Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Munosabatning o‘zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchalar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so‘zlar mohiyatiga ko‘ra k o d l a sh t i r g a n h o l d a axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o‘z xulq-atvorini o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipiyent) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsipiyent kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‘llaydigan bo‘lsalar, bu holda ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi qurilayotgan paytida kuruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag‘darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-biriga bog‘lash chog‘ida o‘zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli xil tillarda so‘zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo‘yadi. Qo‘llaniladigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar, iyerogliflar va hokazolar) zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
Mohiyat — belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So‘zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirshi va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Ijtimoiy tajribani jamg‘arish va uzatish vositasi sifatidagi til mehnat jarayonida paydo bo‘lib, hali sinfsiz jamiyat tongotaridayoq rivojlana boshlagan edi. Odamlar bir-birlariga biron muhim ahamiyatga molik axborotni uzatish uchun aniq tovushlardan foydalana boshladilar.
Qo‘llarida biron mehnat qurolini ushlab, ko‘zlari esa ushbu narsalarga qarab turgan vaqtda bir-birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga ayniqsa moyillik tug‘dirgan. Munosabatga kirishadigan odamlar o‘rtasidagi masofa anchagina olis bo‘lgan kezlarda ham, xuddi shuningdek qorong‘ilikda, tuman tushganda, chakalakzorda o‘y-fikrni tovushlar vositasida yetkazish qulay bo‘lgan.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to‘ldirilib turadi — o‘y-fikrlarni ayirboshlash, axborot berish ro‘y beradi.
Munosabat chog‘ida kishi doimo muhim narsani nomuhimidan, zarur narsani tasodifiysidan ajratishga, yakka-yolg‘iz narsalarning timsolidan ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan xossalarni so‘zlar yordamida barqaror aks ettirishga o‘tishga o‘rganadi. Butun boshli narsalar doirasiga xos va shu asnoda so‘z yuritilayotgan konkret narsaga ham taalluqli muhim hususiyatlar shu so‘z orqali o‘z ifodasini topadi. Biz «gazeta» deb aytadigan bo‘lsak, qo‘lingizda ushlab turgan gazeta varaqlarinigina nazarda tutmasdan, mazkur narsaning boshqa bosma mahsulotdan farqini hisobga olgan holda uning qaysi tonfadagi narsalarga tegishli ekanligini o‘qdiramiz.
So‘zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya’ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo‘ladi. O‘qituvchi u yoki bu so‘zni ishlatganda uning o‘zi ham, uning tinglovchilari ham yolg‘iz o‘sha bitta hodisani nazarda tutishadi va ularda anglashil-movchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar sistemasi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni sobitqadamlik bilan shakllantirish o‘rta ta’limning ham, oliy ta’limning ham markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Nutq — bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yo ovoz chiharmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, yoki kar-soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi (buni har bir harf barmoqlar harakati bilan ifoda etiladigan daktilologiya va imo-ishora butun bir so‘z yoki so‘zlar turkumini anglatadigan imo-ishorali nutq deb ataladi) mumkin.
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va og‘zaki nutq. O‘z navbatida og‘zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi. Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya’ni allaqandan masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi. Gapirishayotganlarning bir-birlariga luqmalari, suhbatdoshidan keyin iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar berish, qo‘shimchalar qilish, izoh berish, faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan sha’malar qilish, turli xil yordamchi so‘zlar va undovlar so‘zlashuv nutqi uchun xos xususiyatdir. Bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jihatdan hamsuhbatlarning hamjihatligi darajasiga, ularning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Iymangan, hayratlangan, quvongan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam holatidagi kabi gapirmaydi, o‘zgacha oxangdagina gapirib qolmasdan, balki ko‘pincha boshqa so‘zlarni, iboralarni ishlatadi.
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo‘lib,uni bitta kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining kengantirilgan javobi, doklad va shu kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatidan juda xam murakkab bo‘lib, fikrning tugallanganligini, grammatik qoidalarga ancha qat’iy amal qilinishini, monolog aytayotgan kishining bayon etmoqchi bo‘lgan fikrda qat’iy mantiq dialogik va izchillik bo‘lishini taqozo etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta qiyinchiliklar tug‘diradi, uning kengaytirilgan shakllari ontogenezida (yuzaga kela boshlaganidan takomillashuviga qadar) kechikibroq rivojlanadi, o‘quvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar uni ta’limning qator yillari mobaynida bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan tekstdan foydalanmasdan mopologik xarakterga ega bo‘lgan og‘zaki axborot (doklad, keng ma’ruza va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Ko‘pincha bu o‘qituvchilarning o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirish ishiga yetarli e’tibor bermaganliklari oqibati hisoblanadi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘ldi. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida munosabat qilish ehtiyojining natijasi sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik su-ratlar yordamida ifoda etiladigan paytlardagi piktografiyadan minglab so‘zlar bir necha o‘nlab harflar yordamida ifoda etilayotgan hozirgi zamon yozuviga kadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoni tug‘ildi. Negaki, og‘zaki nutq yordamida o‘tkazilgan taqdirda u buzilishi, o‘zgarib va hatto beiz yo‘qolib ketishi mumkin edi. Yozma nutq fanda
foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirilishida, badiiy timsollar (obrazlar) ni yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Bolaga ta’lim berishning dastlabki kunlaridanoq rivojlantirilishi maktabning eng muhim vazifasi bo‘lib hisoblanadigan yozuv va o‘quv bolaning aqliy saviyasini kengaytiradi hamda bilimlarni egallash va bayon qilishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Yozma nutqdan foydalanish mumkin qadar to‘g‘ri ta’rif berilishiga erishish, logika va
grammatika qoidalariga qat’iyroq amal qilish, mazmun va fikrlarni ifoda etish usuli ustida chuqurroq mulohaz ayuritish imkonkyatini yaratadi. Ko‘pincha biron-bir narsani yozib qo‘yish — bu uni yaxshi anglab olish va eslab qolish demakdir.
Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Telegraf orqali axborot berilganda kommunikator bilan retsipiyent og‘zaki muomalaga kirishadilar. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanmish narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham muayyan tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chpqadigan bu his-hayajonli munosabatda axborot ayirboshlashning alohida, nutqsiz jixati, o‘zgacha, nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-shiora, ohang, pauza, turq-tarovat, kulgi, kuz yoshi qilish va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari — so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topab, unga hamdarlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g‘amgin tutadi, past ohangda, qo‘llarini yuziga yo peshanasiga qo‘ygan va boshini chayqa-gan holda chuqur xo‘rsinib gapiradi va hokazo.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, so‘z bilan ifodalanadigan til kabi u ham ijtimoiy taraqkiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamasligi mumkin. Bolgarlar rus kishisi ma’kullash va rozilik belgisi sifatida qabul qiladigan bosh irg‘ash bilan ham — suhbatiga qo‘shilmaganini ifoda etishsa, ruslarda rad etish ma’nosida kabul qilingan bosh chayqashni esa hech ikkilanmay rozilik belgisi sifatida qabul qilishi mumkin.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh gruppalarida turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, bolalar yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta’sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Bolalarning yig‘isida ifoda etilagan kommunikativ xarakter ularda ko‘pinchi uchraydigai «Men senga emas, balki onamga qarab yig‘layapman!» degan ogohlantirishini ham yaxshi anglatadi. Og‘zaki kommunikatsiya ta’sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim ahamiyatga egadir. Sira o‘ylanmasdan tashlangan luqma kommunikatorning retsipiyentga munosabatini aniq ifodalaydi. Ta’limning ba’zi turlarida (jumladan, chet tillarda «so‘zlashuvga» o‘rgatishda) o‘qituvchi o‘kuvchilarni sinfda qabul qilinganidek bir-birining orqasidan emas, balki doira shaklida, bir-birlariga yuzma-yuz o‘tqazishni afzal ko‘radi. Bu munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini tushunishlarini jiddiy ravishda yengillashtiradi va chet tilda muomala qilish borasida: malaka orttirilishini tezlashtiradi.
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og‘zaki va ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir. A. S. Makarenko pedagog bitta so‘zning o‘zini unga goho buyruq, goho iltimos, goho nasihat va hokazo ma’no baxsh yetgan holda turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak, deb ta’kidlagan edi.
Demak, Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari, axborotlar, g‘oyalar va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan ikki turi farqlanadi: yozma nutq hamda og‘zaki nutq.
Og‘zaki nutqning o‘zi dialogik va monologik turlarga bo‘linadi. Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bilan o‘quvchining, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko‘chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo‘lib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo‘lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to‘xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig‘i, ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to‘ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o‘rnini bosadi.
Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko‘z qarashlari turi borligini kuzatgan. G.M.Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000ga yaqin ko‘rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko‘zlar to‘qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o‘rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo‘lishini ta’minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko‘proq ishlatilishi bilan bog‘liq. Bolalarning o‘z yig‘isi bilan onasiga o‘z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo‘lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo‘yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo‘lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo‘lsa-chi, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o‘zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi, “yo‘q” deyish yoki norozilikni bildirish uchun bosh sarak-sarak qilinadi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko‘proq hissiyotlarga boy bo‘lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o‘rtasida esa doimo fazoviy masofa bo‘ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o‘tqazib o‘qitgandan ko‘ra, ularni yuzma-yuz o‘tqazib davra qilib o‘qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda o‘quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo‘lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo‘lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo‘lar ekan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog‘laridanoq nutq madaniyatiga o‘rgatish, nutqini o‘stirish choralarini ko‘rish kerak. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning o‘sishiga imkoniyat bersin. Buyuk pedagoglarimizdan V.A.Suxomlinskiy ham o‘qituvchining madaniyati to‘g‘risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi nutq madaniyati ekanligini bejiz ta’kidlamagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |