293
va jonkuyarlik bilan munosabaida bo’lish natijasida farvonlikka erishish
mumkin . Buning uchun oilada tejamkorlikning o’ziga xosligini tashkil etish
lozim. Bunda farzandlar iqtisod tejamkorlik haqidagi ma`lumotlarni bilib
oladilar. Shuningdek, tejamkorlik fazilat sanalganini ham aytib o`tish joiz.
O`quvchilarda tejamkorlik odobini tarbiyalash, uni tarkib toptirish
iqtisodiy ma’naviy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyaning bu sohasi kelajagi
buyuk davlatning ravnaqi va tarqiyotiga zamin hozirlaydi. Tejamkorlik
tarbiyasini maktabgacha yoshdagi bolalarda ham tarkib toptirish oiladan va
maktabgacha ta`lim muasassalarida tarkib topadi. Bunday tarbiya jarayoni
asosan turli o’yinlar orqali va turli mashg`ulotlarni tshkil qilish orqali amalga
oshiriladi. Umum ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarida
tejamkorlik ko’nikma va malakalarini hosil qilish turli tuman didaktik o’yinlar,
sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlardagi amaliy maqsadli mashg’ulotlar orqali,
shuningdek texnologiya darslarida amalga oshirish mumkin.
O‘quvchilarini texnologiya darsida foydali mehnatga tayyorlash muhim
o‘rin tutadi. Texnologiya darsligida asboblardan foydalanish qoidalari, texnika
xavfsizligi, sanitariya gigiyena talablari, tabiiy materiallar bilan ishlash, meva
urug‘laridan foydalanish, loy va plastilin bilan ishlash, applikatsiya, harakatli
o‘yinchoqlar yasash, rangli qog‘ozlar bilan ishlash, pape-mashe, kashta
tikishning ilk bosqichlari, yumshoq o‘yinchoq tikish kabilar bilan tanishadilar.
Shuningdek, texnologiya darslarida loy va plastillin bilan ishlash mavzularini
yoritishda, o`quvchilarga, bu materialni tayyorlash texnikasini dars jarayonida
nazariy tushunchalar bilan yoritib beradi. Shuningdek, plastilin bizning iqlimga
to`g`ri kelmasligini loy bilan ishlash maqsadga muvofiqligini aytib loy bilan
ishlash kerakligini ta`kidlab o`tiladi. Qo`l bilan ishlash jarayonida loyni ishga
tayyorlash texnologiyasi haqida ma`lumot berish bilan birga, jarayonni amalda
ham ko`rsatish maqsadsga muvofiq.
O`qituvchi o`quvchilar bilan loy bilan ishlashda bir qoidani unutmasligi
lozimki, loyni texnologiya fani o`qituvchisi ishga tayyorlab kelishi, va
o`quvchilarga bir-xil hajmda taqsimlab berishi, va o`quvchilar tomonidan
tayyorlanga qo`l mehnati ishlari, oxirgi sayqallash ishlariga maxsus pechda
pishirib kelishi bilan boshqa qo`l mehmati usullaridan farqlanadi. Loy bilan
ishlash jarayonida o`quvchilar texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya
gigiyena talablariga va to`g`ri o`tirish qodalariga amal qilishi muhim. Ta`kidlash
joizki, loyning asosiy tarkibi bo`lmish tuproqdan bir marta predmetlarni shaklini
yasash uchun foydalansa bo`ladigan plastilinni tayyorlasa bo`lishi mumkinligini
va bu 3 bosqichda amalga oshirilishi haqida ham ma`lumotlar berish kerak.
Amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tabiatga bo‘lgan
munosabat, tejamkorlik kasb-huunarlar haqida tushunchalar shakllanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik kabi
fazilatlarni shakllanishi bilan bir qatorda, texnologiya fani jarayonida esa
mavzu doirasida juda qiziqarli ma`lumotlarga va qo`l mehnati bo`yicha
ko`nikma va malakalari ega bo`ladi deb o`ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: