi. Bu narsa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning kandayligidan kat’iy nazar, olimlar uchun kichik guruxlar asosiy tadkikot mavzuiga aylanib koldi va ular natijasida kator konuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruxlarning xajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki,kichik guruxda «diada» ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabul kilindi. Ikki kishilik gurux deyilganda, avvalo oila-yangi shakllangan oila kuprok nazarda tutiladi. Lekin samarali uzaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday gurux ijtimoiy psixologik tadkikotlar uchun xam, Ijtimoiy psixologik treninglar utkazish uchun xam kulay xisoblanadi.
Ikkinchidan, guruxlar ulchami kanchalik katta bulsa, uning aloxida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi, ya’ni shaxsning kupchilikdan iborat guruxdan uzini tortish va uning normalarini buzishga moyilligi oshib boradi.
Uchinchidan, guruxning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslraro uzaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki shaxslarning bir birlari oldida ma’suliyatlarining oshishi va yakindan bilishlari ularning urtasidagi alokalarda doimo aniklik bulishini talab kiladi. Munosabatlardagi xar kanday disbalanslar ochik xoldagi ziddiyatlarni keltirib chikaradi.
Turtinchidan, agar gurux a’zolaraning soni tok bulsa,ular urtasidagi uzaro munosabatlar juft bulgan xoldagidan ancha yaxshi buladi. Shundan bulsa kerak, boshkaruv psixologyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruxdagi odamlar soni tok kilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning gurux tazyikiga berilish va buysunishi xam gurux a’zolarining soniga boglik. Gurux soni 4-5 kishi bulgunga kadar uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan: kuchada sodir bulgan baxtsiz xodisaning guvoxlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, ma’suliyat xissi pasayib boradi. Bu konuniyatlarni bilish, tabiy guruxlarni boshkarish ishini ancha yengillashtiradi.
Tarixan kichik guruxlarni rasmiy va norasmiy turlarga bulish kabul kilingan. Bunday bulinishni Amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi, uning fikricha rasmiy gurux xar bir a’zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi ular mavkeini va guruxda tutgan urnining anikligi bilan xarakterlanadi. Bunday guruxlarda munosabatlar asosan «vertikal» tarzda ruy berib, guruxning bir yoki bir necha a’zosida «xokimiyat» bulganligi uchun xam, ular boshkalarni boshkarish ularga buyruk, rasmiy kursatmalar berish xukukiga ega buladi. Rasmiy guruxlarga misol kilib, xar kanday birgalikdagi faoliyat maksadlari asosida shakllangan jamoalarni- ishlab chikarish brigadasi, talabalar guruxi, sinf ukuvchilari, pedogogik jamoa va boshkalarni olish mumkin.
Rasmiy guruxlardan farkli ularok ,norasmiy guruxlar xam mavjud buladiki ular asosan stixiyali tarzda anik maksadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning anik mavkelari, rollari oldindan belgilangan bulmaydi.Kupincha norasmiy gurux rasmiy gurux tarkibida tashkil topadi va ularni boshkarish xam oldindan belgilangan bulmay, odamlar ichidan u yeki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chikkan a’zolar norasmiy raxbarning rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashkari ijtimoiy psixologiyada referent gurux tushunchasi xam bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta Amerikalik tadkikotchi G.Xaymen tomonidan 1942-yilda kiritilgan edi. U uz tadkikotlarida shuni isbot kildiki, ma’lum bulishicha gurux a’zolari uchun, shu gurux ichida yeki boshka doiralarda shunday shaxslar guruxi mavjud bular ekanki, u uz xatti xarakatlari, fikrlari va yunalishlarida usha gurux a’zolariga ergashish, ularni tankidsiz kabul kilishga moyil xamda tayyer bular ekan. Shunday shaxslar guruxi referent gurux nomini oldi. Ukuvchi uchun bunday gurux rolini maktabdagi bir necha ukituvchilar, ota yoki onasi, yakin dusti yoki karindoshlaridan kimdir uynashi mumkin. Shunisi xarakterliki shaxs doimo shu guruxga ergashadi, uni kadrlaydi, u bilan mulokotda bulishga intiladi. Rus psixologlari bu guruxni odatda shaxs uchun mavjud xakikiy gurux (a’zolik guruxi) tarkibida yeki unga karshi bulgan gurux sifatida karaydilar. Nima bulganda xam ana shunday gurux mavjudligi shaxs uchun axamiyatli bulib, uning xulk-atvori uchun etalon xisoblanadi. Tadkikotchi yoki tarbiyachining vazifasi ana shu guruxni aniklay olish va aniklagandan sung nima uchun aynan shu gurux referent rolini uynaganini bilish muximdir. Referent guruxga karab shaxsga baxo berish bilan uning xulk-atvorini bashorat kilish mumkin.
Xar bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruxlar sharoitida yeki turli guruxlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda kolgan yeki insonlar guruxiga umuman kushilmaydigan individning uzi yuk, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan mulokotda,uzaro ta’sirda buladi, bu mulokot jarayenlari esa doimo kishilar guruxida ruy beradi.Shuning uchun xam guruxlar muammosi, uni urganish va guruxlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chikarish insoniy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda gurux- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, mulokot xamda umumiy maksad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruxi tashkil topishi uchun albatta kandaydir umumiy maksad yeki tilaklar, umumiy belgilar bulishi shart. Masalan talabalar guruxi uchun umumiy narsalar kup (ukuv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birlik, uspirin yeshlarlarga ma’lum ukuv yurtida ta’lim olish istagi va xokozo). Kuchada biror tasodif ruy berganligi uchun tuplangan kishilar uchun xam umumiy bulgan narsa borki bu kizikuvchanlik bulib, utgan xodisaga guvoxlik unga umumiy munosabatdir.
Guruxni aloxida shaxslar tashkil etadi, lekin xar bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida shaxslar psixologiyasidan fark kiladi va uziga xos konuniyatlarga buysunadi. Aynan shu konuniyatlarni bilish esa turli tipli guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir
Katta guruxlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularning ilmiy tadkik kilish prinsiplari. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmasiki, ulardagi odamlar soni avvalo kupchilikni tashkil etib, sinfiy, ilmiy, irkiy, professional belgilar, ularning shu guruxga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar kupsonli bulganligi va ular xulk-atvorini belgilovchi mexanizmlarni uziga xosligi tufayli bulsa kerak ijtimoiy psixologiyada olimlar kupincha kichik guruxlarda ish olib borishni afzal kuradi. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyesiy mavkuraviy axamiyatga ega. Bu soxadagi tadkikotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, kupchilikni kamrab olishda kiyinchiliklar bulsa, ikkinchidan tomondan katta guruxlar psixologiyasini urganishga karatilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan: Ishchilar yeki ziyelilar sinfi psixologiyasini urganish kerak, deylik. Avvalo usha ishchilarning soni kup, kolaversa ishchilarning uzi turli ishlab chikarish sharoitlarida yashayetgan turli millatga mansub kishilardir, ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadkikotchi oldida juda katta muammolarni kuyadi. Shuning uchun xam xar bir katta guruxga taalukli bulgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini urganish xozirgacha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yullanma bulib kelmokda. Kolaversa katta guruxlar jamiyatning tarixiy tarakkiyoti mobaynida shakllangan guruxlar bulgani uchun xam xar kanday guruxni urganishdan oldin, xox bu sinflar bulsin, xox millatlar yoki xalklar psixologiyasi bulsin, ular xayot tarzi, unga xos bulgan odatlar, u yoki bu guruxga taalukli bulgan kishilar amalga oshiriladigan mulokot tiplari, uzaro munosabatlarda ustun bulgan psixologik omillar, kizikishlar, kadriyatlar, extiyojlar va boshkalar nazarda tutiladi.
Ana shularning umumiyligi tufayli xar bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruxga mansub bulgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan: 90-yillar yeshlariga xos bulgan tipik sifatlar ana shu yoshlar urtasida keng tarkalgan urf-odatlar, moda, suzlashish xususiyatlari, kadriyatlar, kizikishlar va boshkalar tufayli shakllanadi. Shuning uchun xam 20 yoshli kishining psixologiyasini tulik ravishda urganish uchun undagi bilish jarayenlarining uziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshka individual psixologik xususiyatlaridan tashkari yana unga uxshash yeshlarda ustun bulgan psixologik xislatlarning kanchalik namoyen bulishini, u mansub bulgan va asosan vaktini utkazadigan guruxlar psixologiyasini milliy sifatlargina xam nazarda tutish va ularni urganish zarur. Bu degani xar bir shaxs ongida uning aloxida orttirgan shaxsiy tajribasiga alokador psixologik tizimlardan tashkari uning kaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixik tizimlar xam mavjuddir va uni ilmiy tadkikotchi inkor etmasligi kerak.
Ijtimoiy psixologiyada katta guruxlar ichida etnik guruxlar psixologiyasi ya’ni etnopsixologiya buyicha kuprok tadkikotlar utkazildi. Ayniksa xozirgi davrda xar bir jumxuriyatlar aloxida, mustakil davlat mavkeini olgan, lekin boshka tomondan karaganda xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar urtasida muttasil alokalar mavjudligidan kelib chikib, ilmiy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan xam muxim masala sifatida kuyilmokda. Shuning uchun xam katta guruxlar ichida milliy guruxlarga kuprok e’tibor berish lozim deb topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – Uzbekistonda bu soxada ayrim tadkikotlarni utkazilganligi, lekin ular kup xolatlarda milliy psixologiya doirasida olib chikilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni kanday kilib urganish mumkin? Bu xozirda, ya’ni mustakil Uzbekiston sharoitida kupgina tadkikotchilarni kiziktirayotgan masalasidir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmokdaki, u fakatgina milliy ongga taalukli bulgan xozirgi va utmishdagi xolatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga uzgarishini, millatlararo sodir buladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. Buning uchun unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak, Uzbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermokdalar. Chunki sobik Ittifok sharoitining uzi ana shunday kuchli nazariyaning bulishi uchun anchagina tuganok bulgan, empirik tadkikotlar esa, avval ta’kidlanganidek tor guruxlar doirasidan, avvalo oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim millatlar psixologiyasidan tashkari turli xalklar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarini xam urganadi. Ma’lumki bu boradagi birinchi milliy tadkikotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadkikotlaridan «xalk» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruxlar psixologiyasini urganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalklarda keng tarkalgan afsonalar va boshka ong tizimlarini urganish kerak. Shunisi dikkatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkikotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bulib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkikot bulib, uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigatskiyning madaniy- tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba kozongan Uzbekiston sharoitida turmush tarzining uzgarishi bilan uzbek xalki psixologiyasining xam uzgarganligini isbot kildilar. Asosiy maksad – bilim jarayonining uzgarganligini isbot kilish bulsa xam tadkikotchilar uz-uzini anglash va uz xulk-atvorini analiz kilish borasida xam uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maksadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar xamda pedogogika bilim yurtlarida ta’lim olayetgan kizlar urtasida fark bor-yukligini tekshirishdi.
Tadkikot asosan uz-uzini analiz kilish metodi yordamida utkazilgan bulib ayollarga turli savollar orkali uz shaxsiga xos xususiyatlarini, uzidagi yetakchi sifatlarini aniklash va ba’zi psixologik xolatlarga baxo berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati tulikligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy alokalar tizimida tutgan urniga boglik bulib chikdi. Uyda utirgan ayollar kup xollarda kuyilgan savolni xam anglamasligi ma’lum buldi. Luriya shu narsaga ikror buldiki, uzbeklardagi ong asosan boshka odamlar fikriga boglik ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini anikladi. Masalan: ayollarga uzidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon kushnilarni kursatishar va umuman uz-uzini baxolashdan kura boshkalarni baxolash ularga sifat xarakteristikalari berish ancha oson tuyulardi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni urganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash, xamda milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkikotning axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani urganishga yordam beruvchi metodlar va metodik prinsiplar sinab kurilgandi. Tugri bu tadkikotda tuplangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bulmaydi, kolaversa, bu konsepsiyaning uzi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan kross – tadkikot sifatida uning axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «suz portretlari»ni, uz-uzini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkikotlarda xam fakat yangicha metodologik prinsiplarda kullash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobik Ittifok olimlarining tadkikotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish xarakatlari sezilmokda. Bu soxada mashxur rus etnogrofi va psixologi Y. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida tuplangan ma’lumotlar misol bulishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruxlar psixologiyasida ikki tomonni fark kiladi. A) psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barkaror kismi: B) xissiyot soxasi, etnik yoki milliy xis kechinmalarni uz ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir milliy psixologiya masalalari bilan shugullanishganda, milliy kirralar yoki sifatlarni aniklash bilan shugullanadilarda, u yoki bu millatlargagina xos bulgan kirralarni topishga urinadilar, lekin fan texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va mulokoti sharoitida, aralash nikoxlar keng tarkalgan sharoitda fakat u yoki bu millatga xos bulgan kirralar xakida gapirish juda kiyin. Masalan: Uzbeklar urtasida utkazilgan kichik tadkikot natijasida shu narsa ma’lum buldiki, guyoki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar uzbek xalkigagina xos emish. Tugri bu sifatlar albatta uzbeklarda bor. Lekin aynan shu sifatlar boshka millat vakillarida yuk deyishga chikkanimiz yuk.
Xuddi xar bir shaxs ongida turlicha steriotiplar – ya’ni urnashib kolgan obrazlar bulganidek, xar bir oila yakin oshna ogaynilar va uziga uxshash shaxslar bilan mulokot jarayonida u yoki bu millat vakilida xam uz millatiga xos bulgan sifatlar xakida, steriotiplar paydo bulib, uning ongida urnashib boradi. Bunday steriotiplar uz millatiga va boshka xalklarga nisbatan bulib, boshkalar xakidagi tasovvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor buladi. Shunday tasavvurlar asosida boshka millatlarga nisbatan yoktirish (simpatiya) yoki yoktirmaslik (antipotiya) va befarklik munosabatlari shakllanadi. Uz millati xakidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy «etnotsintrizm» xissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy gurux vakillarida boshka millatlarga nisbatan irrotsional munosabatlar paydo bulishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chikarishi mumkin. Bu borada ijtimoiy psixologlar va mavkurachilar oldida turgan muammolardan biri.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy yaqin va o‘rta sharqda ilg‘or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan bo‘lib, “Sharq Aristoteli” degan unvonga sazovor bo‘lgan mashxur shaxsdir. U o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi va davlatni boshqarishning asosi haqidagi bilimlar tizimini ishlab chiqdi hamda bu masalalarni bir qator asarlarida batafsil bayon etib berdi.
Abu Nasr Forobiyning jamiyat, davlat, huquq, siyosat, adolat, ta’lim va tarbiya haqidagi traktat g‘oyalari qarashlari “Baxtga erishish haqidagi traktat”, “Urush va tinch-totuv yashash haqida”, “jamiyatni o‘rganish haqidagi kitob”, “Davlat arboblari haqidagi aforizmlar” kabi asarlarida o‘zining chuqur ifodasini topgan. Muallif o‘zining asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, davlatning paydo bo‘lishi, uning shakllari, davlat rahbarining vazifalari, ular oldiga qo‘yilgan asosiy talablar, davlatni idora etish usullari haqida o‘zining chuqur falsafiy-siyosiy qarashlarini bayon qiladi. Allomaning fikricha, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun turli jamoalarga birlashganlar. U odamlarning jamoasini boshqarishda ijtimoiy adolat prinsiplari, normalariga rioya qilish darkor ekanligini qayta-qayta takrorladi. Jamiyatni boshqarish mehanizmini insonparvarlashtirishda rahbarlar, yo‘lboshchilarning roli beqiyos ekanligini har tomonlama isbotlab, jamiyatni boshqaruvchi rahbarlar uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlar, sifatlar va hislatlarni aniqlab berdi.
Forobiy shahar davlat rahbarlarining haqiqatgo‘y, yolg‘onga, adolatsizlikka, zulmga qarshi keskin kurashuvchi, boylikka jirkanib qarovchi, adolatni o‘z tabiati bilan sevuvchi, botir va qat’iy bo‘lishi zarurligini ta’kidlab o‘tadi. U davlatni boshqarishda donolash yordamiga suyanish, ular bilan maslahatlashib ish yuritish, boshqaruv apparatiga ega har tomonlama yetuk dono, halol va kamtarin kishilarni jalb qilishni eng to‘g‘ri yo‘l deb biladi. Abu Nasr Forobiy davlat rahbarining eng zarur fazilatlari sifatida mulohazali bo‘lishni, adolatparvarlikni, kamtarlikni, haqiqatni sevishni va eng asosiysi aqllilikni alohida qayd qiladi. Fozil davlat rahbari – o‘qituvchi sifatida o‘z o‘quvchisi – aholiga ilm yordamida baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘rgatadi. Muallif yuqorida sanab o‘tilgan fazilatlarni bir kishida mujassamlashtirish mumkin emasligini tushunib, ana shu fazilat turlarini o‘zida mujassamlashtirgan shaxslar birgalashib davlatni idora etishlari zarur, deydi.
O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biri Abu Rayhon Beruniy bo‘lib, uning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi feodal tarqoqlik va islom siyosiy mafkurasi hukmronlik qilayotgan bir zamonda shakllanadi.
Ulug‘ tabib Abu Ali ibn Sino jahon ilmu faniga ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-duyoqarashi xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir. Ayniqsa uning davlat boshqaruvi haqidagi fikr-mulohazalari tahsinga loyiqdir. Ibn Sino siyosiy qarashlaridagi e’tiborga molik narsa – bu ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyadir. Uning fikricha, ideal davlat tepasida ma’rifatparvar shoh turishi kerak. Jamiyat a’zolarining barchasi mehnat bilan shug‘ullanishlari zarur. Uningcha ideal jamiyat aholisi uch tabaqaga bo‘linadi: ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi boshqaruvlar, ishlab chiqaruvchilar va harbiylar.
Ibn Sino jamiyatni davlatsiz, qonun-qoidasiz tasavvur qila olmaydi. U o‘zining “Risolai tadbiri manzil” asarida yozgan ediki, agar hamma odamlar shoh, sultonlardan iborat bo‘lsa, yoki hammalari oddiy mehnatkash bo‘lsalar edi, ularga rahbarlik qiluvchi xonlar, sultonlar bo‘lmasa edi. Bunday hollarda ularning barchalari halok bo‘lgan bo‘lur edilar. Mutafakkir jamiyatdagi moddiy tengsizlikni e’tirof etib, odamlarning hammalarini boyib ketishlariga va aksincha kambag‘allashib ketishlariga qarshi chiqadi. Uningcha, agarda hamma jamiyat a’zosi birdek boylikka, mulkka ega bo‘lsalar, u holda bir kishini ikkinchi kishiga yordam ko‘rsatishi, bir-birini rag‘batlantirishi tugatiladi. Aksincha, odamlarning hammasi yo‘qsillarga aylansalar, bunday holda, ular ocharchilikdan qirilib ketadilar.
Allomaning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim omillardan biri – axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qanchalik tadbirkor bo‘lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayanmasa, u odobsiz bo‘ladi, yomonlikka yo‘l qo‘yadi. Ibn Sino boshqaruvchilardagi adabsizlik, axloqsizlik alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg‘onchilik, xoinlik kabi hislatlarni, insonlar ustidan qilingan har qanday zo‘ravonlikni qoralaydi.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish