300
ilmolishyo’lidagiizlanishinsonninge’tiqodivadunyoqarashinishakllantiradi,
ma’naviy-axloqiykamolotsariyetaklaydi."
Boshlang’ichta’limtizimiyuqoridasanalgansifatlarnitakomillashtirishvari
vojlantirishdapoydevorbo’libxizmatqiladi.
Boshlang’ichsinflardaturlixildagimatnlardanfoydalanishhamdaularustidaishlasho
’quvchilardabirqanchaijobiyxislatlarnirivojlantirishgayordamberadi. Bular:
-bolalarning atrof- muhit haqidaga tasavvurlarini boyitadi;
-ijodiy fikrlashni o’stiradi;
-voqeylikka tanqidiy yondashadi;
-o’quvchining kompetentligini rivojlantiradi;
-matn ustida ishlash orqali o’quvchi nutqi o’sadi;
-asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholaydi;
-asar voqealari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashni o’rgatadi;
-to’g’ri, ravon va ifodali o’qishni o’rganadi;
-tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish sifatlari takomillashadi.
“Matn ustida ishlash , eng avvalo, o’quvchini tez, to’g’ri, tushunib va
ifodali o’qishga o’rgatadi, o’rganilayotgan asarning mazmun mohiyatini
mustaqil tahlil etish va o’zlashtirishga tayyorlaydi, axloqiy-estetik jihatdan
tarbiyalashga xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti
(DTS) va o’quv dasturida matn ustida ishlashning alohida ajratib ko’rsatilishi
ham bejiz emas.”
Boshlang’ich sinf o’qish darlarida turli xil matnlardan foydalaniladi.
Masalan: she’r matni, ertak matni, hikoya matni, masal matni, rivoyat matni,
topishmoq matni, maqol matni va hokazo.
Bu matn turlari o’quvchining yosh xususiyatiga, dunyoqarashiga,
tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllari, bayramlar, alohida nishonlanadigan kunlar
ketma-ketligiga qarab va shulardan kelib chiqib tanlanadi. O’qish darsliklariga
nazar tashlasak yuqorida sanab o’tilgan matn turlari bir- birini izchil to’ldirib
berib boriladi. Bitta hikoya matni keltirilgan bo’lsa undan so’ng hikoyaga mos
maqol, topishmoq berilganini ko’ramiz. Bular o’z navbatida matn ustida ishlash
jarayonida qo’l keladi.
Matn ustida ishlash jarayonida quyidagi ish turlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq sanaladi:
1.
Lug’at ustida ishlash
2.
Matn mazmunini qayta hikoyalash
3.
Matn asosida tuzilgan test topshiriqlaridan foydalanish
4.
Matn asosida tuzilgan savol va topshiriqlardan foydalanish
5.
Matn mazmuniga mos surat chizish
6.
Matn mazmuniga mos yangi matn yaratish.
Yuqoridagi ish turlarini keeling bir matn misolida ko’rib chiqamiz. 4-
sinf O’qish darsligidan “Erkacholning o’rigi” matni
Do'stlaringiz bilan baham: