Dars jihozi: darslik,ko‘rgazmalar ,test
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
-Salomlashish.
-Davomatni aniqlash.
-O‘quvchilarni darsga hozirlash.
I.O’tgan mavzuni mustahkamlash
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Hakim Nazirning «Najmiddin Kubro»matnini o‘qib, so‘zlab beradilar
Savol-javob o‘tkaziladi.
1. Amudaryo tomonda kim yashagan ekan?
2. Mo‘g‘ullar qayerga urush boshlabdi?
3.Bosqinchilarning niyati nima ekan?
4.Dushman kimga maktub yuboribdi?
5. Najmiddin Kubro maktublarga nima deb javob beribdi?
6.Bayroqning egilgani nimani bildiradi?
-Najmiddin Kubroning obraziga tavsif berish uchun “Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi.O’quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi.
Topshiriq bajarilgach o’quvchilar fikri tinglanadi va asar xulosalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |